Тошкент кимё-технология институти


Download 0.87 Mb.
bet12/17
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1145044
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
course work

Filtrlash jarayoni. Tarkibida NH4Cl, NH4HCO3, (NH4)2CO3, NaCl tuzlari bo‘lgan eritmadan NaHCO3 kristallarini filtrlash uzluksiz ishlaydigan vakuumfiltrlarda amalga oshiriladi. Vakuum-filtr ochiq baraban ko‘rinishida bo‘lib, uning yon sirt yuzasi metall to‘rdan yasalgan va filtrlovchi material tortilgan bo‘ladi. Baraban tegana idish shaklida aylanadi, u eritmadagi natriy gidrokarbonat susperziyasini aralashtirgichga yetkazib beradi. Vakuum-filtr vakuum yacheykasi, surib chiqarish yacheykasi, oraliq yacheykalardan iborat. Filtr barabani 1,1-3,4 ayl/min tezlikda gorizontal valda aylanadi, u orqali havo, gazlar va suyuqlik so‘rib chiqariladi. Uning yuzasi bo‘yicha aylanishda taqsimlovchi golovka 8 ning so‘rish seksiyasida natriy gidrokarbonat qatlami cho‘ktiriladi, baraban aylanganda cho‘kma qatlami yuvish seksiyasida eriydigan tuzlardan ajratish uchun suv bilan yuviladi. Filtrlovchi material to‘qimalari orasiga cho‘kma tiqilib qolishini oldini olish uchun purkagich yacheykasidan beriladigan qisilgan havo bilan filtr tozalanadi. Uzluksiz ishlaydigan barabanli vakkum-filtrlar filьtrlash bo‘limining asosiy apparati bo‘lib xisoblanadi. Soda ishlab chiqarish texnologiyasida BS-5, 6-1, 8/1 tipli barabanli vakkumfiltr keng qo‘llanilmoqda. Barabanli vakkum-filtr 18 ta yacheykaga bo‘lingani va taqsimlash qurilmasi bilan ta’minlangani uchun, uning yuzasida bir vaqtda bir necha jarayonlar o‘tadi. Filtrning barabanini o‘tayotgan jarayonga ko‘ra shartli ravishda quyidagi zonalarga bo‘lish mumkin:
-o‘zi filtirlash zonasi; vakkum sharoitida filtirli suyuqlik baoabanga tortilib, natriy gidrokarbonat kristallari filtirlash gazmol yuzsaida ushlanib qoladilar va cho‘kma xosil qiladilar;
-dastlabki quritilish zonasi; bu paytda barabaning yuzasi suspenziya ustida joylashgan buladi va cho‘kmadan baraban ichiga filtirli suyuqlik tortiladi;
-cho‘kma yuvilishi zonasi; baraban yuzasiga yuvish suvi beriladi; ushbu suv cho‘kma ichidan barabanga o‘tadi va cho‘kmaning kristallararo maydonidan filtirli suyuklikni siqib chiqaradi;
-asosiy quritish zonasi; bu yerga xavo beriladi va u natriy gidrokarbonatning cho‘kma qatlamidan o‘tib, cho‘kmaning kristallararo maydonidan yuvish suvini siqib chiqaradi va cho‘kmada namlik miqdorini kamaytiradi;
-yopiq zona; baraban yuzasidan maxsus pichoq yordamida natriy gidrokarbonat cho‘kmasi olib tashlanadi, shuning bilan birgalikda barabaning ichidagi maxsus pichoq va filtr suyuqlik tortilish zonasi orasiga xavo o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (xavo o‘tgan xolda sistemada vakkum yo‘qolishi mumkin);
-filtr suyuqlik tortilish zonasi; filtrli gazmolning xizmat muddatini oshirish uchun siqilgan xavo bilan puflashdan oldin gazmolning «xo‘l» puflanishi;
-puflanish zonasi; filtirlash gazmolni regenerasiya qilish uchun aralashmasining yurishiga qarshi baraban yacheykasiga sikilgan xavo boriladi.
Gazsuyuqlik aralashma vakkum bo‘lmagan sababli barabanga kelib tushadi. Filtrli suyuqlikni tortib olish zonasi kelib tushgan filtrli suyuqlikni siqilgan xavo yacheykalarida siqib chikaradi. Gazmoldan utayotgan filtrli suyuqlik gazmol teshikchalaridan natriy gidrokarbonat mayda kristallarini sikib chiqarishdan tashqari ularni o‘zida eritib oladi. Bu o‘z navbatida regenerasiya jarayonini tezlashtiradi. Undan keyin filtrli gazmolning teshikchalari siqilgan xavo bilan tozalanadi:
- o‘tish zonasi; puflanishga berilgan siqilgan xavo barabaning vakkum qismiga o‘tmasligi uchun mo‘ljalangan.
Tarkibida taxminan 14% suv bo‘lgan natriy gidrokarbonat pichoq bilan ajratib olinadi, transportyorga kelib tushadi va uni kalsinasiya uchun pechga yuboriladi. Shunday filtrning unumdorligi sutkasiga 160-200 t sodani tashkil etadi. Filtrdan so‘rib olingan havo tarkibida karbonat angidrid va ammiak bo‘ladi, uni absorberga (filtr havosini yuvadigan) yuboriladi va u yerda gazdan NH3 va CO2 tutib qolinadi. Filtrat suyuqligi disstilyasiyaga uzatiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling