Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Gipoglikemiya. Bosh miyani uglevodga bo‘lgan tanqisligidan kelib chiqadi. Qondagi qand miqdori 0,5 g\l dan past bo‘lganda bu kasallik rivojlanadi. Gipoglikemik koma diabetiklarga insulin moddasini ortiqcha yuborilganda, uglevodlarning tanaga kam tushishidan yoki ularning jismoniy va ruxiy zuriqqanda kuproq sarflanishidan xamda - xujayralarning usmasining insulinni ortiqcha ishlab chiqarishidan kelib chiqadi.
Belgilari. Ortiqcha quzg‘aluvchanlik, bezovtalik, kuchli ochqash, bosh aylanishi, og‘izdan atseton xidi kelishi, terining oqarishi,sovuq ter bosish, kungil aynish, AD ning oshishi, taxikardiya kuzatiladi. Ammo nafas siqishi kuzatilmaydi. Og‘ir xollarda es-xushning yuqolishi, tonik titrashlar, nutqning buzilishi, nafasning yuzakiligi, AD pasayishi, bradikardiya, qonda qand miqdorining keskin kamayishi kuzatiladi. Bosh miyadagi qaytmas o‘zgarishlar tufayli bemor xalok bo‘lishi xam mumkin. BTYO. Engil xolatida shirin choy ichirish lozim. Undan sung 40-50 ml 40% li glyukoza eritmasi venaga yuborilib, bemor xushiga kelmasa yana takrorlanadi. Teri ostiga 0,5-1 ml 0,1% li adrenalin yuboriladi. Samara bermagan paytda glyukortikoidlar (gidrokortizon 75-100 mg, prednizolon 30-60 mg) 500 ml 5 % li glyukozada eritib yuboriladi. Tutqanoq-ruxiy kasallik bo‘lib, bosh miyada patologik epileptogen o‘choq hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Tutqanoq xurujining bir necha turlari ajratiladi: - katta tutqanoq xurujlari-eng og‘ir shakli bo‘lib, tonik-klonik qisqarishlar, es-xushni yo‘qolishi, markaziy nerv tizimining umumiy susayishi bilan kechadi. Bemor og‘zidan ko‘pik kelib, yiqilib tushadi, nafas yo‘llari aspiratsiyasi natijasida bemor asfiksiyadan halok bo‘lishi mumkin, - psixomotor qo‘zg‘alishlar- bemor o‘zini boshqacha tutadi, moslashmagan harakatlar qiladi, lekin keyinchalik bularni eslay olmaydi. Ko‘pincha es-xushni xiralashishi kuzatiladi, lekin xurujlar ruy bermaydi. - kichik xurujlar- qisqa vaqtga xushini yo‘qotish, yuz va boshqa mushaklarni uchishi va b. belgilar kuzatiladi. BTYO. Katta tutqanoq xurujlari vaqtida bemorning nafas yo‘llarini sulak va ko‘pik massalaridan tozalash, tilni orqaga ketib qolmasligi uchun tortish kerak. Xurujlarni bartaraf etish uchun fenobarbital, benzonal va boshqa barbituratlardan foydalanish mumkin. Sibazon, klonazepam preparatlari, og‘ir hollarda esa narkoz vositalaridan foydalanish mumkin. Bemorga osoyishtalovchi rejim tavsiya etiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling