Тошкент фармацевтика институти
Dori-darmonlarni qo`llanilishi
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Dori-darmonlarni qo`llanilishi.
Dori vositalari kasallikning oldini olish, unga davo qilish uchun tanaga yuborilishi yoki sirtdan kullanishi kerak. Dori vositalari tanaga asosan 2 yo`l bilan kiritiladi: enteral va parenteral. Enteral yo`l (dorilarni me’da – ichak yo`li orkali tanaga kiritish) xar tomonlama kulay va oson xisoblanadi. Dori moddalarini ogiz orkali kabul kilish, til ostiga kuyish usullaridan foydalaniladi. Dorilarni ogiz orkali kabul qilish eng tabiiy yo`ldir. Ogiz orkali poroshoklar, tabletkalar, suyuk dorilar ichiladi. Dorilarni tugri ichak orkali yuborish. Bu usul dorini ogiz orkali kabul kila olmaydigan: kusadigan, yuta olmaydigan, xushsiz yotgan bemorlar dori ichishdan bosh tortadiganlarga dori yuborish imqonini beradi. Bu klizmani utkazishdan 15-20 daqiqa avvalroq bemorga tozalovchi klizma utkazish lozim. Tugri ichakka yuborish uchun tomchilar va dorili klizmalardan foydalaniladi. Dorini harorati 38-390 S bulishi lozim. Dori moddalarini parenteral yuborish (in’eksiya). Dorilarni bu yo`l bilan tanaga kiritish murakkabrok xisoblanadi va tibbiyot xodimlari tomonidan bajariladi. Bu usulning asosiy afzalliklari yuborishning tezligi va dozasining anikligidir. In’eksiya deb dori moddalarini shprits yordamida teri orasiga, teri ostiga, mushak orasiga, venaga, suyak tukimasiga, orka miya bushligiga, bug‘im bushliqlariga dori yuborishga aytiladi. Dori vositalarini in’eksiya qilish aseptik sharoitda bajarilishi kerak: dori eritmasi, shprits va boshkalar sterillangan bulishi shart. Aks xolda organizmga kasallik kuzgatuvchi mikroblar tushib, infeksion asoratlar rivojlanishi mumkin. In’eksiyalar uchun shpritslar va ignalardan foydalaniladi. SHprits turlari: rekord, lyuer, bir marta ishlatiladigan shpritslar,.Jane shpritsi. SHprits ichi bush silindrdan iborat. Sungi vaktlarda bir marta ishlatishga muljallangan shpritslar keng kullanmokda. Ular plastmassadan kilinadi va fabrika sharoitida sterillanadi. Bunday shprits ayniksa birinchi yordam kursatishda kulaydir. Igna oddiy yoki zanglamaydigan pulatdan tayyorlanadi. SHprits yigishdan oldin xamshira kulini ilik suv bilan sovunlab yuvishi, kulini sochikka artmay turib unga spirt surtishi lozim. In’eksiyadan oldin bemor terisini spirt xullangan paxta bilan artish kerak. Kaynatilgan shprits sovib bulgandan sung yigiladi. Ignaga kul tekkizish kat’iy man etiladi. Kup marta ishlatiladigan shpritslar 60 dakika davomida kaynatiladi6 Bir marta ishlatishga muljallangan shpritslarni ishlatishdan oldin kogozda kursatilgan muddatiga, kogozini germetik xolatiga e’tibor kilishi kerak. Teri orasiga in’eksiya kilish. Teri orasiga in’eksiyalar tashxis maksadida kilinadi. Mantu (sil kasalligini aniklash uchun), dorilarga organizmni sezuvchanligini aniklash uchun xam teri orasiga in’eksiya kilinadi. Teri kizarib kolsa ushbu dorini kullash mumkin emas. Teri ostiga in’eksiya kilish. Teri osti in’eksiya soxasiga elka, son, korin, kurak osti kiradi. In’eksiya kilinadigan joy spirtli paxta bilan ikki marta artiladi. In’eksiya qilish uchun chap kul bilan bemorning terisi kat-kat kilib yigib ushlanadi va igna buyining 2/3 kismi tezlik bilan kiritiladi. Bunda shpritsning silindri 1 va 3-4 barmoklar orasida ushlanadi. 2 barmok igna muftasining ostida bulishi kerak, ya’ni teri bilan shprits silindri orasida 300S bulishi kerak va u kamfora yog‘li bo‘lganligi sababli ampula issiq suvda isitilib, sung katta ignada tortilib yuborish tavsiya etiladi. Dori yuborilgandan keyin in’eksiya kilingan joyga spirtga botirilgan paxtani kuyib igna tezda tortib olinadi. Teri ostiga in’eksiya kilinadigan dori preparatlarga kuyidagilar kiradi: Kamfora moyi - 20 % - 1 ml ampulada. Kordiamin 25 % - 1 ml Morfin 1 % - 1 ml Promedol 1 % - 1 ml V-6, Aloe, Fibs va boshkalar. Ukol kilingan joy engil massaj kilinib yod surtiladi. YUborilgan dori tez surilib ketishi uchun grelka yoki kompress kuyiladi (marlini 40 % li spirtga xullab). Muskul orasiga in’eksiya kilish. Dumbalar soxasi muskul orasiga in’eksiyalar uchun eng kulay joy xisoblanadi. Dori dumba soxasiga yuborilganda bemor kornini bosib yoki yon boshiga chalkancha yotadi. In’eksiya qilish uchun dumba xayolan 4 kismga bulinadi, yukori tashki kvadratga in’eksiya kilinadi. SHprits kuydagicha ushlanadi: 5 barmok igna muftasini, kolgan barmoklar silindrni tutib turadi. SHprits bemor tanasi yuzasiga nisbatan perpendikulyar xolda turadi. Ignani dadil xarakat bilan teri burmasini urtasiga ichkariga kiritib mufta ustida 1 sm koldiriladi, eritma asta-sekin yuboriladi. Igna sanchilgan joydagi teri atrofii chap kul bilan tortiladi. Ignani chakqon xarakat bilan chikarish, teriga sprit xullangan paxta tampon bosish lozim. In’eksiya katta ignada kilinadi, chunki dori moddasi teri osti yog kavatidan utib muskul bagriga borishi kerak. Muskul orasiga antibiotiklar kilinadi. Antibiotiklarga benzilpensillin, ampitsilin, ampioks, kefzol, bitsillin va boshkalar kiradi. Antibiotiklar maxsus flaqonlarda poroshok kurinishida chikariladi. Ishlatishdan oldin ularni 0,5 % novokain eritmasida yoki maxsus eritmada eritiladi. Antibiotiklarni isitish mumkin emas. YUkori temperaturada ular parchalanadi, yod xam antibiotiklarni parchalaydi.
Benzilpensillin natriyli tuzi.. 250000 T.B. + 2,5 ml 0,5 % novonain 500000 T.B. + 5 ml 0,5 % novokain 1000000 T.B. + 10 ml 0,5 % novokain Ampitsillin natriyli tuzi. 0,25 gr. + 2,5 ml 0,5 % novokain 0,5 gr. + 5 ml 0,5 % novokain Bundan tashkari muskul orasiga kuyidagi dorilarni yuborish mumkin: Vitamin V-1, V-6, V-12, S lar, dimedrol, analgin. In’eksiya notugri kilinsa kuyidagi asoratlar ruy berishi mumkin: 1. Igna utmas bulsa muskullar orasida sinib kolishi mumkin. Igna sinib muskul orasida kolsa, darxol olib tashlash kerak. 2. Nerv tolalarini zararlantirish okibatida falaj bulib kolishi mumkin, ya’ni in’eksiya uchun joy notugri tanlanganda, oyok-kul sezuvchanligi buzilishi mumkin. 3. Yiringli infeksiya (abssess). Bu asosrat shpritslar va ignalarni etarlicha sterillamaslik, ampulani ochish oldidan xamshira uz kulini va bemorning terisini yaxshi tozalamasligi okibatida kelib chikadi. In’eksiya kilinganda aseptikaga rioya qilish kerak. Aseptika – yaraga mikrob tushishini oldini olish degani. SHu sababli hamshira qullarini kir sovun yordamida tozalab yuvish lozim. SHprits va boshkalar steriallangan bulishi shart. Bir marta ishlatiladigan shpritslarning urab turgan qog‘ozi germetik bulishi va ishlatish muddati utib ketmagan bulishi lozim. Sterillashga kaynatish, kizdirish, bug bilan sterillash kiradi. Aseptik koidalarini buzish okibatida tukimalarga infeksiya kiritib kuyilganligi tufayli infiltrat xosil bulishi mumkin. Infiltrat paydo bulganida in’eksiya kilingan joy bezillab turishi mumkin. Infiltrat paydo bulsa grelka yoki isituvchi kompressdan foydalanish kerak. Muolajalar kilinmasa infiltrat absessga aylanadi. Bu esa jarroxlik yo`li bilan davo kilishni talab etadi. Absess shakllangan bulsa operatsiya kilib ochish, yiringni chikarib yuborish radikal davo metodi xisoblanadi. Absessning profilaktikasi aseptika koidalariga kat’iy rioya kilishdir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling