Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Yurak glikozidlarining xromatografik tahlili


Download 1.07 Mb.
bet8/8
Sana25.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#136861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muratova Nilufar

3.2. Yurak glikozidlarining xromatografik tahlili

O'simliklar tarkibida yurak glikozidlarining borligini va yurak glikozidlar yig'indisining qancha glikozidlardan tashkil topganligini hamda ularni qanaqa glikozid ekanligini aniqlashda (identifikatsiya qilishda) xromatografik tahlil usullaridan keng miqyosda foydalanildi.



1. Yurak glikozidlarining qog'ozli (QX yoki BX) xromatografik tahlili. Yurak glikozidlari saqlovchi o'simliklardan 90 foizli spirtda tayyorlangan va boshqa moddalardan tozalangan ajratmadan kapillar (qil) naycha yoki maxsus tomizg'ich yordamida tahlilga olingan xromatografik qog'ozning «start» chizig'iga tomiziladi. Tomizilgan tomchidan 2 sm masofada «start» chizig'iga yana «guvoh» yurak glikozidlarining spirtli eritmasidan tomizib (tomizilgan dog'lar diametri 5 mm dan katta bo'lmasligi kerak), keyin xromatografik qog'oz ichiga etilatsetat - suv (2 : 1 nisbatida) aralashmasi quyilgan xromatografik kolonkaga o'rnatiladi va qopqog'ini yopib, 20-24 soat davomida xromatografiya qilinadi.

Ko'rsatilgan vaqt o'tgandan so’ng, xromatografik qog'oz kolonkadan olinadi, quritiladi va unga stibium III-xloridning to'yintirilgan eritmasidan purkaladi. Yurak glikozidlarining dog'lari pushti-binafsha rangga bo'yaladi. Dog'larning Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» yurak glikozidlaming Rf-ini solishtirib ko'rib, o'simlik ajratmasida qanday glikozidlar borligi to'g'risidaxulosa chiqariladi.



2. Yurak glikozidlarining yupqa qavatli xromatografik (YUQX yoki TSX) tahlili. Talk yoki aluminiy oksidi yopishtirilgan 13x 18 sm li oyna plastinkasi (yoki «silufol» plastinkasi)ning «start» chizig'iga kapillar naycha yoki maxsus tomizg'ich yordamida o'simliklardan tayyorlangan ajratmadan hamda «guvoh» yurak glikozidlari spirtli eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ml dan tomiziladi (tomizilgan dog'larining diametri 5 mm dan katta bo'lmasligi kerak). Dog'lar qurigandan so’ng plastinka oldindan xloroform-etil spirti-benzol-formamid (59: 10 : 30 : 1) suyuqliklar aralashmasi yoki suv bilan to'yintirilgan butanol (1 : 1 nisbatida qo'zg'aluvchan sistema) qo'yib qo'yilgan xromatografik kolonkasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-35 daqiqa) o'tgach, plastinka kolonkadan olinadi, 5 daqiqa havoda, so'ngra esa 10 daqiqa qurituvchi shkafda 120°C da quritiladi va unga tarkibida 0,2 foiz miqdorda xloramin T bo'lgan uch xlorli sirka kislotasining 25 foizli eritmasini purkab, yana 120°C da 10 daqiqa quritiladi. Yurak glikozidlarining dog'lari kulrang bo'lib ko'rinadi. Dog'laming Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» yurak glikozidlarining Rf-ini solishtirib ko'rib, o'simlik ajratmasida qanday glikozidlar borligi to'g'risida xulosa chiqariladi.



3.3. Yurak glikozidlarining biologik tahlili

Dorivor o‘simlik mahsulotlari va fitopreparatlar tarkibidagi yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash uchun qator usullar bo‘lishiga qaramasdan, Davlat farmakopeyasi bu guruh glikozidlar saqlovchi mahsulotlarni vaqt-vaqti bilan biologik tahlil qilib turish, ya’ni mahsulotlarning hayvon organizmiga ta’sir qilish kuchini aniqlashni talab qiladi.

Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra, yurak glikozidlari bo‘lgan dorivor o‘simliklar, ularning mahsulot va fitopreparatlarini biologik faolligi — ta’sir kuchini (biologik standartizatsiyasini) mushukda, baqada va kaptarda o‘tkazilishi talab etiladi. Natijada, 1 g (bir gramm) mahsulotning ta’sir kuchi — vallor aniqlanadi. Vallor esa baqaga ta’sir birligi (BTB yoki LED), mushukka ta’sir birligi (MTB yoki KED) va kaptarga ta’sir birligi (KTB yoki GED) bilan o‘lchanadi.

Kuzda tutilgan 30 g og‘irlikdagi erkak o‘rmon baqasining yuragini sistola holatida bir soat davomida to‘xtatib qo‘ya oladigan yurak glikozidlarining eng kichik miqdori BTB — LED (baqaga ta’sir etuvchi birlik) deb ataladi. Tahlil uchun baqalardan – Rana temporaria, Rana ridibunga va Rana esculenta turlarini ishlatish mumkin.



Xulosa

Aholining sog’lig’ini saqlash va ularga kerakli bo’lgan yuqori malakali tibbiy yordamni ko’rsatish hamda kasallikni oldini olish kabi tibbiyotni asosiy masalalarini faqatgina shifokor bilan farmatsevtlarning hamkorlikdagi olib borgan ishlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunda bemorga kerak bo’lgan dori-darmonlarni tezlik bilan yetkazib berishning ahamiyati juda kata. Dorivor o’simliklar qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Ammo xalq tabobatida va an’anaviy tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor o’simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda o’z o’rnini egallagani yo’q.

Ushbu kurs ishini yozish davomida men turli xil adabiyotlardan foydalandim. Internet ma’lumotlari to’pladim va to’plangan ma’lumotlar asosida adabiyotlar sharhi bobini shakllantirdim. Adabiyotlar sharhi qismida glikozidlar, ularning tasniflanishi, o’simlik hayoti va tibbiyotdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba qismida mavzuimdan kelib chiqqan holda yurak glikozidlarning tahlil usullarini bayon etdim. Kurs ishini yozish jarayonida kafedra professor - o’qituvchilaridan bilmaganlarimni so’rab bilib oldim va shu mavzuga oid bilimlarimni yanada mustahkamladim.

Xulosa qilib yana shuni aytishim mumkinki, o’simlik mahsulotlari va glikozid saqlovchi dorivor o’simliklar xalq tabobatida va xo’jalikda bir necha asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Biz bo’lajak farmatsevtlarni vazifasi shu yuqorida bayon etilgan dorivor o’simliklar mahsulotlaridan yangi turdagi yuqori samaraga ega bo’lgan preparatlar ishlab chiqish va ularni ilmiy tibbiyotga tatbiq etish hisoblanadi. Umid qilamanki, kelajakda bu sohaga men ham o’z hissamni qo’shaman.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Хolmatov H.X., Ahmedov O’.A. Farmakognoziya. – 1, 2 qism. - Toshkent. Fan, 2007.

2. Komilov X. M. Farmakognoziya fani bo’yicha ma’ruzalar matni. – T. 2000. 404 b.

3. Машковский М. Д. Лекарственные средства. 16-е издание. – Москва. 2002 г.

4. Муравьева Д. А., Самылина И. А., Яковлев Г. П. Фармакогнозия. – М. 2007 г.

5. Самылина И. А., Сорокина А. А. Атлас лекарственных растений и сырья. – М. 2005 г. 127-, 249-стр.

6. Правила сбора и сушки лекарственных растений: сборник инструкций – М. 1985 г.

7. Электронная книга. Фармакогнозия Жохова. 2017 г.

8. Recent intensification of tropical climate variability in the Indian Ocean va Nature Geoscience 1:849–853.

9. Cinner, J. E. 2007. The role of taboos in conserving coastal resources. Traditional Marine Resource Management and Knowledge Information Bulletin 15:15–23.

10. Флора СССР. XII изд. – М. 1955 г.

11. Губанов И. А., Киселёва К. В., Новиков В. С., Тихомиров В. Н. Иллюстрированный определитель растений Средней России. — М. 2003. — Том-2. — С. 396.

12. http://moodle.pharmi.uz/library/books

13. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 1. Общие методы анализа. – М.: Медицина, 1987. – 336 с.

14. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 2. Общие методы анализа. Лекарственное растительное сырье. - М.: Медицина, 1990. – 398 с.

15. Электронная книга. Коноплева М. М. Фармакогнозия 2012 г.

16. www.lekarstvennie sredstva.ru

17. www. ziyonet.uz



18. www.wikipedia.ru



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling