Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet23/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

NEYTRALLASH USULI.
ISHQORNING ISHCHI ERITMASI KONSENTRATSIYASINI ANIQLASH. NAZORAT KISLOTANING FOIZ KONSENTRATSIYASINI ANIQLASH VA HISOBLASH ISHLARINI BAJARISH


Ishning maqsadi:Neytrallash usuli bilan tanishish. Kislotaning standartva ishqorning ishchi eritmasini tayyorlash va ishqorning ishchi eritmasi normal konsentratsiyasini aniqlash (standartlash)ni o`rganish.

Laboratoriya ishi quyidagi tartibda olib boriladi:



  1. 250 ml. 0,1 normal standart shavel kislota eritmasini tayyorlash.

  2. 4 % li ishqor eritmasidan 250 ml. 0,1 normal eritma tayyorlash.

  3. Tayyorlangan ishqor eritmasini aniq konsentrasiyasini aniqlash.

  4. Kontrol kislota eritmasining foiz miqdorini aniqlash.

Nazariy hisoblashlar

  1. Shavel kislotaning 0,1 normalli standart eritmasidan 250 ml tayyorlash

Mr(Н2С2О4∙2Н2О)= 126 g/mol
E(Н2С2O4·2Н2O)=(126 g/mol)/2=63 g.

Agar,

1000 ml. –

1 g-ekv. –

1 N bo`lsa,

demak,

1000 ml. –

63 g. –

1 N bo`ladi.




1000 ml. –

6,3 g. –

0,1 N.




250 ml. –

X g. –


0,1 N.

Bundan:

Demak, shavel kislotasining 0,1 N. eritmasidan 250 ml tayyorlash uchun, Н2С2О4∙2Н2О dan 1,5757 g analitik tarozda tortib olib, 250 ml li o`lchov kolbasiga solib, avval oz miqdorda suv bilan eritamiz keyin esa o`lchamigacha suv solib, yaxshilab aralashtiramiz.



Fеnolftalеin:




Mеtiloranj:






2. NaOH ning 4 % li eritmasidan foydalanib, uning 0,1 N. eritmasidan 250 ml tayyorlash
MrNaOH = 40 g/mol
ENaOH = (40 g/mol)/1 = 40 g.

Agar,

1000 ml. –

1 g.-ekv.–

1 N. bo`lsa,

demak,

1000 ml. –

40 g –

1 N. bo`ladi.




1000 ml. –

4 g. –

0,1 N.




250 ml. –

X g. –


0,1 N.

Bundan:
Demak, 0,1 N. NaOH eritmasini tayyorlash uchun 1,0 g. ishqor olish kerak, lekin NaOH havodagi namlikni o`ziga kuchli tortganligi uchun analitik tarozida uning aniq tortimini olish amalda mumkin emas va shuning uchun ishqor eritmasining oldinroq tayyorlanib qo`yilgan ≈ 4 % li eritmasidan foydalanamiz. Endi 4 % li NaOH dan necha ml olish kerakligini hisoblaymiz.

Agar:

100 ml. –

4 g. –

4% bo`lsa,




X ml. –

1 g. –


1 g. bo`ladi.

Demak, 250 ml. 0,1 N. NaOH eritmasini tayyorlash uchun o`lchov silindri yordamida 25 ml. 4 % li NaOH eritmasidan olib. 250 ml.li o`lchov kolbasiga solamiz va o`lchamigacha suv solib, yaxshilab aralashtiramiz.
3. Ishqorning ishchi eritmasi konsentratsiyasini aniqlash.
Konussimon kolbasi (titrlash kolbasi)ga o`lchov (Mor) pipetkasi yoki byuretka yordamida aniq 10,0 ml. 0,1 N. shavel kislota eritmasidan solamiz, ustiga 1-2 tomchi indikator fenolftalein (f/f)dan qo`shib, toki eritma och pushti rang bo`lguncha byuretkadan NaOH eritmasidan tomchilatib qo`shib, titrlaymiz.
Reaksiya tenglamasi quyidagicha bo`ladi:
H2C2O4 + 2NaOH → Na2C2O4 + 2H2O
Tajribani 3 marta takrorlab, natijalarni jadvalga yozamiz.


VH2C2O4, ml

10,0

10,0

10,0

VNaOH, ml










Uchta bir-biriga yaqin qiymatdan o`rtacha natija hisoblanadi va quyidagi formuladan NaOH ning normalligini topamiz:






Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling