Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Laborotoriya mashg‘ulotlarning nomi va mazmuni
Download 172.07 Kb.
|
Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot t
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHLARINING NAMUNAVIY MAVZULARI
KURS ISHLARINING NAMUNAVIY MAVZULARI: ( rejalashtirilmagan) MALAKAVIY AMALIYOT: (rejalashtirilmagan) Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k. Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34-buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talabalari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi. O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. Ko‘chish va yo‘l. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tekis, notekis, tezlanuvchan, sekinlanuvchan harakat, tezlik va tezlanish, uning tashkil etuvchilari. Tortishish kuchlari. Butun olam tortishish qonuni. Tortishish maydoni. Og‘irlik kuchi va vazn. Vaznsizlik. Kosmik tezliklar. Qattiq jismlar mexanikasi. Inersiya va kuch momentlari. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining tenglamasi. Qattiq jism deformatsiyasi. 2. So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari Majburiy tebranishlar. Rezonans. Ultratovush. Ultratovush manbalari. Ultratovush jism bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlari. Biologik to‘qima va qattiq jismlarning mexanik xususiyatlari. 3. To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Doppler effekti. Turg‘un to‘lqinlar. To‘lqinlar interferensiyasi. 4. Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperatura qo‘llanilishi. Sirt aktiv moddalar va ularning farmatsiyada qo‘llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar, umumiy xususiyatlari va tuzilishining o‘ziga xosligi. 5. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli. 6. Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o‘zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o‘sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi. Prigojin tenglamasi. 7. Qattiq jismlar. Kristal va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. Qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari. 8. Plazma xaqida tushuncha. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. r–tipidagi o‘tkazuvchanlik. n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi. 9. Organik molekulalarning tebranma va aylana spektrlari. Meditsina va farmatsiyada fotolyuminession miqdor va sifat tahlillari. EPR, Xemilyuminessensiya, YAMR. 10. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi. 11. Qon aylanish sistemalari biofizikasi. Qonning reologik va gemodinamik xarakteristikalari. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi. Frank modeli. 12. Hujayra biofizikasi. Membrananing suyuq kristall holati. Qo‘zg‘algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi. Nerv impulsining tarqalishi. Elektrokinetik hodisalar. 13. Ko‘rish biofizikasi. Ko‘rishning molekulyar mexanizmi. Elektron mikroskop va ularning qo‘llanilishi. 14. Elektronlar, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Radioaktiv emirilishlar. Nishonli atomlar, qo‘llanilishi. 15. Biosfera va fizik maydon. Atrof muhit va insonning fizik maydoni. 16. Biologik membranalar. Biologik membranalar, ularning funksiyasi va asosiy holatlari. Biolipidli membrana (BLM) modeli. Liposoma. Biomembranalar dinamikasi. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi. Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop). Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar. 17. Moddalar transporti. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti. Passiv va aktiv transport. Gradient bo‘yicha va gradientga qarshi bo‘ladigan jarayonlar. Passiv transport va uning turlari: oddiy va engillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya. Aktiv transport. Ussing tajribasi. Elektrogen ion nasoslari. 18. Bioelektrik potensiallar, ularning turlari. Tinchlik potensiali. Biopotensiallarni qayd qilishning fizik usullari. Mikroelektrod usuli. Nernst-Plank tenglamasining echimi. Goldman-Xodjkin tenglamasi. Nerv impulsi biofizikasi. Harakat potensiali. O‘rganish usullari. Kuchlanishning fiksatsiya qilish usuli. Qo‘zg‘aluvchi membranalar ekvivalent elektr sxemalari. Xodjikin-Xaksli tenglamalari. Organlarning elektroaktivligi. Download 172.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling