“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”
-savol. Tuzning o‘simlikka ta’siri
Download 390 Kb.
|
Туп ва усм муст. иш
3-savol. Tuzning o‘simlikka ta’siri.
Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri turlicha. Bu ta’sir o‘simliklarning ko‘pgina biokimyoviy va fiziologik xossalari, ularning suv va oziqlanish rejimi hamda ildiz tarmog‘i holatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Tuproqning sho‘rlanish ta’siri ostida o‘simliklarda fotosintez va nafas olish intensivligi sezilarli darajada kamayadi, modda almashinuvi susayadi. Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan o‘simlikdagi quruq modda kamroq to‘plana boshlaydi, o‘simliklarning o‘sish davridagi umumiy suv sarfi kamayib boradi. Buning sababi shuki, tuprog‘i sho‘rlangan joydagi o‘simliklarda umumiy bug‘lanish yuzasi, ayniqsa, barg sirtining yuzasi juda kichrayib ketadi. Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan maydon birligiga to‘g‘ri keladigan o‘simlik soni ham kamayadi. Tuzlarning o‘simlik suv rejimiga zararli ta’siri urug‘ unib chiqqan paytdan boshlanadi. Tuproq sho‘rlangan bo‘lsa, urug‘larning nam tortishi juda sekinlashadi. Urug‘ yaxshi unib chiqishi uchun namlik zarur bo‘lgan darajagacha ko‘tarila olmaydi. Shu sababli urug‘ning unib chiqishi ancha sekinlashadi yoki butunlay unib chiqmaydi. Tuproqning sho‘rlanganligi o‘simliklarning o‘sish davrida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Suv oziq moddalar bilan birga (o‘simlikning so‘rish kuchi hisobiga) ildiz tukchalari orqali so‘riladi. o‘simlikning so‘rish kuchi tuproqning suv tutib turish kuchidan katta bo‘lgandagina suv so‘riladi. Tuproqning suv tutib turish kuchi tuproq eritmasining osmotik bosimi bilan aniqlanadi. Bu kuch katta miqyosda o‘zgarib turishi mumkin. Tuproqda qanchalik tuz ko‘p va namlik oz bo‘lsa, uning suv tutib turish kuchi ham shunchalik katta bo‘ladi. o‘simliklarning so‘rish kuchi tashqi muhit sharoiti, o‘simliklarning turi, xili va yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Sho‘rlanmagan tuproqlarga nisbatan sho‘rlangan tuproqlarda ekinlarning so‘rish kuchi o‘n barobar yuqori bo‘ladi. Tuproqning sho‘rlanish darajasining ortishi bilan tuproq eritmasining osmotik bosimi o‘simlikning so‘rish kuchidan ortib ketadi. Shu sababli o‘simliklarning suv ichishi qiyinlashadi. Tuproqning fiziologik quruqligi deb ataladigan sharoit vujudga keladi. Bunda tuproqda namlik bo‘lishiga qaramay, o‘simlik yetarlicha suv icha olmaydi. Natijada, uning hayot faoliyati yomonlashadi, rivojlanishi sekinlashadi. Download 390 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling