Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Miokard infarkti. Toj tomirlardan birining tromb bilan bekilishi yoki torayish natijasida miokardning bir qismi oziqlanmasdan nekrozga uchrashi tufayli sodir buladi. Klinik kurinishi miokardni qancha qismi zararlanganligiga bog‘liq. Kasallik kuproq gipertoniyalar, ateroskleroz, ortiqcha yog‘ bosish va kuchli sresslar bilan bog‘liq.
Miokard infarkti kechishida 5 davr ajratiladi. I. Erta davr bo‘lib, stenokardiya xurujlari tutib turishi bilan tavsiflanadi. II. O‘ta o‘tkir davr-miokardning o‘tkir ishemiyasidan to nekroz o‘chog‘i paydo bo‘lishining ilk belgilariga qadar davom etadi (0, 5-2 soat). Bu davrda to‘sh suyagi orqasida kuchli og‘riq paydo bo‘lib, chap va o‘ng ko‘krak sohasi bo‘ylab tarqaladi. Atipik turida hatto qorin bo‘shlig‘iga ham tarqalishi mumkin. Bemorda Yurak ritmi buzilishi, holsizlanish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, havo etishmasligi, arterial bosimning keskin tushib ketishi, es-xushini yo‘qotish kuzatiladi. III. Nekroz o‘chog‘i shakllanishi davri (davomiyligi 2-10 soat). Bunda ham og‘riq saqlanadi, bemorning umumiy ahvoli og‘irligicha qoladi. Bunga sabab Yurak etishmovchiligi va qon bosimining pastligidir. Bu davrda nekrozlangan miokard yumshaydi (miomalyasiya) va o‘ta noziklashib qoladi. Bemor Yurak yorilishi (tamponada) aritmiyalardan yoki og‘riq natijasida kelib chiqadigan kardiogen shokdan halok bo‘lishi mumkin. Bu davr miokard nekroz sohalari yallig‘lanishi bilan kechgani sababli tana harorati ko‘tarilishi, neytrofil leykostitoz, ECHT oshishi kuzatiladi. IV. CHandiqlanish davri. Og‘riq yo‘qolib, yallig‘lanish belgilari susayadi. V. Infarktdan keyingi davr. BTYO. To‘g‘ri yordam ko‘rsatish uchun miokard infarktini stenokardiyadan farqlay olish lozim. Infarktga xos belgilar og‘riq uzoq davom etishi, Yurak tomir faoliyatining susayishi, nitro preparatlar va validol ta’sirida bosilmasligi, EKG kursatkichlarining uzgarishidir. Miokard infarktida shoshilinch yordam tadbirlari quyidagilar: 1. Bemorni zudlik bilan maxsus kardiologik brigadani chaqirib shifoxonaga jo‘natiladi. Ular etib kelgunicha Yurak va nafas faoliyati buzilgan taqdirda ularni tiklash lozim bo‘ladi. Bemorni harakatlantirish mutlaqo man etiladi. 2. Bemorga zudlik bilan og‘riq qoldirish uchun narkotik analgetiklar-morfin, omnopon, pantopon va b. qilinadi, og‘ir hollarda azot (I) oksidi xidlatiladi. 3. Qonni suyo`ltirish uchun geparin 7500-10000 TB da 200 ml izotonik eritma bilan venaga tomchilab yuboriladi. Bunda protrombin ko‘rsatkichini nazorat qilish lozim. 4. Aritmiya kuzatilganda aritmiyaga qarshi –novokainamid, anarilin, etmozin, lidokain, aymalin va b. beriladi. 5. Yurak glikozidlari-srofantin, korgliqon adonis preparatlari beriladi. 6. Kardiogen shok rivojlansa mezaton, noradrenalin, natriy xlorid yoki glyukoza eritmasi ishlatiladi. 7. Yurak to‘xtab qolsa adrenalin yuboriladi, bu ham yordam bermasa, defibrillyasiya o‘tkaziladi. Miokard infarktini o‘tkazgan odamga sport bilan shug‘ullanish, ratsional ovqatlanish, ruxiy siqilishdan saqlanish, profilaktika uchun aspirin ichish tavsiya etiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling