Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet18/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

Ba+2 kationini ochish

Kontrol eritmasidan 1-2 tomchi solib ustiga 2 tomchi CH3COONa va 3-4 tomchi K2Cr2O7 dan qo`shiladi. Sariq cho`kmaning hosil bo`lishi aralashmada Ba+2 kationi borligini bildiradi.

  1. Ca+2 kationini ochish.

Kontrol eritmasidan 1-2 tomchisolib , ustiga 3-4 tomchi (NH4)2C2O4 dan qo`shiladi. oq cho`kma hosil bo`lishi, Ca+2 kationi borligidan dalolat beradi.
I guruh kationlariga NH4+, K+, Na+, Mg2+ va boshqa kationlar kiradi. Ularning ko`p tuzlari suvda yaxshi eriydi. I- guruh kationlarining boshqa guruh kationlaridan farqi ularning guruh reagenti (umumiy cho`ktiruvchisi) yo`q.
1. NH4+ kationini ochish
Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi kontrol eritmasiga 3-4 tomchi Nessler reaktividan qo`shiladi, qizil-qo`ng’ir rangli cho`kmaning hosil bo`lishi ammoniy kationi borligini bildiradi.
2. K+ kationini ochish
Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi kontrol eritmasiga 3-4 tomchiNa3[Co(NO2)6] dan qo`shiladi. Sariq cho`kmani hosil bo`lishi kaliy kationi borligini bildiradi.
3. Mg2+ kationini ochish
Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi kontrol eritmasi ustiga 1-2 tomchi ammoniyli bufer aralashma va 3-4 tomchi Na2HPO4 eritmasidan qo`shiladi. Natijada oq kristall cho`kma hosil bo`ladi.


Anionlarni ochish reaksiyalari .
Quruq tuzni analiz qilish tartibini tushuntirish
Anionlar uch analitik guruhga bo`linadi.
I guruh anionilariga CO32-, HPO42-, SO42-, SO32-, CrO42-va boshqalar kiradi. I guruh anionlarining guruh reagenti BaCl2bo`lib, neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda oq cho`kma hosil bo`ladi.
II guruh anionlariga Cl-, Br-, I-, S2-, CNS-, CN-va boshqalar kiradi. Ular kuchsiz kislotali eritmalardan guruh reagenti AgNO3, 2 normalli HNO3 ishtirokida cho`ktiriladi.
III guruh anionlariga NO3-, NO2-, CH3COO-, ClO3-, MnO4-va boshqalar kiradi. Guruh reagenti yo`q. III guruh anionlarining bariy va kumush tuzlari suvda yaxshi eriydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling