Ikki tomonlama boshoqsimon bog‘lam. Ikkala son va dumbaning uchdan bir yuqori qismini yopish uchun qo‘llaniladi. Bu hali oldingi bog‘lam kabi belni sirkulyar o‘rashdan boshlanadi, biroq bintni ikkinchi chovning oldingi yuzasidan yurg‘iziladi. Uning orqa yarim doirasi qamrab olinadi. Ichki yuzasiga chiqariladi va chov sohasi bo‘ylab tananing orqa yarim doirasiga o‘tkaziladi. Bu erdan bint o‘rami bir tomonlama boshoqsimon bog‘lamdagi singari davom ettiriladi. Bintni ikkala oyoqqa navbat bilan, gavdaning SHikastlangan qismi bekilguncha o‘raladi. Bog‘lam tanada sirkulyar o‘ram bilan mahkamlanadi. qorinning pastki sohalarini bog‘lashda spiralsion aylana bog‘lam qilinib, biron –bir chov sohasi bilan mustahkamlanadi.. Dumba sohasini bir tomonlama bog‘lashda ro‘mol juda qo‘l keladi. Ikkala chov yuqori son sohalarini bog‘lashda sakkizsimon va xochsimon bog‘lamlardan foydalaniladi.
Kuyish deb to‘qimalarni yuqori xarorat, kimyoviy omillar, nu rva elektr toki ta’sirida SHikastlanishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |