4-ma’ruza
CHIQISHI VA SINISHLAR. ULARNING TURLARI .
JAROXATLAR.
Reja:
1. Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari
2.Suyak sinishida BTYO
3. Suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari
4. Suyak chiqishida BTYO.
Suyak butunligining to‘liq yoki qisman buzilishi sinish deyiladi. Suyaklarning sinishi ochiq va yopiq ko‘rinishda buladi. Ochiq sinish-teri butunligining buzilishi,ya’ni jaroxatlanishi bo‘lsa, yopiq sinishda esa teri butunligi saqlanadi. Suyaklar to‘liq va qisman singan bulishi mumkin. Suyakning tuliq sinishida suyak bulaklarga bulinadi yoki dars ketadi.Bunda kundalangiga, qiyshiq, buralgan, maydalanib singan bulishi mumkin. SHikastlanishning joyiga kura suyak sinishi 2 ga bulinadi: 1.Suyakning o‘rta qismi sinsa-diafizar sinish 2. Suyakning bug‘in qismi sinsa epifizar sinish deyiladi. Suyak sinishida kupincha suyak bulaklari mushaklar reflektor qisqarishi yoki ta’sir etuvchi kuch xisobiga yon tomonga va uzunasiga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |