CHurraning chiqib qolishiga sabab, kupincha qorin ichki bosimining ortishi ( og‘ir kutarish,kuchli tuxtovsiz yutal va x.k). Natijada churra qopchasi ichak petlyasidan tashqariga chiqib qoladi. Keyinchalik chiqib qolgan churrada oziqlanish buzilib uladiv a peritonit rivojlanadi.
Belgilari: churra soxasida tarqaluvchi kuchli og‘riq paydo buladi, churra qopchasining kattalashishi,taranglashishi, tegilganda bezillab turishi asosiy belgi xisoblanib, bundan tashqari terining oqarishi, taxikardiya. AB pasayishi,qusish kuzatiladi. Tushgan ichakni qaytadan qorin bo‘shlig‘iga o‘tmasligi, gaz va ich kelmasligi xam churrani tushganligidan darak beradi.
BTYO. CHurrani uzicha qaytadan solishga xarakat qilish, issiq vannalar qabul qilish, spazmolitiklar yuborish mumkin emas. Tezda kasalxonaga yuborilib zudlik bilan operatsiya qilinadi.
Profilaktikasi. CHurrasi bor odamni rejali ravishda operatsiya qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |