“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”


Download 390 Kb.
bet7/15
Sana28.12.2022
Hajmi390 Kb.
#1022215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Туп ва усм муст. иш

1-Savol. Tuproq qatlamida tuz to‘planish sabablari. Sug‘orishning rivojlanishi natijasida yerning pastroq qatlamlaridagi sho‘r suv satqi xam yuqoriga ko‘tariladi va bug‘lana boshlaydi. Uning tarkibidagi tuzlar esa tuproqning ustki — ildiz tarqalgan qatlamida tuplanadi va uning unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun xam yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirishda ularning botqoqlanishi va sho‘rlan maslik, shuningdek, suv va tuz muvozanatlarining kirim qismini kamaytirishi lozim.
Geomorfologik sharoitlar – yerning relefi. Bu urinda ortiqcha namiqqan, botqoqlangan va sho‘rlangan yerlar bo‘lib, tabiiy zovurlanmagan nishabsiz yerlar xisoblanadi.
Gidrologik sharoitlar – ma’lum bir maydonlarni yer usti (daryo, ko‘l) suvlari bilan bosishi . Bu xolda yer usti suvlari bilan qoplangan maydon ortiqcha namiqadi va botqoqlanadi, agar suv tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lsa, bu yerlar sho‘rlanishi xam mumkin.
Gidrogeologik sharoitlar – sizot suvlarining yer ostidagi xarakati.
Uchinchi gidrogeologik zona – sizot suvlarining tarqalish (bug‘lanish) zonasi. Bu zonaning tuproqlari yuqoridagi ikkala gidrogeologik guruxlarga nisbatan ancha mayda fraksiyalardan tashkil topadi. Shuning uchun bu tuproqlarning zovurlanganligi ancha past bo‘ladi.
Bu zonada SSS ning nishabligi 0,001-0,00015 bo‘lib, sizot suvlar ustki qatlamining xarakati sustdir.
Bu zona sizot suvlari uzoq muddat davom etgan geologik davrda asta-sekin sho‘rlangan. Sizot suvlarining bunday sho‘rlanishiga, birinchidan, yuqorida joylashgan gidrogeologik zonadan tuzlarning uzluksiz kelib qo‘shilishi, ikkinchidan, bu suvlarning bug‘lanish jarayonida tuz konsentratsiyasining asta-sekin ko‘payishi sabab bo‘lgan.
2-Savol. Tuproq tarkibidagi o‘simlikka zararli tuzlar tarkibi.
Sho‘rxok va sho‘rtob tuproqlarda suvda eruvchan tuzlarning tarkibi turli-tuman bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, bu tuzlar, asosan, quyidagi kation va anionlardan hosil bo‘ladi. Bu kation va anionlar birbiri bilan birikib, quyidagi o‘n ikki xil suvda eruvchan tuzlarni hosil qiladi:
Tuproqlarda uchraydigan tuzlarning tarkibi.
NaCl Na2SO4 Na2CO3 NaHCO3
(osh tuzi) (glauber tuzi) (kir soda) (ichimlik soda)
M gCl MgSO4 MgCO3 Mg(HCO3)2
(magniy xlorid) (magniy sulfat) (magniy karbonat) (magniy bikarbonat)
C aCl CaSO4 CaCO3 Ca(HCO3)2
( kalsiy xlorid) (gips) (ohak) (kalsiy bikarbonat)

Eslatma: Chiziqdan yuqoridagi tuzlar ko‘proq zararli tuzlar xisoblanadi


Bu tuzlardan birortasi ham qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining normal rivojlanishi uchun bevosita zarur emas. Xolbuki, ularning ko‘pchiligi ekinlarni nobud qilishi mumkin, shu sababli ular zararli tuzlar deyiladi.


Tuzlarning ayrim olingan qishloq xo‘jaligi ekinlariga zararlilik darajasi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin:



Tuzlar

Na2CO3

NaCl

MgSO4

NaHCO3

Na2SO4

Zararlilik darajasi

10

5-6

3-5

3

1

Tuzlarning o‘simliklarga zararli ta’siri ma’lum darajada suvda eruvchanligiga ham bog‘liq.


Tuz aralashmalari o‘simliklarga uncha zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, hatto ancha yuqori konsentratsiyada bo‘lganida ham alohida olingan zararli tuzlarnikiga qaraganda kam bo‘ladi. Bunday hodisa tuzlar antagonizmi deb ataladi. Eng kuchli antagonistlar– natriy va kalsiy kationlaridir.
Melioratsiya ishlarida tuproqning sho‘rlanish darajasi va xili (tipi) laboratoriyalarda tuproqni kimyoviy tahlil qilish yo‘li (suvli so‘rim tahlili) bilan aniqlanadi.

Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling