TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
65
Voy, yuz voyki, Farg‘ona xarob o‘ldi, darig‘,
Zulm o‘qi birla bu kun gardi turob o‘ldi, darig‘,
Bu musibatdin ulus chaShmi purob o‘ldi, darig‘,
Ham bari katta-kichik bag‘ri kabob o‘ldi, darig‘,
Shahri obod erdi, chun daShti sarob o‘ldi, darig‘.
She’rning ilk bandidanoq misralar taassufu dard ila Yozilganini payqaSh qiyin emas. Kamiy bir o‘rinda
Farg‘ona xalqi «Sulh debon necha zamon rus elig‘a ko‘z tutti», - deydi. Lekin, ming afsuski, mazlum
xalqning yana addaniShi ma’lum bo‘ldi. Sulh o‘rniga ular ustiga qahru g‘azab Yog‘ildi. Kamiy nadomat bilan
buni «BolShiviklardin alar uzra itob o‘ldi, darig‘» Shaklida ifodalaydi. Shahar vayron qilindi, xalq qirib
taShlandi, nomusi poymol etildi. Biroq, Shunda ham bolSheviklarning ko‘ngli taskin topmaydi. Mazlumlar
mol-mulkini talon-toroj qiladilar. Otning o‘limi itningbayramiga aylanadi. Ularning bu qiYofasi Shoirning
«BolSheviklarning zulmimu, fe’li badi, Zaru am-vollarin qo‘ymadi, mundog‘ taladi, Bo‘lmayin qolmadi toroj
gilemu namadi» misralarida yanada ravShanroq namoYon bo‘ladi.
Xullas, Kamiy ijtimoiy mavzudagi She’rlarida mumtoz She’riyatning qay bir usulidan foydalanmasin,
mustamlakachi podShohning, istibdod tuzumining zulmu bedodliklarini foSh etdi. Hurriyatni baralla
olqiShladi. Milliy davlatchiligimizga rahna solganlardan o‘z qahru g‘azabini yaShira olmadi. Bularning
barchasi Shoirning istiqlolni naqadar orziqib kutib yaShaganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |