Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Gipertoniya- Yurak va tomirlar, endokrin tizim, bo‘yrak va siydik chiqaruv yo‘llaridagi organik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda AB ning uzoq vaqt birlamchi kutarilib turishidir. CHunki arterial bosim buyrak utsi rakida, ensefalit, poliomielit, qontuziya, suyak SHikastlanishlari, buyrak kasalliklarida, aterosklerozda ham kuzatilishi mumkin.
Patogenezi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining tez-tez izdan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nikotin ta’siri gipertoniyaning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. Bu omillar miya qobig‘i hujayralarida turg‘un qo‘zg‘alish o‘choqlarini paydo qiladi. Natijada mayda arteriolalarda vaqtincha, keyinchalik doimiy spazm paydo bo‘lib, maksimal va minimal arterial qon bosimi ko‘tarilib ketadi. Belgilari. Bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, uyqusizlik, tez charchash, darmonsizlik, Yurak tomir sitsemasida organik uzgarishlar kelib chiqqanda AB ning kutarilishi turg‘un buladi. Gipertoniyaning 3 bosqichi farqlanadi. 1-xayajonlanganda AB qisqa vaqt kutariladi 2-da AB kutarilishi turg‘un va davolanmasa pasaymaydi. 3- sklerotik bosqich: buyrak, aorta, miya va a’zolarning tormirlarida qaytmas uzgarishlar kuzatiladi. Davolash. Bemorlar dam olish va uxlash rejimiga rioya qilish kerak. Rezerpin, raunatin, rausedil, izobarin, dibazol, papaverin, magneziya, diuretiklar beriladi. Gipertoniya kasalligi bor odamlarda arterial bosimning qisqa muddatda yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi-gipertonik kriz deyiladi. Gipertonik krizning klinik belgilari: kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, qayt qilish, arterial bosimning yuqoriligi, bosh aylanishi, quz oldida sharpa paydo bo‘lishi va b. SHoshilinch ravishda davo choralari ko‘rilmasa gipertonik kriz insult bilan tugaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling