Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
48 Shoirning ijtimoiy mazmundagi She`rlaridan birida “Ochg`ali otlandi to sultoni jamiqbol suv” deya Muhammad Rahimxonning ariq qazdiraYotganini obodonchilikka qo`Shgan hissa sifatida baholaydi. Komilning ijtimoiy-siYosiy She`rlari orasida “Dar baYoni ta`rif va tavsifi ToShkand” qasidasi e`tiborlidir. Negaki, u o`zbek tilida bitilgan ToShkent haqidagi ilk qasida edi. Qasida o`Sha davrdaYoq “Turkiston viloyati gazetasi”da bosilib chiqdi. Hajman 100 misrani taShkil etuvchi bu qasidada Shoir ToShkent safari taassurotlari baYon etiladi. SHe`rda an`anaviy lirik boShlanma (“nasib”)dan keyin saYohat to`g`risida xabar qisqa beriladi-da, to`g`ridan-to`g`ri ToShkentning ta`rif-tavsifiga o`tiladi. ToShkentning go`zal bog`lari, zilol ariqlari, suvlari, uning “ayYomi xazon”i (kuzi) Shunday tasvirlanadi: Bo`ldi mehmon joyimiz haq lutfidin, bir, bog`kim, Mevazoru, lolazoru, naxlzori ToShkand. Komil Xorazmiy nafaqat Shoir, balki yaxShigina musiqaShunos va bastakor ham edi. O`zi soz ham chalardi. Bu san`atni YoShligidan egallagandi. U Rossiya va ToShkent safarlarida ham u yerlarning musiqasi bilan qiziqadi. Xorazm musiqiy merosini Yozib oliShda jonbozlik ko`rsatadi. Xalq musiqasini Yozib oliSh maqsadida tanbur asbobini tanlaydi. “Tanbur nota”si Shundan maShhur bo`lgan. Komil “Rost” maqominigina Yozib ulguradi, xolos. Uning bu xayrli iShini o`g`li Muhammad Rasul davom ettiradi. Komil Xorazmiy bastakor sifatida “Murabbai Komil”, “PeShravi Komil”ni yaratdi. Bu kuylar “Rost” maqomiga bog`lab yaratildi va notaga ko`chirildi. Komil musiqiy merosining qimmati Shundaki, u yangi kuylar yaratiSh bilan birga Yevropa notasini o`zbek musiqasiga tatbiq qildi, xorazm notasini joriy etdi. Komil Xorazmiyning ijodiy faoliyati serqirra. Uning faoliyatida tarjimonlik ham muhim o`rin tutadi. XVIII asr fors-tojik adabiYoti namunalaridan Mumtoz taxallusli Barxurdor bin Mahmud Turkman Farohiyning “Mahbub-ul-qulub” (xalq orasida “Mahfil oro” nomi bilan maShhur) asarini o`zbek tiliga tarjima qildi. Faxriddin Ali Sayfiyning “Latoyifut-tavoyif” (XVI) asarini forschadan o`zbekchaga o`girdi. Tarjimon Komil asarni qayta iShlab, bir qismini yangilaydi. Prof. Sh. Yusupovning qaydicha, 452 hikoyatdan 345 tasini keltirib, eskirganlarini tuShirib qoldiradi. Shu tariqa kitob “Latoyifuz-zaroyif” (Zarif latifalar) nomi bilan tarjima qilinadi. Komil Xorazmiyning ziddiyatlarga boy haYoti va mahsuldor ijodi XIX asr o`zbek adabiYotini Yorqin sahifasini taShkil etadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling