Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Kuygan soxani aniqlash.
Kuygan odamga to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kuygan soxani aniqlash lozim. Kaft bilan o‘lchash-katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining 1-2 % ini tashkil etadi. Kuygan soxaga serillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1, 2 ga ko‘paytiriladi. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq o‘lchash- bosh, bo‘yin yuzasi jami badanning 9 % ini, bir qo‘l yuzasi 9 % ni, tana 36 % ni, har bir oyoq yuzasi 18 % ni, oraliq va jinsiy a’zolar 1 % ni tashkil etadi. SHu raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin. BTYO. Agar bemor olov ta’sirida kuygan bo‘lsa, birinchi navbatda extiyotkorlik bilan uning kiyimini echish kerak. badanga yopishib qolgan kiyimlar qaychi bilan extiyot bo‘lib qiyiladi. Odatda kuygan soxaga quruq aseptik paxta-doka bog‘lam quyishdan iborat bo‘ladi. SHu maqsadda maxsus kuyishga qarshi bog‘lamlardan foydalangan ma’qul. Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda transport shinasi quyish shart. Badan satxining ko‘p joyi kuyganda bemor serillangan choyshabga o‘raladi. Agar seril material topilmasa toza gazmoldan foydalanish mumkin. Kuygan yuzaga malxamlar, glitserin, bo‘yoq eritmalari surtish man etiladi, chunki bu yarani yuvish va uning chuqurligini aniqlashni qiyinlashtiradi. Kuygan joyning o‘zida ko‘riladigan chor-tadbirlar: shikatslovchi omilni ta’sirini to‘xtatish, tana va kuygan joyni sovutish, og‘riqni kamaytirish, ximoyalovchi bog‘lam quyish, ishqoriy ichimliklar ichirishdan iborat. Kasalxonaga jo‘natish oldidan esa analgetiklar, neyroleptiklar, gitsaminga qarshi vositalar yuboriladi. Og‘riqni qoldirish uchun narkotik analgetiklar-promedol, omnopon, morfin; gitsaminga qarshi vositalar sifatida dimedrol, tavegil, supratsin va b. ishlatilishi mumkin. SHifoxonada anetseziya qilinadi, kardiotonik vositalar yuboriladi, plazma o‘rnini bosuvchi va elektrolitlar eritmalari (poliglyukin, jelatinol, polifer, reopoliglyukin, «Disol», «Trisol») tomchilab venaga yuboriladi. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Maxalliy davolash-yopiq yoki ochiq usulda bo‘lishi mumkin. Bog‘lamlar quyish iloji bo‘lmaganda, ya’ni yuz, oraliq. jinsiy a’zolar soxasi kuyganda ishlatiladi. Bunda kuygan joy kuniga 3-4 marta antiseptiklar va antibiotiklar bilan qayta ishlanadi. Kaliy permanganat 1:5000 eritmasi bilan 3-4 marta yuvish mumkin. Xozirgi vaqtda ayrim kasalxonalarda kuyganlarni ochiq davolash uchun abakterial germetik palatalar tashkil etilgan. YOpiq usulda bog‘lamlardan foydalaniladi. 2-darajali kuyishda yarani birlamchi yuvgandan so‘ng bakteritsid va og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega malxamlar (5-10 % sintomitsin; 0, 5 % furatsilin, 10 % anetsezin) surib bog‘lab quyiladi. Yiringlash kuzatilmasa bog‘lam bir necha kundan so‘ng almashtiriladi. 3 A darajali kuyishda yiringli-demarkatsion yallig‘lanish rivojlanadi, shuning uchun quruq putsloq xosil bo‘lishiga yordam berish kerak. Buning uchun antiseptiklar (0, 02 % furatsilin, 3 % bor kislota; 0, 5 % kumush nitrat) ishlatilishi mumkin. Malxamlar tavsiya etilmaydi. Epiteliy yangi xosil bo‘la boshlagach Vishnevskiy malxami ishlatilishi mumkin. Bog‘lamlarni almashtirishda 1-3 % vodorod peroksidga namlangan salfetkalar bilan yara yuviladi. 3 B darajadagi kuyishda kuygan soxa platsik jarroxlik amaliyoti uchun tayyorlanadi. CHuqur kuyishlarni 3 bosqichda jarroxlik usuli bilan davolanadi: 1) nekrotomiya-nekroz soxasini kesish, 2) nekroektomiya-nekroz soxasini olib tashlash, 3) teri platsikasi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling