Тошкент фармацевтика институти


Elektr toki va nurdan kuyish


Download 0.53 Mb.
bet34/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Elektr toki va nurdan kuyish.

Elektr tokidan kuyish tok manbai bilan bevosita aloqada bo‘lgan joyda kuzatiladi. Tibbiy yordam va maxalliy davolash tadbirlari termik kuyishdagi kabi.

Nurdan kuyish- yadro portlaganda kuzatiladi. Radioaktiv moddalar tanaga yutilib, to‘qimalarni o‘zgarishiga olib keladi. tanani ma’lum bir qismi nurlanganda nurdan kuyish, butun tana nurlanish olganda esa nur kasalligi deyiladi. Tibbiy yordam tadbirlari aseptik bog‘lam quyish, muzli xaltacha yoki sovuq suvga namlangan bog‘lam quyish, nekrozga uchragan to‘qimalarni olib tashlash va xak. dan iborat. 1-2 darajali kuyishda malxam quyib bog‘lash tavsiya etiladi. Venaga 0, 5 % novokain eritmasi yuborilishi mumkin. Nur kasalligida esa bemor maxsus kasalxonada uzoq vaqt davolanadi.
Sovuq olish.

To‘qimalarni past xarorat ta’sirida SHikastlanishi sovuq olish deyiladi. Ko‘proq Sibir va Uzoq SHarq mintaqalarida uchraydi. Sovuq olishda xavo xarorati, kiyim, namlik, shamol, kishining shaxsiy moslashuv xususiyatlari rol o‘ynaydi. Masalan, sovuq mintaqada yashovchilar ancha moslashgan bo‘ladi. Alkogol qon tomirlarni kengaytiradi va issiqlikni yo‘qolishiga olib kelib, sovuq olishni kuchaytiradi.

Sovuq olishning reaktiv oldi va reaktiv davri farqlanadi. Reaktiv oldi davri bir necha soatdan 1 kungacha davom etib, terining oqarganligi, sianoz, sovuqligi, kam sezuvchanligi bilan tavsiflanadi. Sovuq urgan soxada achishish va paretseziya seziladi, og‘riq bo‘lishi mumkin. SHikastlangan soxada xarorat me’yoriga kelishi bilan reaktiv bosqich boshlanadi.

Reaktiv bosqichda terining qizarishi, qizishi, og‘riq achishish kuzatiladi. Teri shishgan, rangi har xil bo‘ladi. SHish va terining rangi SHikastlanishning chuqurligini bildirmaydi.

Sovuq olishning 4 darajasi farqlanadi:

1-darajali sovuq olganda qon tomirlari torayib ketishi natijasida sovuq olgan soxadagi teri oqarib yoki ko‘karib ketadi va xech narsani sezmaydi. davolash natijasida bir necha kundan keyin bu o‘zgarishlar yo‘qoladi.

2-darajali sovuq olishda tiniq suyuqlikka to‘lgan po‘fakchalar xosil bo‘ladi. Terini o‘suvchi qavati shikatslanmagani uchun u 1-2 xaftada tiklanadi.

3-darajali sovuq olishda qonli suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar xosil bo‘ladi. To‘qimalar chuqur SHikastlangan uchun u tiklanmaydi, agar teri kuchirib utkazilmasa, chandiq xosil bo‘ladi. SHikastlangan soxada sezgi yo‘qoladi. Nam nekroz kuzatiladi.

4-darajali sovuq olishda (mumiyolanish) bo‘g‘imlar va suyaklar ham shikatslanadi. Sovuq urgan soxa qorayib, quriy boshlaydi. Og‘riq va zaxarlanish natijasida bemor xalok bo‘ladi.

BTYO. Sovuq olgan odamni issiq xonaga olib kirish, nam kiyimlarni echib tashlash, badanni sovuq urgan joyini isitish, qon aylanishini tiklash uchun massaj qilish zarur. Sovuq urgan odamni iliq vannaga kiritib, suv xarorati atsa-sekin 360S gacha oshiriladi.Keyin bemor issiqqa uralib, badanni SHikastlangan joyiga aseptik bog‘lam quyiladi. Sovuq urgan soxaga yog‘ va mazlar surtish mumkin emas. Bemorga issiq choy, kofe ichiriladi, so‘ngra shifoxonaga yuboriladi. Og‘ir xollarda analgetiklar qilinadi, Yurak-qon tomir va nafas faoliyatini tiklashga harakat qilinadi. Teriga infeksiya tushishini oldini olish, organzmni tiklash uchun vitaminli ovqatlanish zarur. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.

Dala sharoitida



  1. Nam oyoq kiyim, qo‘lqop, paypoq echiladi.

  2. Issiq qo‘l bilan tananing sovuq olgan joylari isitiladi.

  3. Issiq ichimlik beriladi.

  4. Bog‘lom qo‘yiladi.

  5. SHifoxonaga yuboriladi.

Uy sharoitida

  1. Nam oyoq va uts kiyimlari echiladi.

  2. Bemor 17-180 S li vannaga kiritilib, suv xarorati 360 S gacha atsa-sekin ko‘tariladi.

  3. Issiq choy yoki kofe ichirib, issiq joyga yotqizib, o‘rab qo‘yiladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling