Тошкент фармацевтика институти


Download 0.53 Mb.
bet5/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Isitma turlari:

Subnormal 35,0 – 36,00 S;

Normal 36.0 – 37,00 S;

Subfebril 37,0 – 38,00 S;

YUqori 39,0 – 41,00 S;

uta yukori isitma 41,00 S dan yuqori.


Infeksion isitma kutarilganda darxol shifokorni uyga chakirish lozim. SHifokor kelguncha analgin, aspirin, paratsetamol kabi dori-darmonlar berish, kuprok suyuklik ichirish va badanini arok bilan artish mumkin. Xarorat kanchalik yukori bulsa, bemor shunchalik darmonsizlanadi. Bemorga suyuk va yarim suyuk ovkatlar berish lozim. Suyuklik bilan birga S va A vitaminlarini kiritish tavsiya kilinadi. Namatak damlamasi, sut-choy, mineral suvlarni ichirish foydali.

Xaroratning pasayishi davrida issiklik xosil qilish kamaygan, issiklik yo`qotish esa oshgan buladi. Xaroratning tez, bir necha soat ichida tushishi krizis, yoki haroratni kritik holda pasayishi, bir necha kun mobaynida asta-sekin pasayishi lizis, yoki haroratni litik holda pasayishi deyiladi. Xaroratning kritik pasayishi ancha xavflidir. Bemor sovqotish, darmonsizlikdan shikoyat kiladi. Oyok-kullari sovkotadi, arteriyal bosim pasayadi. Bu holda shoshilinch tez yordam chakiriladi. Ungacha bemorni oyog‘iga grelka kuyiladi, issik choy, kofe ichirish lozim. Axvoli yaxshilanmasa tomchi usulida venaga glyukoza yuboriladi.

Arterial qon bosimi. Arterial bosim sistola va diastola vaktida tomirlar devoriga tushadigan qon bosimidir. Arterial bosim tomirlar devorining elastikligiga, qon mikdoriga, qon okimiga boglik. Arterial bosimni ulchash Yurak-tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida kullaniladigan muxim tashxisiy usul xisoblanadi. Qon bosim nerv sistemasi xolatiga, yoshga, sutka soatlariga karab uzgarib turadi.

Qon bosimi Rivo-Rochchi apparati yoki tanometr bilan ulchanadi. Qon bosimini ulchash tibbiyot amaliyotida aloxida axamiyatga ega. Qon bosimi elka arteriyasida ulchanadi. Qon bosimini ulchash natijasida bemordagi kasallik diagnozi aniklanildi. Yurak kiskarishidan sistolik yoki maksimal qon bosim bushashidan esa diastolik ya’ni minimal qon bosim xosil buladi. Normada maksimal qon bosimi 110-130, minimal qon bosimi 70-80 mm. simob ustuniga teng buladi.

Inson uxlab yotganda, ertalab urnidan turganda qon bosimi bir oz pasaygan buladi, gazablanganda, jismoniy ish bilan shugullanganda qon bosimi bir oz kutariladi. Qon bosimining kutarilishi (gipertoniya) nefrit, arteroskleroz kasalliklarida qon bosimi kutarilib, bosh miya qon tomirlari zararlanishi natijasida miyaga qon kuyiladi. Kasallik uz vaktida davolanmasa, kasallik ogirlashishi mumkin. SHuning uchun gipertoniya kasalligi bilan ogrigan bemorlar qon bosimini nazorat kilib turishi kerak. Qon bosimi kutarilib ketganda qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradigan preparatlar beriladi va siydik xaydovchi dori-darmonlar xam kullaniladi. Preparatlarga kuyidagilar kiradi: dibazol, papaverin, raunatin, adelfan, papazol va boshkalar. Qon bosimi oshganda dorilar bulmaganda bemorga kuk choy, limon choy berish kerak. Gipertonik krizda qon bosimi tusatdan kutariladi. SHuni esda tutish lozimki ruxiy emotsional zurikishlar natijasida gipertoniya kasalligi kelib chikishi mumkin. Inson uchun bebaxo ne’mat soglikdir.

Sukut insonga salomatlik bagishlaydi. Insonning eng yakin yordamchisi – aklidir. uz sogligini asragan, akl bilan ish kilgan inson soglom buladi.

Qon bosimining pasayib ketishi gipotoniya deyiladi. YUkumli kasalliklarda, shokda, odam zaxarlanganda qon bosimi pasayadi. Gipotoniyada kordiamin, dofamin, kamfora, mezaton, noradrenalin va boshka dorilar shifokor tavsiyasiga binoan kullaniladi. Qon bosimi tushib ketganda uy sharoitida qora choy, novvot choy berish mumkin.

Qon bosimi.

normada – 120/80 mm s.us.

gipotoniya (qon bosimini pasayishi)–90/50,80/50mm s.us.

gipertoniya (qon bosimini kutarilishi)–180/90, 180/100 mm s.us.

Puls. Puls – arteriya devorining ritmik tebra-nishidir. Puls Yurak siklining II fazasiga, ya’ni korinchalarning sistolasiga tugri keladi.

Tomir urishini chakka, uyqu, yuz, elka, tirsak, bilak, son arteriyalaridan aniklash mumkin. Tomir urishini kamida 30 soniya ichida sanash lozim. Bunda olingan rakam 2 ga kupaytiriladi. Puls tezligi 1 dakikada 70-80 marta uradi. Puls tezligi sharoitga karab uzgarib turadi. CHakaloklarda bir dakikada puls tezligi 120-140 ga teng, jismoniy ish bilan shugullanganda, odam gazablanganda, kurkkanda puls kuchayadi. Puls tezlanishi taxikardiya deyiladi. Taxikardiya kupincha bukok, yukumli kasalliklarda, temperatura kutarilganda kuzatiladi. Pulsning kamayishi bradikardiya deyiladi. Bu xolat zaxarlanganda, shokda kuzatiladi.

Nafas olish tezligi. Bemorlarni nafas olishini tekshirish uchun kukrak kafasiga kulni kuyib nafasni 1 dakika davomida necha marta olayotganini xisoblash mumkin. Nafas olishni xisoblash vaktida bemor gapirmay, tinch turishi kerak. Katta yoshdagi odam tinch turganda nafas olish tezligi 1 dakikada 16 dan 20 gacha, yosh bolalarda 40-55 gacha buladi. Tana xarorati kutarilganda, xayajonlanganda, jismoniy ish bilan shugullanganda nafas olish tezlashadi. Surunkali yukumli kasalliklarda nafas tezligi uzgarib turadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling