Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya
Bakteriostit ta‘sirga ega bo‘lgan antibiotiklarni qo‘shgan holda, dorivor vositalarni
Download 19.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterillangan dorivor moddalarni tayyorlashdagi asosiy talablar.
- Bokslarda ishlashda aseptikaning asosiy talablari.
- Inekstion preparatlarning sterilligini aniqlash.
- Antibiotiklarni sterilligini aniqlash.
- Bakteriostatik ta‘sirga ega bo‘lgan dorivor priparatlarning sterilligini aniqlash.
- Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi. Mashg‘ulot maqsadi
- Mikroorganizmlarning ekologiyasi
- Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalganligi.
- Biosenozdagi mikroorganizimlarning o‘zaro munosabatlarini tiplari
- Atrof muhit ob‘ektlarini sanitariya-bakteriologiya jihatdan baholash Atorf
- Tuproq na‘munasini olish.
Bakteriostit ta‘sirga ega bo‘lgan antibiotiklarni qo‘shgan holda, dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. Antibiotik eritmasini tayyorlangan zahotiyoq 4 ta membranali fil‘trdan o‘tkaziladi. Har bir fil‘trdan 250 ml eritma fil‘tratsiya qilib bo‘lgandan keyin fil‘trlarni 100 ml li 5 portsiya eritma bilan antibiotikdan tozalaniladi. Petri chashkasiga quyidagi muhitlarga joylashtiriladi. a. Mikroorganizmlarni umumiy sonini hisoblash uchun MPA ga inaktivator qo‘shiladi. Ekmani 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi. b. Saburo muhitida mog‘or, achitqi zamburug‘larni umumiy sonini hisoblash uchun 5 sutka davomida 24 C da inkubatsiya qilinadi. v. Ichak gruppasining mikroorganizmini aniqlash uchun Endo muhitiga MPA ga o‘xshash inaktivator qo‘shiladi. 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi. d. Stofilokokklarni aniqlash uchun qon agariga inaktivator qo‘shiladi. 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi. Qonli agarda stafilokokklari koloniya atrofida beradi. Antibiotik tabletkalaridan 0.2 ml suspenziya shpatel bilan agarizovanniy muhitning ustki qismiga, 3 ta petri chashkasini parallel ishlash bilan lesi ekiladi. Inekstiya uchun ishlatiladigan, ko‘z tomchilari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ishlatiladigan dorivor preparatlar steril holatda bo‘lishi kerak. Dorivor moddalarni sterilligini- sanitariya sharoitlariga va sterilizatsiyaga rioya qilish bilan erishiladi. Ba‘zi bir steril preparatlar pirogen hususiyatga ega bo‘lgan mikrob hujayralarining mahsulotlarini o‘z tarkibida saqlashi mumkin. Pirogenlar- tarkibida protein, lipid, polisaharid 146 saqlovchi, orgonizmda kompleks o‘zgarishlar(tana temperaturasining ko‘tarilishi) chaqiruvch bakterial endotaksinlar hisoblanadi. Pirogen bakterialar fil‘trdan o‘tadi, tempiraturaga chidamlidir. Sterillangan dorivor moddalarni tayyorlashdagi asosiy talablar. 1. In‘ekstiya uchun tayyorlangan eritmalarda, sterilizatsiya qilishdan oldin 1 ml da mikrob hujayrasi 30 tadan ko‘p bo‘lishi kerak emas. 2. Ularni tayyorlashdan sterilizatsiya qilinguncha ketadigan vaqti 1.5 soatdan oshmasligi kerak. 3. Steril moddani tayyorlash uchun ishlatiladigan distillangan suvning tarkibida E.coli bo‘lishi kerak emas. Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml.da 10-15 ta hujayradan oshmasligi kerak. Dorivor moddalarni tekshirish aseptika qoidalariga qat‘iy tayangan holda bokslarda olib boriladi. Bokslarda ishlashda aseptikaning asosiy talablari. 1. Boks xonasini dizenfekstiyalovchi moddalar bilan qayta ishlash kerak. 2. Ish boshlashdan 2 soat oldin bakteriostid lampalarni yoqib qo‘yish kerak. 3. Mikrob bilan zararlanganini tekshirib turish kerak. Go‘sht-peptonli bul‘onda 5 ta kolloniyadan ortiqcha bo‘lishi kerak emas. 4. Mog‘or va achitqi zamburug‘lari bo‘lishi kerak emas. 5. Boksda sterillangan holat va topochkalarda ishlash kerak. Ularni 120 C temperaturada 30 min davomida avtorlavda sterilizatsiya qilinadi. Inekstion preparatlarning sterilligini aniqlash. Antibiotiklarning har bir seriyasidan 10.000 ampuladan 3 ta ampula, qo‘shimcha 1 tadan ampula 10.000 ampuladan olinadi. Poliglyutin va ferroglyulitinni sterilligini aniqlash uchun avtoklatga joylashgan preparatlardan 6 ta flakondan olinadi va 1. MPA- 0.5 gr glyukozali muhitga ekiladi 37 C da 5 sutka . 2. Kitta-Terotsi muhiti- 37 C da 5 sutka. 3. Saburo suyuq muhitda- 24 C da 5 sutka. Antibiotiklarni sterilligini aniqlash. Antibiotiklar sterillagan suvda eritiladi. a. MPB- glyukozali 15 ta probirkaga ekiladi. b. 2 ml dan Saburo muhitli 5 ta probirkaga ekiladi. Bunda antibiotiklarning konsentratsiyada 25.000 ga teng bo‘lishi kerak. MPB li 10 ta probirka 37 C da 5 sutka. MPB li 5 ta probirka 24 C da 5 sutka. Saburo muhitli 5 ta probirka 24 C da 5 sutka. Antibiotiklarning inaktivligini tekshirish uchun MPG li probirkaga 18 soatli 1 ml da 250 ta mikrob hujayrasi to‘g‘ri keladigan Test- kulturaga ekiladi. 37 C da 5 sutka turadi. Bu prabirka hira bo‘lishi kerak. Faqat bitta o‘sma o‘sib chiqsa ham preparat sterillangan hisoblanmaydi va qaytadan ekiladi. Bakteriostatik ta‘sirga ega bo‘lgan dorivor priparatlarning sterilligini aniqlash. Buning uchun priparat: 1. MPB- glyukozali 5 ta probirkaga 0.5 ml dan solinadi. 2. MPA li 3 ta probirkaga 0.2 ml dan 3. Kitta-Terotsi muhitli 3 probirkada 0.5 ml. 4. Saburo muhitli 3 probirkaga 0.5 ml dan solinadi. Kitta-Terotsi muhiti 37 C da, MPB- glyukozali muhit 24 C, Saburo muhitini 24 C da 7 sutka turadi. Agar o‘smalar o‘sib chiqsa preparat sterillanmagan hisoblanadi. 147 Nazorat savollari. 1. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari. 2. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari. 3. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari. 4. Sterillangan dorivor moddalarni ishlab chiqarishdagi asosiy talablar. 5. Pirogenlar, ularning dorivor moddalarga tushib qolish xavfi. 6. Dorivor moddalarning sterilligini aniqlashning metodlari. Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi. Mashg‘ulot maqsadi : Inson tana normal mikroflorasi tashqi muhit mikroflorasi xaqida tushuncha berish Laboratornya shshshi bajarish uchun topshiriq 1. Quyidagi tajribalar natijasiga asosan havo, suv, tuproqning sanitar bakteriodogik holatini baholash; a) havodagi mikroblar sonini sedimentasiya usulida aniqlash; b) vodrprovod suvi va ochiq suv havzalaridagi suvning umumiy mikroblar sonnni aniqlash; v) suvning koli -titri va koli-indeksini xisoblab topish: g) tuproqning koli-titri va perfringens-titri, mikrob sonini xisoblab topish. Mikroorganizmlarning ekologiyasi – mikroorganizmlarning o‘zaro va tashqiy muhit bilan aloqalarini, munosabatlarini o‘rganuvchi fan xisoblanadi. Tibbiyot mikrobiologiyasini o‘rganish o‘bekti bo‘lib mikroorganizm bilan inson organizimi o‘rtasidagi kompleks munosabatlar xisoblanadi. Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalganligi. Mikroorganizimlar tabiatdagi hamma (suv, havo, tuproq) muhitlard uchraydi. Ularning bunchalik keng tarqalishiga asosiy sabab ularning oziqlanish mexanizimlarining turli ko‘rinishda bo‘lishidir. Mikroorganizimlar tabiatdagi tashqiy muhit omillariga tez moslashadi, shuning uchun boshqa organizimlar yashashi mumkin bo‘lmagan sharoitlarda va muhitlarda ham ular hayot kechirishadi. Mikroorganizimlarning bunchalik tabiatda keng tarqalishiga yana bir sabab, ularning o‘lchamini o‘ta kichikligi va havo oqimlari suv bilan uzoq masofalarga tez tarqalishidir. Mikroorganizmlar ma‘lum yashash mintaqalarda biosenozni ( yunon. bios- hayot, + koinos- birga yashash) shakillantiradi. Har bir mikroblar biosenozi o‘zining aniq mikroorganizimlar tarkibiga ega bo‘lib, shu muhitning autoxton ( yunon. autos- o‘ziniki + chthon- joy, mamlakat) mikroorganizimlari deb yuritiladi, ya‘ni bu mikroorganizimlar shu yashash muhitida doim uchraydi. Bu mikroblarni yashash muhitiga boshqa alloxton ( yunon. allos - begona, + chthon- joy, mamlakat) bakteriyalar, parazit mikroorganizimlar tushib qolishi mumkin. Tabbiyi biosenozlarda (tuproq, suv, havo) mikroorganizimlarning yashashi tashqiy muhit faktorlarini ta‘siriga bog‘liq bo‘lib, agar tashqiy faktorlar ularning yashashiga ijobiy ta‘sir qilishi yoki faktorlarning ta‘sirisalbiy tamonga o‘zgarsa, bu biosenozdagi mikroblarning yashashi, ko‘payishi to‘xtab qolishi mumkin. Biosenozdagi mikroorganizimlarning o‘zaro munosabatlarini tiplari. Mikroorganizimlar bir-birlari bilan o‘ta kuchli raqobatda yashaydi. Mikroorganizimlarning biosenozda o‘zaro yashash munosabatlari simbioz ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Simbioz ( yunon. symbiosis- birga yashamoq) mikroorganizimlarning uzoq yillar ma‘lum muhitlarda birga hayot kechirishi bo‘lib, xo‘jayin hujayrasidan tashqarida yashasa ektosimbioz: hujayra ichida hayot kechirsa endosimbioz deb ataladi. Ektosimbiozni tipik vakillariga ichak bakteriyalari ( E. Coli, Bacteroides va bosh.)misol bo‘la oladi. Endosimbioz vakillariga esa plazmiidlar, proviruslar, profaglar kiradi. Tabiyi sharoitda simbiozni bir qancha formalari uchraydi. 148 Mutalizm – (lot. mutuus, o‘zaro) simbiozda yashovchi mikroorganizimlar o‘zaro foyda keltirib yashashlari mumkin. Masalan ichakni normal mikroflorasi, odam uchun foyda keltiradi (modalar almashuvinida, vitaminlar sintezlarida va bosh.), shu bilan bir qatorda bu mikroorganizimlarni doimo muhitning noqulay sharoitlaridan (qurib qolishdan, ekstremal temperaturadan) ximoyalanib va oziqli muhitlar yetarli bo‘lishini organizim ta‘minlab turadi. Kommensalizim –simbioz formasi bo‘lib, muhitda yashovchi mikroorganizmlardan biri foyda ko‘radi, lekin ikkinchi gurux bakteriyalarga ziyon keltirmaydi.Tipik kommensal mikroblarga ichak tayoqchasi, laktobakteriyalarni kiritish mumkin. Lekin ko‘pchilik kommensal bakteriyalar shartli patogenlar ham bo‘lishi mumkin, ya‘niy ma‘lum xolatlarda kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Parazitizm- antagonistik simbioz formasi bo‘lib, bir gurux bakteriyalar boshqa organizimlar hisobiga yashab (tekinho‘r), unga ziyon yetkazishi (yunon. para, oldida,+ sitos,ovqat) tushiniladi. Parazit bakteriyalar ho‘jayin organizimiga kirib kasallik keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun bularni patogen mikroorganizimlar ham deb ataladi. Parazitlarni hujayra ichida yashovchi (viruslar, xlomidiyalar, rikketsiyalar) va hujayradan tashqarida yashovchi ( kshpchilik bakteriya, zamburug‘lar) formalari bo‘lishi mumkin. Ba‘zi bakteriyalar yashash sharoitiga qarab parazit tipida yoki saprofit bo‘lib yashashi kuzatiladi. Bunday bakteriyalarni fakultativ parazitlar ham deb ataladi. Agar bakteriyalar o‘zlari uchun kerakli metobalitlarni boshqa organizimlar xisogbiga to‘liq o‘zlashtirishsa bunday mikroorganizimlarni obligat parazitlar deb yuritiladi. Satellizm- ba‘zi bir mikroorganizimlar ishlab chiqargan metobalitlari boshqa bakteriyalarni ko‘payishini stimullashi mumkin. Masalan sarsinlar va stafilokokklar o‘sganda o‘sish faktori ishlab chiqarishadi va Haemophilus avlodi bakteriyalarini o‘sishini stimullaydi. Tipik satillitlarga gepatit V virusini ham kiritish mumkin, gepatit delta virusi gepatit V virusi ishtirokida ko‘payyadi. Tuproq mikroflorasi. Tuproq mikroorganizmlar uchun asosiy tabbiyi yashash muhiti xisoblanib, tabiatning shakillanishida, tozalanishida va moddalar almashinuvida (azot,uglerod, oltingugurt, temir) aktiv qatnashadi. Tuproq mikroflorasining tarkibi tuproqning turiga, ishlov berilishiga, geografik zonasiga, namlik, teperatura va organik moddalar bilan qanchalik ifloslanishlariga va boshqa. xususiyalarga bog‘liq.. Tuproqning mikroflorasi juda ham ko‘p va turli bakteriyalar vakillari bo‘lishi mumkin.Tuproqning autoxton mikrobiosenoziga quyidagi bakteriyalar kiradi: mikobakteriyalar, psevdomonandlar, sporaxosilqilovchi, azotbiriktiruvchi, bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug‘lar. Bu mikroorganizimlar har doim o‘simliklar va bir – birlari bilan simbioz ko‘rinishlarida yashaydi. Tuproqning allohton mikroflorasiga asosan odam va xayvonlarning normal va patogen mikroflorasi kirishi mumkin, lekin bu mikroorganizimlar tuproqda ko‘paymaydi va ma‘lum davirgacha saqlanib turishi mumkink. Shuning uchun tuproqning yuqumli kasallikni manbasi bo‘lishini e‘tirof etgan holda, patogen bakteriyalarni tuproqda qancha vaqtgacha saqlanishini bilish va tuproqni epidemiologik nuqtai nazardan xafsiz ekanligini aniqlashda muhim praktik ahamiyatga ega. Suv mikroflorasi. Suv ham mikroorganizimlaning tabbiyi yashash muhitlaidan biri xisoblanadi. Suvning mikroflorasining tarkibi sho‘r dengiz, okian suvlari va chuchuk suv havzalariga bog‘liq. Suvda mikroorganizimlarning toksonomik grppalarining qariyib hamma vakillari uchraydi. Suv mikrofloralari majmuasini mikroblar planktoni deb yuritiladi. Suvning autoxton mikroflorasiga suvda doimo yashovchi mikroblar majmuasi kiradi va ko‘roq turoq mikroflorasiga o‘xshab ketadi, chunki suv va tuproq o‘rtasida doimo tabiyi munosobatlar ro‘y berib turadi (qor, yomg‘ir). Suvning maxsus mikroflorasiga kiradi: Micrococcus candicanis, M. roseus, Sarcina lutea, Bacteriumaquatilis communis, Pseudomonas, Leptospira, Proteus anaeroblardan Clostridiumb Chromobacterium violaceum. Alloxton florasini esa asosan suvga tasodifan tashqiy muhitdan tushgan mikroorganizimlar yig‘indisi tashkil qiladi va ular suvda nisbatan uzoq saqlanib turmaydi. 149 Ochiq suv havzalarining mikroflorasi miqdoriy ko‘rsatkichlari doim o‘zgarib turadi, uning o‘zgarib turishi asosan suv havzasini tipiga, uning ifloslanish darajasiga, meterologik xolatga va yil fasllariga bog‘liq bo‘ladi. Suvning bakteriyalar bilan ifloslanishi asosan unga ishlatilgan chiqindi suvlarni tozalanmasdan tushishi oqibatida ro‘y beradi. Suvga bu iflos suvlar bilan odam va hayvonlarning normal mikroflorasidan tashqari shartli patogenlar va patogen mikroorganizimlar ham tushishi ( ichak yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, tulyaremiya, iersiniozlar, leptospirozlar, viruslar poliomielit, gepatit A va bosh.) mumkin. Bundan tashqari odamlar va hayvonlarning cho‘milishi oqibatida ham suvga alloxton mikroorganizimlar tushadi. Suv patogen bakteriyalarning ko‘payishi uchun noqulay muhit xisoblanadi. Suv tabiyi sharoitda doimo tozalanib turadi, chunki suvning avtoxton mikroflorasi kuchli antogonistik xususiyatga ega, shu bilan birgalikda bu mikrofloralar suvga tushgan organik modalarni tez o‘zlashtirib olishadi va bu o‘z navbatida suvni odam va hayvonlar chiqindilaridan tozalanishiga olib keladi. Lekin suv biosenozida mikroorganizimlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bir xil ko‘rinishda bo‘lmaydi va turli faktorlar ta‘sirida doimo o‘zgarib turadi, ya‘niy saproblik xolatiga bog‘liqdir. Saproblik (sapronost) termini suv havzasidagi umumiy xususiyatlar va shular bilan birga suvdagi mikroblar tarkibi, miqdori va suvdagi ma‘lum organik, neorganik moddalarning konsentrasiyasini belgilaydi. Suvning doimo tozalanib turishi oqibatida suvning bioseozi o‘zgarib turadi. Ifloslanish darajasiga qarab suv havzalarida polisaprob, mezosaprob, oligosaprob zonalar qabul qilingan. Polisaprob zonada (o‘ta ifloslangan) katta miqdorda yengil parchalanuvchi organik moddalar saqlanadi, kislorod konsentrasiyasi minimal darajada va 1 ml suvda milliondan ko‘p mikroblar uchraydi. Mezosaprob zonada esa oksidlanish va nitrifikasiyalanish jarayonlari ustin turadi, suv tozalanib boradi 1 ml suvda 100 ming atrofida mikroblar bo‘lishi mumkin. Oligosaprob zonada suvning o‘z-o‘zidan tozalanishi nihoyasiga yetgan, organik moddalar suv tarkibida diyarli bo‘lmaydi va 1 ml suvda 10 dan 1000 mikrob bo‘lishi mumkin. Patogen bakteriyalar polisaprob zonada juda ko‘p uchraydi, sekin asta o‘lib, tozalanib mezosaprob zonada kamroq va olgasaprob zonada esa diyarli uchramaydi. Havo mikroflorasi Cuv va tuproqdan farqliroq, havoda mikroblar faqat hayot qobiliyatini vaqtincha saqlab turadi, so‘ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining ta‘siri, harorat o‘zgarishi, oziq moddalar yo‘qligi kabi noqulay faktorlar ta‘sirida o‘lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini ma‘lum darajada muollaq turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari havo mikroflorasi tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi. Bakteriyalar va ularning patogen formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi birmuncha atmosfera havo mikroflorasidan ko‘p uchraydi, chunki bu muhitlarga kasal odam va hayvonlar, bakteriya tashib yuruvchilardan tushishi mumkin. Havo mikroflorasi ham shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M. flavus, M. candicanis, Sarcina . flava, S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va Penicllium, Aspergillus, Mucor zamburug‘lar va sporadik doimo topilmaydigon (suv va chang zarralari bilan tushovchi ) mikroorganizimlarga bo‘linadi. Patogen mikroorganizimlar og‘iz bo‘shlig‘i yoki nafas yo‘llari kasallanganda atrofdagi havoga patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal, sil qo‘zg‘atuvchilari, viruslardan gripp, qizomiq qo‘zg‘atuvchilari tarqaladi. Bu mikroorganizimlar havoda aerozol tarkibida uchraydi. Aerozol- bu kolloid sistema bo‘lib, asosiy tarkibi havo, suyuqlik yoki qattiq moddalar, zarralaridan iborat bo‘ladi. Ayrozol o‘lchami 10 dan 2000 nm teng bo‘lishi mumkin. Odam aksirganda 40 000 dan ortiq aerozollar hosil bo‘ladi. Aerozollar o‘lchami,elektirik zaryadi, havodagi harakat tezligi bo‘yicha tomchi, changli va tomchi yadroli fazalarga bo‘linadi. Biz uchun eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo‘lib uning o‘lchami 100 nm atrofida bo‘ladi, aerozolni bu fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida ma‘lum 150 miqdorda namlik bo‘lganligi uchun chidamli aerodispers sistemani havoda shakillantiradi. Ulardagi namlik bakteriyalarni havoda uzoq vaqt saqlanishini taminlaydi. Masalan, yadroli aerozolda bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi 1 sutkagacha, gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil qo‘zg‘atuvchisi 18 kungacha hayot faoliyatini saqlab qolishi mumkin. Bu esa odatda yopiq binolarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki hona havosida patogen bakteriyalar miqdori ko‘p bo‘lishi mumkin. Atrof muhit ob‘ektlarini sanitariya-bakteriologiya jihatdan baholash Atorf - muhitdagi turli ob‘ektlar: suv, tuproq, havo va oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiena holatini baholash uchun sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Tekshiruv o‘tkazishdan maqsad ko‘rsatilgan ob‘ektlarning epidemiologiya jihatidan havfsiz ekanligini aniqlash. Ulardan patogen mikroorganizmlarni ajratib olish, epidemiologik nuqtai nazardan havfli ekanligini ko‘rsatadi. Bu mikroorganizmlar ob‘ektlarda kam miqdorda bo‘lib, ular havo, suv va tuproqda ko‘paymaydi, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratib olish ham juda qiyin. Shu boisdan, sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida tashqiy muhitning patogen mikroblar bilan ifloslanish ehtimolini bilvosita ko‘rsatkichlar- sanitariya-ko‘rsatkich mikroorganizimlarini topilishi asosida aniqlanadi. Ob‘ektning mikroblar bilan zararlanganligini umumiy mikroblar soni, (UMS) bo‘yicha aniqlash mumkin. Ya‘ni, tekshirilayotgan ob‘ektlarning ma‘lum hajmi yoki massasidagi (1 ml suvda, 1 g tuproqda, 1 m 3 havoda) mikroorganizmning umumiy soni aniqlanadi.Tuproq va suvdagi mezofil aerob va fakultativ bakteriyalarning umumiy miqdori bo‘lib, agarli muhitda 37º S va 24 soatda 2 marotiba katalashtirilganda ko‘zga ko‘rinovchi koloniyalar hosil qilishi Sanitariya ko‘rsatkichli bakteriyalarning borligi ikkita ko‘rsatkich — (t i t r va i n d ye k s) orqali baholanadi. Bitta sanitar ko‘rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam miqdoriga titr va 1 l suyuqlikda;. 1 g tuproqda yoki zich moddada, 1 m 3 havoda topilgan sanitariya-ko‘rsatkichli bakteriyalar soniga — indeks deyiladi. Sanitariya-ko‘rsatkichli bakteriyalarga odam va hayvon organizmidagi doimiy mikrofloraning vakillari kiradn. Ular ichak yoki nafas yo‘llarida yashaydi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: 1) mikroorganizimlar doimiy ravishda odam va xayvonlar organizimida yashashi va tashqiy muhitga , ko‘p miqdorda najas yoki nafas yo‘llaridan shilimshiq tomchilar bilan ajralishi; 2) mikroblar tashqi muhitda ko‘payya olmasligi (oziq ovqatlardan tashqari) yoki uning ko‘payishi juda qisqa bo‘lishi; 3) atrof-muhitda, ichak yoki nafas yo‘lida parazitlik qiluvchi patogen bakteriyalar qancha vaqt yashasa, ular ham shuncha vaqt mobaynida yoki ulardan ko‘proq yashash qobiliyatiga ega bo‘lishi; 4) tashqi muhitga ularning chidamligi o‘zlari singari yashash muhitlariga ega bo‘lgan patogen bakteriyalarga o‘xshash bo‘lishi yoki ulardan ustun turishi va o‘z xususiyatini o‘zgartirmasligi; 5) tashqi muhitda ularga yashash xususiyatlari yaqin bo‘lgan, o‘xshash bakteriyalarning bo‘lmasligi; 6) ularni aniqlash, ajratib olish va identifikasiya usullari oson va ekonamik jihatdan qulay bo‘lishi; Keltirilgan xususiyatlar bir qator bakteriyalarga xos bo‘lib, atrof-muhitdagi turli ob‘ektlar uchun sanitariya- ko‘rsatkichi deb qabul qilingan Tuproq na‘munasini olish. Sanitar bakteriologik tekshirish uchun tuproq na‘munasi qo‘yilgan maqsad asosida tekshirilayotgan uchastkani ma‘lum kvadratlaridan ( 5 x 5 m. kam bo‘lmaslik kerak) ―konvert‖ usulida ( 4 ta na‘muna diagonal bo‘yicha va 1 ta markazdan) olinadi. Na‘munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig‘idan 200 g, tuproqni bakteriologik 151 ifloslanganini aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig‘idan olinadi. Olingan na‘munalar maxsus steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo‘natiladi. Tuproq na‘munalari zarur sharoit kelib chiqqanda 24 soat muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling