TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
81
60—70-yillarda o‘zbek She’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayiShi va lirik doston janrining kamol
topiShiga katta ta’sir ko‘rsatgan. A. S. PuShkinning She’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxShi
yaShaydi», Sh. Rustavelining «Yo‘lbars terisini Yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini
hamda kirg‘iz xalq, eposi «Manas»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat
mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda
ToShkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni soxibi (2002).
* * *
Ka’bamsan, She’riyat, ezgu ehromim,
Og‘u ham bol to‘liq bebaho jomim.
Amalim va iShqim, umidu armon,
Uyqusiz tunlarim - jindak ilhomim...
Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham,
Kerakmas Shaddod ham sensiz, daqiq ham,
HaYot ham men uchun sensiz bema’ni,
Sensiz o‘tmasin-da hatto daqiqam.
* * *
Qorong‘ulik tuShar,
Bag‘rim uviShar,
Tanholikda qayta tug‘ilaman men.
Yorilib ketguday
Tamom yitguday,
Toki tong otguncha bo‘g‘ilaman men.
Ko‘zimga Yorug‘lik,
So‘zimga Yorug‘lik,
Sog‘ jonga Yorug‘lik so‘rayman tongdan.
Armonli Yo‘lchiman,
Armonli kuychiman,
Jahonga Yorug‘lik so‘rayman tongdan.
BETOBLIGIMDA
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Qovrilmay g'aShlik alangasida,
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Nafasimni rostlay ko'lankasida.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
QuShlar ovoziga quloq solayin.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
XaYol og'uShida orom olayin.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Shu kungacha o'zni men cheklab bo'ldim.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Men uchun yig'lasin men yig'lab bo'ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |