Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Stenokardiya- miokardning kislorodga bulgan extiyoji va uning qon bilan etib kelishi urtasidagi farqdan kelib chiqadi. Toj tomirlar teshigining torayishi va Yurak muskulining qon bilan to‘la ta’minlanmasligi miokard gipoksiyasiga sabab buladi. Stenokardiya asosan toj arteriyalarining aterosklerozi tufayli, shuningdek, qattiq ruxiy iztirob, tomirlarni o‘smalar ezib qo‘yishi va b. tufayli kelib chiqadi. Tinchlik va zuriqish stenokardiyasi ajratiladi. Barqaror va beqaror stenokardiya farqlanadi. Barqaror stenokardiya xurujning kelib chiqishi va kasalning ahvoliga qarab 4 ta funksional sinfga ajratiladi:
I funksional sinf-stenokardiya xuruji faqatgina tez va ko‘p bajarilgan jismoniy ishdan keyin paydo bo‘ladi, II funksional sinf-stenokardiya xuruji tez yurganda, zinadan ko‘tarilganda, balandlikka chiqqanda, sovuq qotganda va ruxiy hayajonlanganda ertalab paydo bo‘ladi, III funksional sinf-stenokardiya xuruji hatto tekis yo‘lda yurganda (200-500 m), birinchi qavatga ko‘tarilganda hamda past tepalikka chiqqanda paydo bo‘lishi mumkin. Bemorning jismoniy harakati sezilarli darajada chegaralangan bo‘ladi. IV funksional sinf-engil-elpi jismoniy harakatdan keyin, ba’zan esa tinch turganda ham paydo bo‘ladi. Bemorning jismoniy harakati yaqqol cheklangan va ahvoli og‘ir bo‘ladi. Belgilari: kukrak qisishi, bu soxada og‘riq, Yurak va tush suyagi orqasida burab og‘riq turadi va chap qul, elka va buyinga tarqaladi. Xarakatda og‘rik kuchayadi, yuzi oqarib, sovuq ter bosadi. AB kutariladi, puls tezlashadi, og‘riq tuxtashi bilan kup siydik ajraladi, bemor bushashadi. Davolash. Toj tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar (nitro preparatlar), ko‘pincha nitroglitserin 0, 5 mg tabletkalari yoki 1-2 tomchi 1 % eritmasi til ostiga tashlanadi. Sedativ preparatlar (aminazin, meprobamat, elinium) va antikoagulyantlar (fenilin, geparin) beriladi. Xozirgi paytda izonitrat monosorbit va disorbit preparatlari qullanilmoqda. Og‘riqni bosish uchun2-3 ml 2% papaverin yoki 2 ml 2 % no-shpa eritmasi 2 ml 50 % analgin va 5-10 ml 2, 4 % eufillin eritmasi bilan ko‘shib venaga yuboriladi. Mexnat rejimini tashkil qilish, xayajonlanishga yo`l quymaslik choralari kuriladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling