Suyak sinishining asosiy belgilari
1.qattiq og‘riq. Og‘riq xarakat qilinganda kuchayadi va bu suyakning singan turiga, ta’sir etgan kuchga, yumshoq to‘qimalarning jaroxatiga bog‘liq. Eng kuchli og‘riq suyakning ochiq sinib juda maydalanib ketgan xolatida buladi. Natijada og‘riqdan bemor shok xolatiga tushish mumkin.
2. Oyoq suyaklari sinishida deformatsiya (qiyshiqlik, kaltaligi) kuzatiladi.
3. singan soxada patologik qimirlash ( singan suyak xarakati) va krepitatsiya (suyak bulaklarining g‘ichirlashi) belgilari seziladi. Bu vaqtda og‘riq yanada kuchayadi, chunki yaqin joylashgan qon tomir va nervlar SHikastlanishi mumkin. Bu belgilarni yuzaki ko‘rish va sog‘ oyoqqa taqqoslash orqali aniqlanadi.
4. Agar yopiq xolda singan bulsa gematoma, shish xosil bulishi, ochiq xolda suyak bulaklari yumshoq to‘qimadan kurinishi va qon oqishi belgilari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |