Тошкент фармацевтика институти


Download 0.53 Mb.
bet65/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Bronxial astma- bronxlar bo‘shlig‘ining torayishi natijasida to‘satdan paydo bo‘ladi. Bo‘g‘ilish va nafas chiqishining qiyinlashuvi bilan xarakterlanadi

Etiologiyasi va patogenezi. O‘pkani innervatsiyalovchi adashgan nerv uchlarining quzg‘alishidan bronxlar silliq mushaklarida spazm kelib chiqadi va bronxlar torayadi va astma xuruji yuzaga keladi. Allergenlar (tuxum, baliq, uy xayvonlarining yungi xidi) ta’siridan, burun to‘sig‘ining qiyshayishi, burundagi poliplar, ut pufagi yallig‘lanishi va yuqumli kasalliklar natijasida, bulardan tashqari zax xonalarda yashash, nam xavodan xam astma xuruji kelib chiqadi. Bu ko‘proq MNS faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kuchli qurqish, ruxiy o‘zgarishlar oqibatida asabi bushagan kishilarda ko‘proq uchraydi.

Belgilari. Kukrak qisilib, kishi darmonsizlanadi va to‘satdan xuruj tutadi. Nafas olish va chiqarish og‘irlashadi, rangi uchib yuzi ko‘karadi, sinchiklab qaralganda ko‘krak qafasining kattalashganligi seziladi, o‘pkada perkutor tovush aniq, ravshan, past tonda, auskultatsiyada nafas tovushi sekinlashadi va xushtak ovozidek xirillash kuzatiladi, tana xarorati deyarli uzgarmaydi. Xuruj 2-3 soat va uzoqroq davom etadi. Xuruj datslab kam va keyinchalik tez-tez tutib turadi.

Tashxis quyish: nafas olish, chiqarish qiyinlashadi,bo‘g‘ilish, balg‘am bilan Krushma spirallari, SHarko-Leydin kritsallari uchraydi, qonda eozinofiliya va allergenlarning ta’siri kuzatiladi.

BTYO. Xurujda kiyim-bosh echiladi, xona xavosi almashtiriladi,bemor tinchlantiriladi. Teri ostiga adrenalin, 5%li 1ml efedrin qushib yuboriladi. venaga 2,4% li 7-10 ml eufillin, 10% li kalsiy xlor, dimedrol, astmatol, prednizalon, AKTG, kortizon kabilar beriladi. MNS ni mutstaxkamlash maqsadida gidroterapiya, psixoterapiya,nafas gimnatsikasi, iqllim sharoitini o‘zgartirish klimatoterapiya) lar tavsiya qilinadi.
O‘pkadan qon ketishi. O‘pka gangrenasi, o‘pka raki, o‘pka jaroxatida o‘pkadan qon ketadi. Bemor qon tupiradi yoki ko‘proq ajralsa og‘zi qonga tuladi.

BTYO. Bemorga tinch sharoit yaratish, boshini balandroq qilib yotqizish, ortiqcha xarakatga va ko‘p gapirmaslik kerak. Engil xazm buluvchi butqalar, qon tuxtatuvchi jele, ilitilgan tuxum, Osh tuzi eritmasi ichiriladi, klizma qilinib ichagi tozalanadi. Kattiq yutalda kichik dozalarda kodein yoki dionin beriladi. Qoni tuxtatish uchun kalsiy xlor,gipertonik eritma, vikasol beriladi. Narkotik moddalar berish taqiqlanadi. Oxirida xirurgik usul qullaniladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling