Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


I.BOB.Xalqaro savdo qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot-umumjahon savdo tashkiloti haqida


Download 290.06 Kb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi290.06 Kb.
#1452835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning JSTga a\'zo bo\'lishining oqibatlari va istiqbollari

I.BOB.Xalqaro savdo qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot-umumjahon savdo tashkiloti haqida.
1.1 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda umumjahon savdo tasvo tashkilotining tutgan o’rni.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligini faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiymunosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo‘jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.Shunisi xarakterliki, o‘zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo‘jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo‘jaligini yanada ko‘proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaro‘z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o‘z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, ―kodekslar, hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
1.Xalqaro mehnat taqsimoti.
2.Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4.Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi.
5.Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
6.Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjudbo‘lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi(XVIIIasr oxiri va XIXasr boshlari)va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo‘ysinuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, ma’nosini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) qo‘shilgan. Uning chuqurlashuvi ilmiy-texnika inqilobining (ITI)ning ta’siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo‘shimcha iqtisodiy samara berib, o‘z ehtiyojlarini eng kam xarajatlar bilan to‘liqroq qondirish imkonini beradi.Mehnat taqsimoti tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi.Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro mehnat taqsimoti o‘rganiladi.Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon bo‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo‘li sifatida ham ko‘rish mumkin.Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Jahon xo‘jaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‘tarish, shuningdek ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi jarayonida asosiy narsa -shu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi –birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bo‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.Jahon xo‘jaligini tizim sifatida ko‘rib chiqqanda XMTni bu tizimni tashkilqilgan birlashtiruvchi asos deb ko‘rish mumkin.Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi ko‘p holatlarda tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘nalgan bo‘ladi deb taxmin qilinsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin ekstensiv kengayishi taxmin qilinmoqda.Xullas, XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahonda misli ko‘rilmagan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro‘y bergan bo‘lib, ular albatta xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishiga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatgan edi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i tashqi savdo ulushiga to‘g‘ri keladi.Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha,―dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko‘rinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q‖.Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan turli davlatlarni tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni namoyon qiladi.Mamlakatlar iqtisodiyotida ITI ta’siri ostida ro‘y berayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlar, (sanoat ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi) milliy xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoni faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o‘smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10%ga ko‘paygan xolda jahon savdosi 16%ga o‘smoqda.―Tashqi savdo‖ deganda,bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq to‘lanadigan olib kirishi, ya’ni, import va haq to‘lanadigan olib chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak to‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi va h.k.Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha milliy siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizg‘in tortishuvlar bo‘lib turibdi.Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo‘lsa shu holda saqlash oldingi asrlarning xarakteriedi. Bizning davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining boshvazifasini bajaradi. Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam Smit o‘z ta’rifini bergan edi. Adam Smit ―ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo‘lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo‘lishini‖ ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo‘lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo‘lib kelgan. David Rikardo ―Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi‖ (1817yil) nomli asarida boshi berk ko‘chadan klassik nazariyani keltirib chiqardi.
U xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko‘rsatib berdi. Har bir davlat uchun ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo‘lgan sohaga ixtisoslashish manfaat keltiradi degan fikrni berdi. Uning qarashlar konsepsiyasi taqqoslanishi nazariyasi yoki prinsipida o‘z aksini topdi.D. Rikardo o‘z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatligini, ayirboshlash barcha uchun foydali bo‘lgan narxzonalarini aniqlab bergan bo‘lsa, Djon Styuart Mill o‘zining ―Siyosiy iqtisod asoslari‖(1848yil) nomli asarida qanday narxda ayrboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini ko‘rsatgan edi. Styuart Millning ta’limoti bo‘yicha ayirboshlash narxi talab va taklif qonuniga ko‘ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini qoplaydigan daraja bilan belgilanadi. Djon Styuart Millning muhim xizmatlaridan biri uning xalqaro narxqonuni yoki ―xalqaro narxnazariyasi‖dir. Xalqaro narxqonunida ta’kidlanishicha shunday narxmavjudki,u davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narxi bo‘lib, u talab va taklifga bog‘liqdir. Klassik siyosiy iqtisodchilarning nazariyasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler o‘z qarashlar konsepsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha omillariga e’tiborni qaratgan edi.Xalqaro savdo oqimini nima bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher va Bertil Olinlar o‘zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar. Ular nisbiy ustunlik tushunasini izohlab u yoki bu davlatning ma’lum bir tovarlarga ixtisoslashishini ularning ishlab chiqarish omilariga egalik darajasiga bog‘liqdir deyilgan edi. E.Xeksher va B.Olin ―narxlarning ishlab chiqarish omillariga tenglashtirish‖ nazariyasini ilgari surdilar.1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolper o‘z nazariyalarini kiritib Xeksher-Olin ta’limotining isbotini yanada mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal raqobat va tovarlarning to‘la harakatchanligi mavjud bo‘lganda xalqaro ayirboshlash ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi degan edi.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari o‘z tarixiga ega, albatta. Mamlakatlarning nima sababdan o‘zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVIIasrning boshlaridanoqiqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan iqtisodiy ta’limot maktablari tashqisavdoni rivojlantirishga o‘z e’tiborlarini qaratishgan.

Download 290.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling