Toshkent farmasevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti sanoat farmatsiya yo'nalishi 102 "A"- guruh talabasi otanazarova bibixonimning ekologiya va gigiyena moduli ekologiya (BO'limi)


Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi


Download 19.56 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi19.56 Kb.
#1413947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari-azkurs.org

Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi:

- rabiiy ma'danlarni qayta ishlaydigan tog' — kon sanoati, metallurgiya va ba'zi mashinasozlik korxonalari;

- energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari; -sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari;

- kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika) korxonalari;

- oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;

- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:

- kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar.

Ko'pchilikka ayonki, tabiiy оmillar ta'siri (vaqti — vaqti bilan turli fasllar)da paydo bo'ladigan oqavalar suv havzalariga tushsa ham, ma'lum vaqt o'tishi bilan, biologik jarayonlarning tabiatda uzluksiz bo'lib turishi natijasida. tozalanishi muqarrar. Lekin ba'zi sanoat oqava suvlarining tabiatda o'z-o'zidan tozalanishi juda qiyin. Shuning uchun bunday oqava suvlarni, o'zlari hosil bo'lgan manbalaridayoq, yaxshilab tozalanishi maqsadga muvofiq. Biroq. hozirgi davrda juda ko'p turdagi ishlab chiqarish oqavalari oxirigacha tozalanmay tashqi muhitga chiqarib tashlanadi va buning oqibatida muammolar sodir bo'lmoqda ham. Shu kungi gidrosfera bilan bog'liq kuzatilayotgan ko'plab ekologik muammolar ayniqsa, toza ichimlik suvi tanqisligi, kasalliklar ortib borishi va hokazolar fikrimiz dalilidir.

Tozalanmaydigan va mavjud suv manbalarini bulg'ayotgan iflos oqavalarga ekinzor yerlar va chorva mollari fermalari hududlaridan oqib chiqadigan suvlarni ham kiritish mumkin. Ularning tarkibida mineral o'g'it (nitrat va fosfat) lar, hamda gerbisid moddalar qoldiqlari bo'lganligi sabab, bunday suvlardan foydalangan tirik organizmlarda har xil kasalliklar kuzatilmoqda. Masalan, odamlar oshqozoni faoliyati buzilish holarini ko'rsatish mumkin.

Tarkibida uran, plutoniy, stronsiy kabi radioaktiv element izotoplari, shuningdek, qo'rg'oshin, simob va boshqa og'ir metallarni tutadigan turli xil oqavalar tirik jonzotlar uchun o'ta xavfli hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, hozirgi paytda tabiiy suv manbalarining radioaktiv moddalar, og'ir metallar va zararli bakteriyalar bilan ifloslanishi ko'plab kuzatilmoqda. Bunday oqava suvlarning, asosan, 3 xil yo'l bilan bo'lishi aniqlangan:


Download 19.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling