Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Yurak porogi. Yurak klapanlari funksiyasi Yurakning organik o‘zgarishi oqibatida buzilishi va qon aylanishning izdan chiqishi.
Poroglar to‘g‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma porok ona qornida bolaning normal o‘smasligi, Yurak qon-tomir tizimining notug‘ri shakllanishi tufayli paydo buladi. o‘mumiy porogning 1-3% ni tashkil etadi. Orttirilgan porog- 90% ini tashkil qilib, asosan revmatizm sabab bo‘ladi. Klapan yoki tomirning zararlanishiga kura mitral klapan porogi, 3 tavaqali klapan porogi kabilar farqlanadi. Kechishi Yurak klapanlardagi organik o‘zgarishlarni tiklab bo‘lmaydi. Lekin Yurak kompensatsiyasiga ko‘ra shiddatli ishlaydi. 10-12 yildan so‘ng Yurak dekompensasiyasi kuzatiladi.( Yurak muskullarining bushashishi) Bunda nafas siqiladi, terida kukarish (sianoz), venada qon dimlanishi, tana shishi, moda almashinuvining va qon bilan ta’minlashni buzilishi kuzatiladi, bemor ozib ketadi. Srajesko va Vasilenko tasnifiga ko‘ra porogning 3 bosqichi, ya’ni 1-bosqichda qon dimlanmaydi, jismoniy mexnatda xarsillash va Yurak uynashi kuzatiladi. 2-qon aylanishning buzilishi, xalloslash, venada qon dimlanishi, oyoq shishi kuzatilib, ish qobiliyati susayadi. 3- qon aylanishi buzilishi bilan birga organlar funksional va morfologik o‘zgarishlarga uchraydi va bemor ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Davolash 3 bosqichda olib boriladi. 1. Bemor kamida 2 xafta urinda bulib, engil xazm buluvchi taomlar, adonis preparatlari, diuretiklar, trankvilizatorlar berilib, tuz va suyuqlik mikdori cheklanadi. sanatoriyalarda davolanish tavsiya etiladi. 2. 1-2 oy o‘rinda yotadi, yotoq yarasining oldini olish maqsadida kamfora suriladi, nafasni engillatish choralari kurilib, sutkalik siydik miqdori aniqlanadi. Suyuqlik miqdori cheklanib, yog‘siz taomlar, baliq, tuxum, sabzavotlar va rezavor mevalar beriladi. Digitalis preparat damlamalari ichiriladi. kuniga 3 maxal 15 tomchidan lantazid, srofantin va glyukoza venaga, diuretiklar (nourit,gipotiazid), og‘ir shaklida revmatizmga qarshi preparatlar beriladi. 3- bemor kasalxonada vrach nazoratida bulishi kerak. 2-nchi bosqichdagi dorilardan tashqari kordiamin kamfora, kofein, narkotiklar in’eksiya qilinadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling