Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi fitq fanidan
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fitq fanidan 3 kurs talabalarining amaliy mashgulot darslari uchun ish daftari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 4. FARMATSEVTIKA BOZORIDA CHAKANA SAVDO FAOLIYATINI TASHKIL QILISH I. Mavzuning maqsadi
- IV Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
- V Mustaqil tayyorlanish uchun vazifalar Vazifa 1.
- V.Mustaqil bajarish uchun vazifalar Vazifa1.“Insert usuli”da guruh bilan ishlash qoidalari.
- Insert jadvali Tushunchalar V +
Adabiyotlar ro‟yxati: 1.Toshmuxamedov E.R., Zaynutdinov X.S.va boshqalar ―Farmatsevtika ishini tashkil qilish‖ Toshkent-2007, 221- bet. 2. O'zR SSVning 2010-yil 11-iyundagi 182-sonli ―Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida‖gi buyrug'i. 3.O'zR VMning 13-may 2010-yildagi 91-sonli ―Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori ‖. 4.O'zbekistonda sog'liqni saqlash gazetasi, 2012 yil 14 dekabr, №50 (915), 4- bet. Mavzu 4. FARMATSEVTIKA BOZORIDA CHAKANA SAVDO FAOLIYATINI TASHKIL QILISH I. Mavzuning maqsadi: Talabalarga chakana savdo qonun qoidalarini, merchandayzing tushunchasi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish II.Mavzuning ahamiyati: Talabalarga chakana savdo qonun qoidalarini o‘rgatish, merchandayzing tushunchasi haqidagi bilimlarning darjasiga hamda amaliyotda qo‘llashga yordam beradi. I. SINOV TESTLARI 1. Dorixonalar bajargan ishlariga ko‘ra, mulkchilik shakllariga ko‘ra qanaqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi? ishlab chiqarish ta‘minlash savdo barcha javoblar to‘g‘ri 1. «Dori vostilari va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qaror qachon tasdiqlangan? 2017-yil 6-aprel 2017-yil 8-aprel 2017-yil 15-aprel 2017-yil 22-aprel 2.Qanday xujjatsiz dori vositalarni va tibbiy buyumlarni chakana sotish taqiqlanadi? Muvofiqlik sertifikatisiz Litsenziyasiz Pasportsiz Diplomsiz 3. Geriatrik dorixonalar asosan kimlar uchun mo‘ljallangan? nogironlar chaqaloqlar yoshi kattalar ayollar 4.Dori vositalari va tibiy buyumlarni tayyorlash,ularni saqlash,sifatini nazorat qilish xamda rasmiylashtirish qanday tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi? O‗z R SSV belgilaydigan tartibda O‗z R VM tomonidan Soliq qo‗mitasi belgilaydigan tartibda Oliy o‗quv yurti tomonidan 5.Dorixona qanday muassasa? Dori vositalarini tayyorlash,qadoqlash ishlarini bajaradigan korxona Dori vositalari sifatini nazorat qilish ishlarini amalga oshiradigan farmatsevtik muassasa Davolash va kasallikni oldini olishga mo‗ljallangan dori vositasi va tibbiyot buyumlarini xarid qilishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi Xamma javoblar to‗g‗ri 6. Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar qanday dorixonalar turkumiga kiradi? Ixtisoslashtirilgan Xususiy Aksiyador Xamma javoblar to‗g‗ri 7.Ijtimoiy dorixona qanday tashkilot? O‗z logotipiga ega bo‗lgan,dorixona assortimentida ijtimoiy axamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar,O‗z R da davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bilan shug‗ullanadigan sog‗liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot O‗z. logotipiga ega bo‗lgan tashkilot Tibbiy tashkilot Tibbiy muassasa 8.Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi kim tomonidan tasdiqlanadi? O‗z R SSV tomonidan O‗z VM tomonidan IIV tomonidan Barcha javoblar to‗g‗ri 9. Ijtimoiy dorixonalarni xizmat ko‗rsatish radiusi qancha? SHaxarlarda 2-3km Qishloq xududida 5-10km ko‗p bo‗lmagan masofada 5-10 km masofada 1va 2 javoblar to‗g‗ri IV Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: 1.Dorixonalarda chakana savdoni tashkil etish tartiblari 2.Dorixona turlari, vazifalari, funksiyalari 3.Ijtimoiy dorixonalarni tashkil qilish, joylashtirish tartibi, vazifa va funksiyalari 4.Dorixona xonalari tarkibi, jixozlanishi 5.Farmatsevtika faoliyati, kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. 6.Farmatsevt kadrlarga qo‗yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi. 7.Dorixona xonalari va jihozlariga qo‗yiladigan sanitar tartib qoidalari 8.Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar V Mustaqil tayyorlanish uchun vazifalar Vazifa 1. Dorixona mulkchilik shakllarini KLASTER usuli orqali ifodalab bering Vazifa 2. “Bumerang “ usuli Dorixona mulkchilik shakllari 1-guruh: a) Dorixona bu- b) Geriatrik dorixonalar nima? 2-guruh a)Ijtimoiy dorixona- b) Dorixona shakllari bu- 3-guruh a)Farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi b)Dorixona xonalarining tarkibi,jihozlanishi Vazifa 3. Jadvaldagi so‟zlarga to‟g‟ri keladigan javoblarni toping Dorixona- Yoshi ulug‘ insonlarga mo‘ljallangan,ushbu dorixonalarda qariyalarning yoshi,ruhiy holatini hisobga oladigan tibbiyot muassasasi Geriatrik dorixonalar- O‘z logotipiga ega bo‘lgan dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbyot buyumlaring chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi,sog‘liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot Ijtimoiy dorixona- Dori vositalarini tayyorlash,qadoqlash,ularning sifatini nazorat qilish,shuningdekdavolash hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari,ma‘danli suvlarni,davolash kosmetika mahsulotlarini xarid qilish,saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi Adabiyotlar ro‟yxati: 1.Toshmuxamedov E.R., Zaynutdinov X.S.va boshqalar ―Farmatsevtika ishini tashkil qilish‖ Toshkent-2007, 221- bet. 2.O'zR SSVning 2010-yil 11-iyundagi 182-sonli ―Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida‖gi buyrug'i. 3.O'zR VMning 13-may 2010-yildagi 91-sonli ―Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori ‖. 4.O'zbekistonda sog'liqni saqlash gazetasi, 2012 yil 14 dekabr, №2 Mavzu 5,6: Dorixonada retseptlarni qabul qilish va ular asosidadori vositalarini berish. Retseptlarni taksirovka va ekspertiza qilish. I.Mavzuning maqsadi: Talabalarda retseptura bo‗limi ishini tashkil qilish, retsept qabul qilish va dori vositalarini berish, retseptni taksirovka qilish, qayd etish va dori vositasini berish tartibi haqida ko‗nikmalar hosil qilish II.Mavzuning ahamiyati: Retsept va uning blankalari, asosiy va qo‗shimcha rekvizitlar, retseptni taksirovka va ekspertiza qilish, retseptura bo‗limida qayd etiladigan xujjatlar bo‗yicha bilimlarning darajasiga va ularni amaliyotda qo‗llashga uzviy bog‗liq III.Sinov testlari: 1.Qaysi dorixonalar retsepturasida dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori vositalari katta hajmni tashkil etadi? A.Shifoxona dorixonalari retsepturasida B.Xususiy dorixonalarida C.Jamoa dorixonalarida D.Aksiyadorlik dorixonalarida 2. Bemorga tez zaruriyat bilan dori olish kerak bo‘lsa retseptning yuqori burchagiga qanday belgi qo‘yiladi? A.‖Sito‘‘ tez , surunkali bemorga B.‖Statim‘‘ darhol, surunkali bemorga C.‖Sito‘‘ tez, ‗‘statim‘‘ darhol D. Surunkali bemorga 3. Pushti rangdagi maxsus retseptura blankalariga qanday dori vositalari uchun retsept yoziladi? A.Giyohvand dori vositalari B.Zaxarli ta‘sir etuvchi dorilar C.Ambulatoriya sharoitida davolanishga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun retsept D.A va D javoblar to‘g‘ri 4.Bepul va imtiyozli dori vositalari berish uchun retsept necha nusxada yoziladi? A.Faqat bitta B. 2-nusxada C.2 va undan ortiq D.Barcha javoblar to‘g‘ri 5. Zaxarli yoki kuchli ta‘sir etuvchi dorilar uchun retsept yozilganda shifokorning vazifasi… A.Dori dozasini yozma ravishda yozishi va undov belgisi qo‘yilishi shart B.Dori dozasi yozma ravishda yozilishi shart C.Dori dozasi yozma ravishda yozilishi, undov belgisi qo‘yilishi shart emas D.Dori dozasi yozma ravishda yozish shart, lekin undov belgisi qo‘yilishi shart emas 6. Qanday holatlarda retsept yozib berish taqiqlanadi? A.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotda ishlatishga ruhsat etilmagan dori vositalariga B.Kasallik belgilari mavjud bo‘lmaganda C.Faqat davolash profilaktika muassasasi ishlatiladigan dori vositalariga D.Barcha javoblar to‘g‘ri 7. Surunkali kasallarga ‗‘mahsus tayinlash‘‘ uchun retsept bo‘yicha etil spirtining me‘yori necha gramm? A.100-gramm B.50-gramm C.40-gramm D.60-gramm 8. Giyohvand vositasining, psixotop va zaxarli moddalarining nomlari retseptning qaysi qismida yoziladi? A. Oxirida B. O‘rtasida C. 2 so‘z boshida D. Boshida 9. Bepul tarzda berilgan dorilar uchun yozilgan retsept necha yil saqlanadi? A.3 yil; B.4 yil; C.5 yil; D. 2 yil. 10. Kimlarga imtiyozli retseptlar orqali dori vositalari beriladi? A.Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga va nogironlarga; B.1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga; C.3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga; D. Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532 sonli qarorida keltirilgan shaxslarga. 11. Retseptni ekspertiza qilish bu: A.Tarkibini tahlil qilish B.Qiymatini aniqlish C.Qabul qilish, tekshirish, qiymatini aniqlash, jurnalga qayd qilish D.Nazorat 12. Retseptura bo‘limining eng ma‘suliyatli ishi qaysi ish xisoblanadi? A.Signatura haqida ma‘lumot berish B.Retseptlarni to‘g‘ri qabul qilib olish C.Retsept xatoliklarini to‘g‘irlash D.Retsept turlarini ajratish 13. Retseptning birinchi shakli? A.Bolalar va kattalar uchun to‘liq narxdagi dori vositasini olish uchun yoziladigan shakl B.Imtiyozli dori vositalari va gangituvchi xususiyatga ega bo‘lgan dori vositalari uchun yoziladigan shakl C.Pushti rangli faqat narkotik vositalari uchun yoziladigan shakl D.Xammasi to‘gri 14. Retsept qabul qiluvchi farmatsevt texnolog vazifalarini ko‘rsating. A.Retseptlarni talabnomalarini qabul qilish be‘mor yoshiga ahamiyat berish B.Kelgan bemorlarni tashqi ko‘rinishiga ahamiyat berish C.Retseptlarni qayd qilish jurnalini bemorlarga ko‘rsatish D.Retseptlarni bemorga qaytarib berish 15. Retsept uchinchi shaklining rangi ? A.Pushti B.Yashil C.Sariq D.Qizil 16. Birinchi shakldagi retsept blankasiga qaysi dori vositalari yoziladi? A.Zaxarli dori vositalari B.Uxlatuvchi dorilar C.Antidepressant dorilar D.Hamma javoblar to‘g‘ri 17. Ikkinchi shakldagi retsept blankasiga qaysi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga imtiyozli beriladigan dori vositalar yoziladi? A.Sil B.Mohov C.OITS D.Barcha javoblar to‘g‘ri 18. Imtiyozli retseptlarning tasir qilish muddati: A. 1 oy B. 2 oy C. 6 oy D. 5 oy IV.Mustaqil tayyorlanish auchun savollar 1. Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi 2. Retsept va uni yozish qoidalari 3. Retseptura bo‗limining asosiy vazifalari 4. Farmatsevt texnologning vazifalari 5. Retseptning tarkibiy qismlari 6. Retseptning funksiyalari 7. Retsept va uning blankalari 8. Retsept yozishda tibbiyot xodimlari tomonidan yo‗l qo‗yiladigan xatoliklar 9. Retseptlarni ekspertiza qilish, ro‗yhatga olish va berish tartibi 10. Retseptni farmatsevtik ekspertiza qilish sxemasi 11. Dori vositalarini tayyorlash va qadoqlash uchun tarif (ish xaqi) ko‗rsatkichlari 12. Taksirovka qilish qoidalari 13. Retseptlarni rasmiylashtirish usullari 14. Dori preparatlarini berilishiga qo‗yiladigan umumiy talablar 15. Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari V.Mustaqil bajarish uchun vazifalar Vazifa1.“Insert usuli”da guruh bilan ishlash qoidalari. Insert- samarali o‗qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‗qib o‗rganishda yordam beradi. Bunda amaliy mashg‗ulot mavzulari, kitob va boshqa materiallar talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‗qib chiqib ―V‖+, -, ? belgilari orqali o‗z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi (V)- men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+)- yangi ma‘lumot (-)- men bilgan narsaga zid. (?)- meni o‗ylantirdi. Bu borada menga qo‗shimcha ma‘lumot zarur. Insert jadvali Tushunchalar V + - ? Retsept Retsept qabul qilish Dori vositalarini berish Vazifa 2.Bumerang usuli Guruh bilan ishlash qoidalari Guruxning xar bir a‘zosi: - o‗z sheriklaring fikrlarini hurmat qilishlari lozim. - berilgan topshiriqlar to‗g‗risida faol hamkorlikda va ma‘suliyat bilan ishlashlari lozim. - o‗zlariga yordam kerak bo‗lganda so‗rashlari mumkin. - yordam so‗ralganda ko‗mak berishlari lozim. - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim. 1-guruh vazifasi: 1. Retsept va uning turlari 2. Dorixonalarda imtiyozli tarzda beriladigan dori vositalari haqida tushuncha bering 2- guruh vazifasi 1.Retseptni taksirovka va ekspertiza qilish. 2.Dorixonada olib qolinadigan retseptlarni saqlash muddatlari Vazifa 3. “Dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va dori vositalarini berish” mavzusi yuzasidan keyslar Guruhlar uchun topshiriqlar “Keys-stadi” metodi Keys-stadi interaktiv ta‘lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‗riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‗qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‗zlashtirishda hamda amaliy ko‗nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‗lish imkoniyatini berishida ko‗rish mumkin. O‗z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‘sir o‗tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan ―ulg‗ayishiga‖ xizmat qilishi, ta‘lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‗qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‗rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‘anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni 1-bosqich: Keys va uning axborot ta‘minoti bilan tanishtirish yakka tartibdagi audio-vizual ish; keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); axborotni umumlashtirish; axborot tahlili; muammolarni aniqlash 2-bosqich:Keysni aniqlash- tirish va o‗quv topshirig‗ni belgilash individual va guruhda ishlash; muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; asosiy muammoli vaziyatni belgilash 3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‗quv topshirig‗ining echimini izlash, hal etish yo‗llarini ishlab chiqish individual va guruhda ishlash; muqobil echim yo‗llarini ishlab chiqish; har bir echimning imkoniyatlari va to‗siqlarni tahlil qilish; muqobil echimlarni tanlash 4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot. yakka va guruhda ishlash; muqobil variantlarni amalda qo‗llash imkoniyatlarini asoslash; ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish Keys. Shifokor retsepti asosida beriladigan dori vositalari va shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari yo‗riqnomalari bilan tanishing. Siz qanday farqlarni aniqladingiz? Rasmiylashtirish va qadoqlashda ularning o‗ziga xos tomonlarini aniqlang Keys stadi metodi haqida tushuncha. Keys-stadi (inglizcha sase – vaziyat, holat, study -o‗rganish). Keys-stadida bayon qilingan va ta‘lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo‗naltiradigan aniq real yoki sun‘iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o‘qitish usulidir. Keys-stadi - o‗qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‗yilgan ta‘lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‗quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta‘minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‗lgan o‘qitish texnologiyasidir. Vazifa 4. Mini keys Quyidagi vaziyatli masala bilan tanishing va javob berishga harakat qiling. Toshkent shahridagi Dori- darmon‖AK ga qarashli 5-dorixona mudiri ish kunining oxirida giyohvand dori vositalariga yozilgan retseptura blankalarini hisobini olib borish kerakligini aytdi. Shahardagi 1-poliklinika shifokori tomonidan ―Kodterpin‖ning 60 ta tabletkasiga yozilgan retsept blankasida hamma asosiy rekvizitlar bor, ‖ Retsept uchun ― degan muhr bosilgan,‖Maxsus tayinlangan‖ yozuvi, shifokorning shaxsiy muhri va imzosi mavjud. Viloyat poliklinikasidan ―Ketamin‖ning 20ta ampulasiga yozilgan retseptura blankasida (to‗liq narxda) xam barcha asosiy rekvizitlar bor, bulardan tashqari retseptning nomeri, bemorning manzili ko‗rsatilgan, qo‗shimcha tarzda ‖ Retsept uchun ― degan muxr bosilgan. Dorixona mudiri yosh farmatsevtga kamchiligini tushuntirdi : ―Ketamin‖ eritmasidan 10 ta ampula bemorga berildi, chunki bu preparatning meyoriy miqdori retseptda oshirib yozilgan, retseptda ―Maxsus tayinlangan‖ yozuvi mavjud emas. Dorixona mudiri farmatsevtga hayfsan berdi va bemorning manzili aniqlanib, dori preparatlarini va unga to‗langan pullarni qaytarishini tayinladi. Dorixona mudiri tibbiyot muassasasining rahbariga telefon orqali murojaat qildi. Muassasa rahbariga shu retseptni yozgan shifokorga hayfsan e‘lon qilinishi lozimligini aytdi. Savollar: 1.Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlagan dori vositalariga retsept yozish va bemorlarga berish qanday tartibda bo‗lishi lozim? 2. ‖Ketamin‖ dori moddasini berishda farmatsevt qanday xatoliklarga yo‗l qo‗ydi? 3. Qanday preparatlarga dori vositalarini bemorlarga berish meyorlari belgilangan? 4. ―Kodterpin‖ preparatining tarkibini ko‗rsating va shu preparatning ishlatilishini aytib bering. 5. ‖Ketamin‖ eritmasi qaysi farmakologik guruhga mansub? Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling