O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
___________________________________________fakulteti
|
|
_____________________________________________kafedrasi
|
Ro‘yhatga olindi № __________
|
|
Ro‘yhatga olindi № __________
|
“______” ___________2023 y.
|
|
“______” ___________2023 y.
| “MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishining oqibatlari va istiqbollari
Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti DEK-56 guruh talabasi Bekmirzayev Bekzod
Tekshirdi:
__________________________
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” ________
|
___________
(imzo)
________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………3
I.BOB.Xalqaro savdo qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot-jahon savdo tashkiloti haqida.
1.1 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda jahon savdo tasvo tashkilotining tutgan o’rni……………………………5
1.2. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida savdo tashkiloti olib boriladigan tadqiqotlar………………………8
II.BOB. Jahon savdo tashkiloting xalqaro darajadagi bitimlari.
2.1. Jahon savdo tashkilotining Marokash bitimi….13
2.2. Chegaralangan ishtrokchilar soniga ega sektorial savdo bitimi…………………………………………………...……..18
III.BOB. O’zbekistonning jahon savdo tashkiloti bilan manfatli a’loqalarning rivojlanish istiqbollari.
3.1. O’zbekistonning jahon savdo tashkilotidagi maqomi……………………………………………………….22
3.2 Jahon savdo tashkilotiga O’zbekistonning a’zo bo’lishdagi ijobiy va salbiy oqibatlari, aloqalarning rivojlanish istiqbollari………………………………………29
Xulosa.
Foуdalanilgan adabiуotlar ro’уxati.
KIRISH
Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda. Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |