Tana xarorati, puls, arteriya qon bosimi, nafas olish. Ularning aniklash uslubiyati va baxolanishi.
Tana xarorati. Tana xaroratini ulchash uchun termometrdan foydalaniladi. Ustunida 340 dan 420 gacha darajalarga bulingan buladi. Xarorat asosan kultikdan, chov burmasidan, ogiz bushligidan, tugri ichakdan ulchanadi. Xaroratni ulchashdan oldin kultik soxasi kuruk kilib artiladi, chunki nam bulsa kursatkichlar past chikadi. Kasalxonada xarorat xamma bemorlarda ertalab va kechkurun ulchanadi. Olingan ma’lumotlar kasallik tarixidagi harorat varag‘iga yozib boriladi. Tana xarorati normada urtacha miqdorda 36,6 – 36,80 S buladi.
Yalliglanish jarayoni yoki yukumli kasallik sababli, ya’ni organizmga infeksiya tushganda tana xarorati kutariladi. Mikroblar issiklik boshkaradigan nerv markazlariga ta’sir kursatib, ularning kuzgalishiga sabab bulsa, ikkinchi tomondan leykotsitlarni ta’sirlantiradi. Virus infeksiyasiga javoban organizmda interferon ishlab chikariladi. Xarorat normal bulganda jarayon tuxtaydi. Infeksion va infeksion bulmagan isitmalar bor. Infeksion bulmagan isitmalar qon kuyilganda, markaziy nerv sistemasi shikastlanganda, odam zaxarlanganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |