Toshkent farm atse vtikainstituti


Download 7.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/134
Sana21.11.2023
Hajmi7.28 Mb.
#1791693
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134
Bog'liq
dastarbosh

Mahsulot tayyorlash. Sanoning hosilini yig‘ib olish muddati
о‘simlik to ‘liq gullab, meva hosil qilgan davrdan (o‘simlikning 
barglari moviy rangga kirganda) boshlanadi. Birinchi navbatda
4-5 kun davomida pastki shoxchalardagi barglar q o id a teriladi.
182


Ikkinchi terim 20-25 kundan keyin amalga oshiriladi va bu jarayon 
sovuq tushguncha davom etadi, 0 ‘simlikning urugTari (dukkaklari) 
pishgandan keyin bir necha marta qoTda terilib tozalanadi va 
quritiladi. Sanoning terib olingan barglari salqin joyda, brezent 
ustida yoyib quritiladi. Mavsum davomida yaxshi parvarish qilingan 
sanoning har gektaridan 10-12 sentner qurigan barg va 300 kg gacha 
urug‘ yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.
ANISSIMON (ODDIY) ARPABODIYON -  
PIMPINEI.LA ANISUM L. (ANISUM VULGARE GAERTN)
Anissimon (oddiy) arpabodiyon - Pimpinella Anisum 
L. (Anisum Vulgare Gaertn) celderdoshlar - 
Apiaceae 
(soyabonguldoshlar - Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Arpabodiyon bir yillik, bo'yi 30-60 sm ga etadigan o‘t о‘simlik. 
Poyasi tik o ‘suvchi, tukli, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. 
Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, 
yumaloq, buyraksimon, tuxumsimon yoki bo‘lakli, yirik tishsimon 
qirrali. Poyaning o ‘rta qismidagi barglari uzun bandli, uch bo‘lakli 
(boiaklari rombsimon), arrasimon qirrali, poyaning yuqori 
qismidagilari esa qinli, 2-5 marta patsimon qirqilgan. Poya uchidagi 
barglar bandsiz, uch boTakka qirqilgan yoki butun, chiziqsimon, 
yoxud tor lansetsimon boTadi. Barglar poyada bandi bilan yoki qini 
yordamida ketma-ketma joylashgan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, oq 
rangli, murakkab soyabonga to‘plangan boTib, soyabonguldoshlar 
oilasiga xos tuzilgan. Коsachabarglarining tishi bilinar-bilinmas, 
gultojisi besh bargli, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga 
joylashgan. Mevasi - qo‘shaloq pista.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgustda etiladi.

Download 7.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling