Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

Abdurauf Fitrat (1886-1938)
Yirik davlat va siYosat arbobi, Shoir va olim, nosir va dramaturg, ma’rifatparvar Fitrat 1886-yili Buxoroda
ziYoli oilasida dunYoga keldi. Dastlab eski maktabda o’qidi, keyin Mirarab madrasasida tahsiini davom
ettirdi.
Asrimiz boShlarida vujudga kelgan “Tarbiyayi atfol” jamiyati ko’magida 1909—1913-yillarda Istambulda


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
69
tahsil oldi. Bu yerda qizg’in ijod qildi. Shuning samarasi o’laroq, 1911-yili “Sayha” (“Chorlov”) nomli She’riy
to’plamini chop ettiradi. Turkiyadan qaytgach, Buxoroda o’qituvchilik qiladi. “YoSh buxoroliklar” harakatida
faol iShtirok etadi, uning boSh mafkurachisi, g’oyaviy Yo’lboShchilaridan biriga aylanadi.
1917-yil  aprelidan  1918-yil  martigacha  Samarqandda  chiqib  turgan  “Hurriyat”  gazetasiga  muharrirlik
qiladi. 1918-yili Fitrat ToShkentga keladi.
11  bu  yerda  asosan  ilmiy,  ijodiy,  ma’rifiy  iShlar  bilan  ko’proq  band  bo’ldi.  U  bir  qator  darsliklar  tuzadi,
“Chig’atoy gurungi” nomli ijtimoiy-adabiy taShkilotda faol iShtirok etadi.
1921-yili  Buxoroga  taklif  etiladi.  U  xalq  xo’jaligining  bir  qator  sohalarini  yaxShilaShda,  ayniqsa,
maorifsohasida  sezilarii  iShlarni  amalga  oShiradi.  Uning  taShabbusi  bilan  bir  guruh  iqtidorii  YoShlar
Istambul, Berlin, Moskva kabi Shaharlarga o’qiShga yuboriladi. Buxoro maktablari uchun o’quv qurollari,
darslik va qo’llanmalar naShr etiSh Yo’lga qo’yiladi.
Fitrat 1921—1922-yillarda bir qator yuqori lavozimlarda iShlab, o’zining davlat arbobi sifatidagi iste’dodini
ko’rsata oldi.
U 1923—1924-yillarda Moskva va Leningradda yaShadi, Sharq tillari institutida iShladi. Turk, arab, fors
tillari va adabiYotidan YoShlarga dars berdi. Leningrad dorilfununi professorligiga saylandi. “Abulfayzxon”,
“Bedil”, “QiYomat”, “Shaytonning tangriga isYoni” kabi asarlar Yozib, chop ettirdi. Moskvadan qaytgach,
respublikamizning ilmiy, madaniy-ma’rifiy haYotida faoliyat ko’rsatadi.
Fitrat tilShunos olim sifatida o’zbek tilining qoidalari to’g'risida “Sarf”, “Nahv” asarlarini Yozdi.
MusiqaShunos olim sifatida “ShaShmaqom”, “O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi”, “Sharq musiqasi”
kabi  tadqiqotlar  yaratdi.  30-yillarda  u  ilmiy-tadqiqot  muassasalarida,  o’qituvchilar  malakasini  oShiriSh
instituti va dorilfununda iShladi.
1937-yili “xalq duShmani” sifatida hibsga olinib, 1938-yili ToShkent Shahrining hozirgi Yunusobod tumani
Bo’zsuv qirg’og’idagi qatlgohda otib taShlandi.
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling