Toshkent islom universiteti
Download 307.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Germaniya iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston–Germaniya munosabatlari.
- Germaniya iqtisodiyoti XXI asrda.
Xalqaro aloqalar.Germaniya hozirda 229 ga yaqin xorijiy diplomatik
missiyalar bilan xamkorlikni davom ettirmoqda va 190 dan ortiq mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatgan. Shu bilan birgalikda u Yevropa Ittifoqi (YI) budjetida eng katta ulush egasi hisoblanadi ( 20%) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) budjetida 3-eng katta hissa egasidir ( 8%). Germaniya NATO himoya ittifoqi, Iqtisodiy Rivojlanish va Hamkorlik Tashkiloti (OECD), G8, G20, Jahon Banki 36 http//www.wto.org 20 (WB)va Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)ga a’zo mamlakat hisoblanadi.Germaniya NATOga 1955-yili a’zo bo’lgan. O’zbekiston–Germaniya munosabatlari.O’zbekiston – Germaniya munosabatlari 1992-yildan boshlangan bo’lsa ham, bu ikki davlat o’rtasidagi aloqadorlik uzoq davrga borib taqaladi. Bunga misol qilib XX asr boshlarida o’zbek chevarlari orasida “Zinger” tikuv mashinasining nihoyatda mashhur bo’lganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonning G’arbiy Germaniyadagi birinchi elchixonasi 1993-yilda Bonn shahrida ochilgan. I.A.Karimov birinchi marta Germaniyaga tashrifi 1993-yili aprel oyida bo’lib o’tgan.O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati bevosita Milliy Bank orqali amalga oshiriladi.Milliy Bank Germaniyaning “AKA”, “KFB”, “Berlin Bank” va “Doych Bank” kabi banklari bilan ba’zi bitimlar tuzgan. Shu bitimlar asosida qariyb 778,7 mln nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablag’ bilan ta’minlash boshlandi. 2000-yilda dunyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi bo’yicha 4-o’rin, ya’ni O’zbekiston bilan o’zaro savdo hajmi 291,9 mln $ni tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Vazirligi huzurida Germaniyaning 40dan ortiq firma va korxonalari vakolatxonalari rasmiylashtirildigan. Germaniya iqtisodiyoti XXI asrda. Germaniya rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan sanoatlashgan davlatdir.U o’zining umumiqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra dunyoda 3-o’rinda va dunyo savdo-sotiq bozorida 2-o’rinda turadi. 37 Germaniya 1975-yildan beri “katta yettilik”ga kiradi.1992-yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning qiymatini, ya’ni yalpi ichki mahsulot (YIM) eski regionlarda eng yuqori ko’rsatkichga, 2775 mlrd markaga yetdi. Buni aholi jon boshiga hisoblaganda har bir kishiga 42,900 markadan to’g’ri keldi. Narxlardagi o’zgarishlarni hisobga olmaganda YIMning haqiqiy qiymati keyingi 25 yil ichida 2 barobar,40 yil ichida 5 barobar oshdi. Agar qiyoslash uchun narxni oladigan bo’lsak, 1950-yildan 1985- yilgacha 415,5 mlrd markaga, 1992-yilning oxirigacha esa 2246,3 mlrd markaga oshdi. Bozor mexanizmi rivojlanishining asosiy sharti raqobatchilikdir.Chunki raqobatsiz bozor iqtisodiyoti ham bo’lmaydi.Raqobat natijasida ko’proq foyda olishga intilgan tadbirkorlar barcha iste’molchilarning talablarini qondirish uchun o’zlarining ish faoliyatini oshiradilar.U samaradorlikni oshirish va tadbirkorlarning o’z tovarlari narxini pasaytirib, ommadan ajrashiga, yaxshi sifatli mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berishga va boshqa qo’shimcha maishiy 37 http//www.wto.org 21 xizmatlarni qilishga, ya’ni ularning rivojlanishiga imkon beradi. Bozor iqtisodiyotning asosiy xarakatlanuvchi kuchi bo’lib, iqtisodiy muvaffaqiyatga va ko’proq daromadga intilish hisoblanadi. Shuning uchun ham uning qonun- qoidalari hamma yerlarda ham to’g’ri kelavermaydi. Natijada daromad olib bo’lmaydi yoki daromad olish istalmagan holda keyinga suriladi.Shu sababli nemis iqtisodiyotining ayrim tarmoqlari bozor iqtisodiyotiga to’la kirolmay qoldi.Bularga: qishloq xo’jaligi, transport sohasi va toshko’mir qazib olish tarmoqlari misol bo’lishi mumkin. Germaniya iqtisodiyoti to’lov qobiliyati (PPP) jihatidan dunyoda 5-eng yirik va Yevropaning eng yirigi hisoblanib, u texnika, transport vositalari, kimyo mahsulotlari va uy-rozg’or jihozlari hamda yuqori darajadagi malakaga ega ishchi kuchini eksport qiluvchi hozirgi paytdagi yetakchi davlatdir. O’zining G’arbiy Yevropadagi qo’shnilari kabi Germaniya ham uzoq muddatli o’sishni davom ettirishda katta demografik qiyinchiliklarga duch keldi. Germaniya mehnat bozori 2010-yilda kuchli o’zgarishlarni boshdan o’tkazdi. Moliyaviy inqiroz natijasida ishsizlik so’nggi 17 yil ichidagi eng yuqori darajasiga, 7,5%gacha ko’tarildi. YIM (nominal) 2009-yilda 3.339 trillion $ ga teng bo’ldi.YIM (PPP) da esa 2,81 trillion $ ga teng bo’ldi va bu ko’rsatkich jahonda 6-o’rinni band qildi.YIM (nominal) yillik o’sish darajasi 2008-yili 1.7%, 2009-yili -4.7%, 2010-yilda esa 3.5%ni tashkil etdi. 38 To’lov qobiliyati bo’yicha (PPP) esa 2007-yili 2.5%, 2008-yili 1.3%, 2009-yili -4.9%li o’sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YIM (nominal) 2009-yilda 44,525 $ ga teng bo’ldi. PPP da esa 34.100 $ bo’ldi va dunyoda 37-o’rinni egalladi. 2-grafik 39 2-grafikda ko’rib turibmizki so’nggi 20 yil davomida YIMdagi o’sish davomiyligi saqlanib turildi. Ma’lum davr oraliqlarida tebranishlar bo’ldi. 2008- 38 http//www.wto.org 39 http//www.wto.org 22 yilgi global moliyaviy-iqtisodiy krizis boshqa davlatlar kabi Germaniya iqtisodiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Krizisga qarshi choralar dasturi bo’yicha xo’jalik tarmoqlarida ko’plab o’zgarishlar sodir bo’ldi. 2011-yilda iqtisodiyot 90- yillardan buyon kuzatilmagan 3,4%gacha o’sishga erishdi. 3-grafik 40 2010-yilda qishloq xo’jaligining YIMdagi ulushi qariyb 1%ga yetdi. Asosiy mahsulotlar makkajo’xori, bug’doy, shakar, lavlagi,uzum va boshqalar hisoblanadi. 5-grafik 41 Mercedes Benz, SAP, BMW, Adidas, Audi, Porsche, Volkswagen va Nivea mashhur umumiy belgilar hisoblanadi. Sanoat YIMning 26.8%ini tashkil etdi. 42 40 http//www.wto.org 41 World Bank.org |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling