Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
Dorivor preparatlari. Barg damlamasi, murakkab sano
damlamasi (Vena ichimligi), quruq ekstrakt (tabletka holida ehiqariladi), bargdan tayyorlangan kukun (poroshok) murakkab qizilmiya (chuchukmiya) kukuni (poroshogi), sano bargi va mevasi kafiol murakkab preparat tarkibiga kiradi. Meva tarkibida smola boTmagani uchun u ancha yumshoq ta’sir ko‘rsatadi. Sano bargidan Hindistonda tayyorlanadigan preparatlar - senade va glaksena hamda Sobiq Ittifoqda ehiqariladigan shu tipdagi preparat - senadeksin. Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qoTlaniladigan choy - yig‘malar tarkibiga ham kiradi. <81 Sano o‘simligini о ‘stirish texnologiyasi Sano dukkakdoshlar oilasiga mansub bo ‘lib, bo‘yi 1 metrga etadigan yarim buta o ‘simlikdir. Sano kserofit o ‘siinlik, yorug‘sevar va issiqsevardir. 0 ‘simlik namgarchilikni yoqtirmaydi. Tuproq harorati 25-30°S bo‘iganda yaxshi rivojlanadi. Sano uchun unumdor. mexanik tarkibi o‘rtacha bo‘lgan tuproqiarda ekishni tavsiya qilinadi. Sano ekiladigan maydonlami kuzda yer haydash oldidan 20-25 tonna organik o‘g‘it berib 25-28 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Sanoni dukkakli o‘simliklar ekilgan maydonlarda ekishni tavsiya qilinmaydi. Ekish oldidan bahorda tuproq ikki marta boronalanadi. Aprel oylarinmg o ‘rtalarida tuproq harorati 18-20°S bolganda urug‘lar ekiladi. Ekishdan oldin sanoning urug‘i sulfat kislotasida (3 : 1 nisbatda) 18-20 minut ushlanib, uni suvda yuvib va quritib va sabzavot ekadigan moslamalarda (SO-4,2 yoki SKON-4,2) egat oralari 70 santimetr qilib, 2-3 santimetr chuqurlikda urug‘lar ekiladi. Bir gektar yerga o'rtacha 8-10 kg urug‘ sarflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sano unjg‘idanko‘payadi. Sanoning urug‘lari 12-15 kundan keyin unib chiqadi. 0 ‘simlik ekilgandan keyin havo harorati pasayib ketsa, namgarchilik ko‘p bo‘lsa va qatqaloq boig an maydonlarda ildiz chirisli kasalligi bilan zararlanadi va unib chiqishi kechikadi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib va begona o‘tlardan tozalanib yagana qilinadi va sug‘oriladi. Poyalar paydo bo‘lgandan so‘ng 8-10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib, о‘simlik oralari yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi va mineral o ‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya davomida sanoni 6-7 marta sug‘oriladi, gektar hisobida 80-90 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy bilan oziqlantiriladi. Har bir o ‘g ‘itlash sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Sanoning xom-ashyosi о‘rib olingandan keyin о‘simlik ekilgan maydonlami, albatta, oziqlantirishni tavsiya qilinadi. 81> Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling