Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


To`rt narsa ishlarga ravnaq bag`ishlaydi: buyuklarga yondoshish, ezgu fikrlar, adolatpeshalar tadbiri, do`stlar maslahati


Download 1.46 Mb.
bet2/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

To`rt narsa ishlarga ravnaq bag`ishlaydi: buyuklarga yondoshish, ezgu fikrlar, adolatpeshalar tadbiri, do`stlar maslahati.


Abdulloh Ansoriyning “Tuhfat ul-muluk” asaridan.



1- laboratoriya ishi.
Kirish.
Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
Kimyo laboratoriyasida ishlash xavfsizlik texnikasi qoidalari. Birinchi yordam ko`rsatish choralari. Kimyo laboratoriyasida foydalaniladigan jihozlar va idishlar.Ayrim zaharli moddalar va ularning fiziologik ta’siri.
Insoniyatni yashash talablari oshib borishi bilan ko`plab oziq-ovqat va kimyoviy ishlab chiqarish, nеft va gaz kimyosi, dori-darmonlar, tibbiyot, sintеtik va tabiiy birikmalar, tеkstil mahsulotlari, lak bo`yoq, mashinasozlik, kosmonavtika, umuman olganda yеr osti va yеr usti boyliklaridan olinadigan mahsulotlarga talablar yanada oshib boravеradi. Bu o`z navbatida kеrak bo`lgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda analitik kimyo fanining ahamiyati muhimligini ko`rsatadi. Shuning uchun analitik kimyoga bo’lgan talab va qiziqish kun sayin oshib boravеradi.
Tahlilni to`g`ri va to`la olib borish uchun analitik kimyo usullarini mukammal bilish va bеrilgan masalani hal qilish uchun eng qulay usulni tanlab olish kеrak.
Har qanday tahlilni muvaffaqiyatli tеkshirish uchun namuna olish, uni tahlilga tayyorlash, zarur xollarda tеkshiriladigan moddani boshqalaridan ajratish, konsеntrlash amallarini qay darajada mukammal va to`g`ri bajarilishiga bog`liq. Tahlil uchun namuna olish, moddalarni ajratish, konsеntrlash, tahlilni bajarishgina ahamiyatli bo’lib qolmasdan, o`lchash, olingan natijalarni to`g`ri baholash, ularni talqin qila bilish juda muhimdir. Shuni unutmaslik kеrakki, tahlilning har bir bosqichi, har bir amali aniq bajarilishi kеrak.Aks holda arzimagan amal katta xatolarni kеltirib chiqaradi.
Umumiy qoidalar

  1. Laboratoriya xonasiga maxsus kiyim (xalat)siz kirmang.

  2. Laboratoriya tajribalarini laborant (yoki o`qituvchi) ko`rsatmalariga amal qilgan holda bajaring.

  3. Tajriba uchun kerakli narsalar (reaktivlar, idishlar, asboblar) borligi aniqlanmaguncha tajribani boshlamang.

  4. Tajribani boshlashdan oldin ishni bajarish tartibi bilan yaxshilab tanishib chiqing. Tajribani qanday bajarish lozimligini aniq bilganingizdan so`nggina boshlang.

  5. Ish joyingiz va stolingiz toza va tartibli bo`lishiga e’tibor qiling. Keraksiz asboblarni ish stolida saqlamang.

  6. Diqqatingizni jamlang va o`qituvchi ko’rsatmalarini aniq tartibda, ehtiyotkorlik bilan bajaring.

  7. Asbob-uskuna, jihozlarni o`qituvchi ko`rsatgan tartibda ish stoliga joylashtiring.

  8. O`qituvchining ruxsatisiz ish joyini nazoratsiz qoldirmang.

  9. O`qituvchi ruxsatisiz elektr manbalarini ulamang.

  10. Biror nosozliklar yuz bersa, yoki ularni sezsangiz darhol o`qituvchiga habar bering.

  11. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating, uning hamma tavsilotlarini bilib oling. Har bir olingan natijalarni darhol daftaringizga qayd eting.

  12. Tushunmovchiliklar bo`lgan hollarda o`qutuvchidan so`rang.

  13. Siz ish olib borayotgan moddaning tajriba o`tkazish davomida qanday xavfli jihatlari bo`lishi mumkinligi haqida o`z vaqtida bilib oling.

  14. Tajriba davomida moddalardan imkon qadar kam miqdorda sarflang.

  15. Biror joyingiz shkastlansa yoki lat yesa darhol o`qituvchiga murojaat qiling.

  16. Favqulotda biror noxushlik sodir bo`lsa, vahima qilmang. O`qituvchining ko`rsatmasi bilan ish ko`ring.

  17. O`t o`chirgich va dorilar qutisi saqlanadigan joyni biling.

  18. Moddalar bilan ishlashda xavfsizlik choralariga e’tibor qarating.

  19. Ishlab bo`lganingizdan so`ng, ish joyingizni tartibga solib, o`qituvchiga topshiring.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling