Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


«Temur  tuzuklari»  -  adolatli  hamda  kuchli  davlat  barpo  etishdagi  muhim


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

«Temur  tuzuklari»  -  adolatli  hamda  kuchli  davlat  barpo  etishdagi  muhim 
qonun-qoidalar sifatida:  
 Buyuk  strateg,  mohir  siyosatchi,  eskirgan  ijtimoiy  munosabatlarning  qat’iy 
islohatchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan 
Amir Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi. 
Islom Karimov 
Amir  Temur  va  temuriylar  davrida  yozilgan  tarixiy  asarlar  anchagina  bo’lib,  ular 
orasida  «Temur  tuzuklari»  buyuk  jahongir  hayotiga  va  faoliyatiga  bag’ishlangan 
asarlar ichida shubhasiz alohida ahamiyat kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning 
mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.«Temur tuzuklari» ikki qism, 
56  ta  banddan  iborat  tarixiy  va  huquqiy  asar  bo’lib,  unda  sohibqironning  davlat 
tuzilish  va  mamlakatlarni  boshqarish  xususidagi  nuqtai  nazari  bayon  qilinadi.  Bu 
asardan  ko’plab  sharq  hukmdorlari  o’zlarining  faoliyatlari  davomida 
foydalanganlar  va  unga  yuqori  baho  berganlar.  Jumladan,  SHoh  Jahon  (1628-
1657),  Qo’qon  xoni  Muhammad  Alixon  (1821-1842),  Buxoro  amiri 
Abdullahadxon  (1885-1910)  «Tuzukot»  dan  parchalar  ko’chirtirib,  ulardan  o’z 
faoliyatlarida foydalanganlar. 
«Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar 
(1342-1405  yil  18  fevral)  kechgan  hayoti  va  ijtimoiy-siyosiy  faoliyati,  uning 
Movarounnahrda  markaziy  hokimiyatni  qo’lga  kiritishi,  ijtimoiy  tarqoqlikka 
barham  berishi  va  markazlashgan  davlat  tuzishi,  qo’shni  yurt  va  mamlakatlarni, 
masalan  Eron  va  Afg’onistonni  o’z  tasarrufiga  kiritishi,  Oltin  O’rda  xoni 
To’xtamishxon  ustixon,  nihoyat,  buyuk  jahongirning  Ozarbayjon,  Turkiya  va 
Hindistonga  qilgan  harbiy  yurishlari  ixcham  tarzda  bayon  etilgan.Ikkinchi  qismi 
Sohibqironning  nomidan  aytilgan  va  uning  toju  taxt  vorislariga  atalgan  o’ziga  xos 
vasiyat  va  pandu  nasihatlaridan  iboratdir.  Unda  davlatni  idora  qilishda  kimlarga 
tayanish,  toju-taxt  egalarining  burchi  va  vazifalari,  vazir  va  qo’shin  boshliqlarining 
burch  va  vazifalari,  amirlar  va  boshqa  mansabdorlarning  toju  taxt  oldida  ko’rsatgan 
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi. 
Amir  Temur  o’z  oldiga  ulug’  davlatning  ichki  siyosati  va  ishchan  davlat  tizimini 
qadimiy  tajribalardan  ijodiy  foydalangan  holda  tuzish,  harbiy  siyosatni  zamon 
talabi  asosida  tobora  takomillashtirib,  mo’g’ul  istilosi  asoratlarini  tezroq  bartaraf 
etib,  xo’jalikni  oyoqqa  turg’izish,  savdo-sotiq,  hunarmandchilikni  bir  me’yorga 
tushirish  va  rivojlantirish,  aholi  manfaatlarini  himoya  qilish,  islom  diniga  rivoj 
berish,  ilm-fan,  madaniyat,  me’morchilikni  tubdan  rivojlantirish,  obodonlashtirish 
ishlarini keng ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi. Uning 
bunday  sa’y-harakatlari  katta  kuch-g’ayrat,  mablag’,  bilim  va  oqilona  tadbirlarni 
talab  etar  edi.  Temur  yetuk  siyosatdon  va  mohir  davlat  arbobi  bo’lib,  u  o’zidan 
avval o’tgan hukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir 
yoki ikki tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyangan. 


Amir Temur davri ma’naviyati va hozirgi zamon: Amir Temur shaxsini idrok etish 
–  tarixni  idrok  etish  demakdir.  Amir  Temurni  anglash  –  o’zligimizni  anglash 
demakdir. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling