Тошкент фармацевтика институти


Download 0.53 Mb.
bet30/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Termik kuyishlar

Termik kuyishlar umumiy kuyishlarni 90-95 % ini tashkil etadi. Termik kuyishlarga alanga, qaynoq suyuqliklar, bug‘, issiq buyumlar sababchi bo‘lishi mumkin. Kuyishga javoban tanada ruy beradigan patologik xolat kuyish kasalligi deyiladi: Uning quyidagi davrlari farqlanadi: 1) kuyish shoki, 2) o‘tkir kuyish toksemiyasi, 3) o‘tkir septikotoksemiya, 4) reqonvalessensiya.

Kuyish kasalligini og‘irligi kuygan maydonning xajmiga va to‘qimalarni qanchalik chuqur kuyganiga bog‘liq.

Kuyish darajalari:

1-darajali kuyishda to‘qimalarni qizarishi va shishi achishish kuzatiladi. To‘qimalar halok bo‘lmaydi.

2-darajali kuyishda tiniq suyuqlik (plazma) bilan tulgan po‘faklar xosil bo‘ladi. Pufaklar atrofida qizargan soxalar aniqlanadi, achishish bo‘ladi.

3 A darajali kuyishda yorilgan yoki sariq suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar aniqlanadi. YOrilgan po‘fak o‘rnida nam nekroz kuzatiladi, og‘riq sezgisi pasaygan.

3 B darajali kuyish-keng gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar kuzatiladi. Po‘faklar yorilgan joyda zich, quruq, qo‘ng‘ir rangli po‘sloq kuzatiladi. Bu quruq nekroz, teri tomirlari trombozi natijasidir.

4 –darajali kuyish-teridan chuqurda yotgan mushaklar va suyaklar ham nekrozga uchraydi.



Kuyish shoki-tananing 20 % i 2- va 3 A darajada yoki 10 % i 3 B va 4-darajada kuyganda kuzatiladi.

I darajali kuyish shokida bemorning holati o‘rtacha bo‘lib, es-xushi saqlangan, titrash, teri oqarishi, puls va arterial bosimning o‘zgarishi, keksalarda qo‘zg‘alish, bolalarda apatiya, tormozlanish kuzatiladi.

II darajada bemorning ahvoli og‘ir, es-xushi saqlangan, harakat qo‘zg‘alishi tormozlanishga o‘tadi, chanqoqlik, ko‘ngil aynish, qusish, teri qurishi, oqarishi, puls tezlashishi, arterial bosim pasayishi, nafas olishning yuzakilashishi, tezlashishi kuzatiladi.

III darajada bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, es-xushi xiralashadi, es-xushi xiralashadi, chanqoqlik, kofe quyqasi kabi qusish, teri oqarishi, puls ipsimon bo‘lishi, arterial bosim va tana harorati pasayishi kuzatiladi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling