Тошкент кимё-технология институти


Natriy xlorid eritmasining (rassol) tazolash jarayoni


Download 0.87 Mb.
bet11/17
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1145044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
course work

Natriy xlorid eritmasining (rassol) tazolash jarayoni. Ammiakli usul bilan kalsinasiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari quyidagilardan iborat:
NaCl+NH3+CO2+H2O → NaHCO3+NH4Cl
Ushbu reaksiya 2 ta pog‘onada o‘tkaziladi. Birinchi pog‘onada absorbsiya va ikkinchi pog‘onada karbonizasiya jarayonlari o‘tkaziladi. Karbonizasiya jarayonida cho‘kmaga tushgan NaHCO3 filtrasiya usuli bilan ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kalsinasiyalangan soda olish uchun kalsinasiya bo‘limiga yuboriladi.
2NaHCO3→ Na2CO3+CO2+H2 O
Parchalash temperaturasi 160-1800 C tashkil qiladi. Hosil bulgan uglerod oksid gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi va bu yerda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan NH4Cl dan esa ammiak regenerasiya etilib, absorbsiya bo‘limiga yuboriladi:
2NH4Cl +Ca (OH)2 → 2NH3+2H2O+CaCl2 )
CaCl2 chiqindi sifatida maxsus yig‘indilarda saqlanadi. Kalsiy gidrooksid olish uchun zarur bo‘lgan CaO karbonat xomashyosidan olinadi.(bo‘r, ohak toshi va boshqalar).
CaCO3→ CaO+CO2
CO2 gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi, CaO dan esa kalsiy gidrooksidi olinadi.
CaO+H2O→ Ca(OH)2
Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na2CO3 va Ca(OH)2 yordamlarida Ca va Mg ionlaridan tozalanadi.
MgCl2+Ca(OH)2→ Mg (OH)2+ CaCl2
CaCl2+Na2CO3→ CaCO3+2NaCl
CaCO3 va Mg(OH)2 chiqindi sifatida saqlangichlarga tashlanadi, tozalangan NaCl eritmasi absorbsiya bo‘limiga yuboriladi. Namakobni tozalash. Birlamchi namakobning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mmvjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, cho‘kmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin: CaCO3, Mg(OH)2, NaCl · Na2CO3· MgCO3, (NH4)2CO3· MgCO3. Bu birkmalar apparatura, trubalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi. Namokobni kalsiy tuzlaridan tozalash uchun soda qo‘llaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini ta’minlash uchun berilayotgan reagetlarning miqdori juda ham oz ortiqchalikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun reagentlarning dozirovkasi aniq bo‘lishi lozim. SO42 ionlari rassolda natriy sulfat tuzi holda qoladi.
CaSO4+Na2CO3 →Na2SO4+CaCO3
Sulfat ionlari distillyasiya jarayonida jarayonlar normal o‘tish uchun xalaqit beradi, chunki kalsiy sulfat tuzi cho‘kma hosil qilish mumkin. Hozirgi kunda sulfat ionlaridan tozalashning samarodarli usullari topilmagan. Namokob tozalash jarayonida cho‘kishning yuqori tezligiga erishish uchun kalsiy ionlarning miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta kup bo‘lishi kerak. Buning natijasida cho‘kmaning zichligi oshgan hisobiga cho‘kayotgan shlamning yo‘qolishlari ham kamayadi. Soda eritmasini dastlabki ishqorlash o‘tkazish bilan bir pog‘onali namakobni tozalash texnologik sxemasiga ko’ra, soda eritmasi aralashtirgichga kelib tushadi. Kalsiy gidroksid ham unga ajratilgan aralashtirgichga beriladi. Soda eritmasi va tozalangan namakob bakda aralashtiriladi. Soda eritmasi va kalsiy gidrooksid aralashtirgichlari orasidagi ishqorlagichda reaksiya o‘tkaziladi. Ishqorlangan soda eritmasi bak orqali aralashtirgichga beriladi. Bu yerga tozalangan namakob ham beriladi. Aralashma aralashtirgichdan reaktorga o‘tkaziladi. Reaktorda CaCO3 va Mg(OH)2 larning kristallanishi amalga oshiriladi. Kristallanish jarayoni tugallanishi, bir xil o‘lchamli kristallarni hosil qilish, quyqumni zichlanishi va ajratilishi uchun suspenziya tindirgichga beriladi. Quyqum eshkakli aralashtirgich (soatiga 5 ta aylanma) yordamida markaziy chiqaruvchi quvur tomonga suriladi va undan keyin quyqum yig‘gichga kelib tushadi. Yig‘gichga suv berilgandan keyin quyqum suspenziya holda «oq dengiz» ga tashlanadi. Agarda namakobning tozalanishi dastlabki ishqorlashsiz o‘tkazilsa, ko‘rsatilgan sxemadan ishqorlagich olib tashlanadi. Reagentlar va tozalanmagan namakob bir vaqtda aralashtiruvchiga beriladi. Ikki bosqichli tozalash o‘tkazilgan holda birinchi bosqichga faqat kalsiy gidrooksid va ikkinchi bosqichga faqat soda eritmalari beriladi. Tozalangan namakob ammiak bilan (85g/l NH3 gacha) va qisman karbonat angdrid bilan (40 g/l CO2) to‘yintiriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling