Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi
Xantal (gorchitsa) urug'ining ko'ndalang kesimi
Download 1.07 Mb.
|
Muratova Nilufar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibi.
- Ishlatilishi.
- 2.3. Tarkibida sianogen glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar
- 2.3.1. Achchiq bodom urug’i
Xantal (gorchitsa) urug'ining ko'ndalang kesimi. A - ko'ndalang kesim sxemasi; B - ko'ndalang kesimning bir qismi; C - urug' kukuni (poroshogi) elementlari. 1 - urug'ning po'sti; 2 - urug' pallalari; 3 - embrion ildizchasi; 4 - epidermis; 5 - gigant Guda yirik) hujayralar; 6 - mexanik (sklerenxim) qavati; 7 - pigment qavati; 8 - aleyron donalari saqlovchi hujayralar; 9 - ezilgan parenxima; 10 - urug' pallasining to'qimasi.
Xantal efir moyi 40 foiz allilgorchitsa moyidan, 50 foiz krotonilgorchitsa moyidan va sianallil hamdajuda oz miqdorda dimetilsulfid, uglerodsultid va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Urug'da yana 23-47 foiz yog' va 26 foizgacha oqsil moddalar bo'ladi. Ishlatilishi. Xantal preparatlari yallig'lanish xarakteriga ega bo'lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod kasalliklarida ishlatiladi. Xantal yog'i ovqatga ham ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Gorchichnik (xantalli qog'oz), xantal uni (kukuni). Xantal efir moyi juda zaharli, shuning uchun undan 2 foizli spirtdagi eritma - Spiritus Sinapis tayyorlanadi. Xantal urug'i me'da kasalliklarida ishlatiladigan yig'rnalartarkibiga kiradi. Gorchichnik tayyorlash uchun 100 sm2 sathli qog'ozga kauchuk yelimidan surtib, ustiga xantal uni sepiladi. Gorchitsa uni esa yog'i olingan kunjaradan tayyorlanadi. Xantal unidan oshxonalarda ishlatiladigan xantal (gorchitsa) ham tayyorlanadi. 2.3. Tarkibida sianogen glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar Glikozidlar parchalanib, sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi. Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaharli birikma bo'lib, ularning ko'pchiligi ra'noguldoshlar oilasiga kiradigan o'simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq danakli o'rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo'ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o'simliklar urug'i (mag'zi)ning achchiq mazali bo'lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bog'liq. Sianogen glikozidlaming parchalanishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar efir moylarining fizik xossasiga o'xshash xossaga ega bo'ladi. Tibbiyotda o'z tarkibida sianogen glikozidlardan, asosan, amigdalin saqlovchi dorivor o'simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo'Ub, yuqorida aytib o'tilgan ra'noguldoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklaming urug'i, bargi va boshqa organlarida bo'ladi. Bu o'simliklar organlari to'qimasida amigdalin bilan birga emulsin ham uchraydi. Amigdalin ana shu ferment ta'sirida parchalanib, ikki molekula glukoza, sianid kislota va benzoy aldegid hosil qiladi: Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaksiyaga kirishib, benzoaldegidsiangidrid birikmasini hosil qilishi mumkin. Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom urug'idan yoki uning o'mida ishlatilishi mumkin bo'lgan o’simliklardan tayyorlanadi. Mahsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin: 1. Achchiq bodom (yoki achchiq o'rik, shaftoli va boshqalar) urug'i (mag'zi)ni 2-3 tomchi suv bilan chinni hovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan hosil bo'igan sianid kislota va benzoy aldegidning o'ziga xos hidini sezish mumkin. 2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o'rik va boshqalar) urug'i 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni hovonchada ezilsa, pushti rang hosil bo'ladi. Tibbiyotda ishlatish uchun achchiq bodom urug'idan achchiq bodom suvi tayyorlanadi. 2.3.1. Achchiq bodom urug’i SEMINA AMYGDALI AMARAE Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling