Toshkent farmatsevtika instituti 104 a guruh talabasi dosumbetov fozilbek


Download 119.21 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi119.21 Kb.
#1040604
Bog'liq
DORIXONADA SANITARIYA QOIDALARI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

104 A GURUH TALABASI DOSUMBETOV FOZILBEK

MAVZU: DORIXONADA SANITARIYA QOIDALARI


Unga ko‘ra dorixonalar xodimlari quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart:
– ish boshlashdan oldin uy kiyimi va poyafzallarni almashtirish;
ish boshlashdan oldin, sanitariya kiyimlarini (xalat, qalpoq) va oyoq kiyimlarini kiyish, qo‘lni yuvish (kamida 20 soniya) va qo‘llarni dezinfeksiya qilish, shaxsiy himoya vositalarini kiyish;
hojatxonaga borishdan oldin, xalatni yechib, tashrif buyurgandan so‘ng qo‘lni yaxshilab yuvish va dezinfeksiya qilish;
– sanitariya kiyimlari va poyafzallarda dorixonadan tashqariga chiqmaslik;
– dorixona xodimlari yuzlariga niqob (respirator) va qo‘llariga lateks qo‘lqop kiyishlari kerak.
  • Yordamchi xodimlar xonasida qo‘llarini yuvish uchun va hojatxonada umivalniklar (yuvish idishlari) o‘rnatilishi kerak, ular tirsakli (yoki sensorli) kranlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Umivalnik yonida dezinfeksiyalash vositalari, elektr quruq xavo uskunasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Dori-darmonlarni qadoqlash bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarga ishlab chiqarish korxonalarida umivalniklardan foydalanish taqiqlanadi.
  • Dorixonada ishlab chiqarish xonalarida ovqatlanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarish xodimlariga shaxsiy buyumlarni ish joylarida va xalat cho‘ntagida saqlashga ruxsat berilmaydi, toza ro‘molcha bundan mustasno. Dori moddalarni ishlab chiqarish, nazorat qilish, qadoqlash bilan shug‘ullanadigan shaxslar tirnoqlarini qisqa olishlari, lak bilan bo‘yamasliklari va barmoqlariga uzuklar taqmasliklari kerak.
  • Sanitariya kiyimlari va sanitariya poyafzallari dorixona xodimlariga amaldagi meʼyorlarga muvofiq beriladi. Sanitariya kiyimlarini almashtirish haftasiga kamida 2 marta, kerak bo‘lsa, navbatdan tashqari amalga oshirilishi kerak. Buning uchun har bir dorixona xodimiga kamida ikki to‘plam ish kiyimlari berilishi kerak. Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash bilan shug‘ullanadigan ishchilar, smena boshlanishidan oldin shaxsiy foydalanish uchun toza sochiqlar bilan taʼminlanishi kerak

Download 119.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling