Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet7/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

Modda nomi va kimyoviy formulasi

Fizioligik ta’siri

Kislotalar

1

Nitrat kislota - HNO3

Ajralib chiqayotgan azot (IV)-oksid nafas yo`llarini yallig`laydi, terini kuydiradi.

2

Sulfat kislota - H2SO4

Terini kuchli ravishda kuydiradi.

3

Xlorid kislota - HCI

Bug’lari nafas yollarini va ko`zni yallig`laydi.

4

Fosfat kislota - H3PO4

Terini kuchli ravishda kuydiradi.

5

Vodorod ftorid - HF

Kuchli zahar, bug’lari shilliq pardalarni shikastlaydi.

Ishqorlar

1

O`yuvchi natriy- NaOH

Teriga, shilliq pardalarga va ko`zga salbiy ta’sir etadi.

2

O`yuvchi kaliy - KOH

Tuzlar

1

Bariy tuzlari - Ba(NO3)2, BaCI2 va hokazo

Ovqat hazm qilish yollariga tushsa, zarar yetkazadi.

2

Mis tuzlari - CuSO4, CuCI2 va hokazo.

Changidan nafas olinsa va ovqat hazm qilish a’zolariga tushsa zaharli ta’sir ko`rsatadi.

3

Nikel, stonsiy, simob va qo`rg`oshin tuzlari, NiCl2,NiSO4,HgCl2, Pb(NO3)2, va hokazo.

Zaharli moddalar turkumiga kiradi.

Peroksidlar

1

Vodorod peroksid - H2O2

Terini yallig`lantirishi va kuydirishi mumkin.

2

Bariy peroksid - BaO2

Ovqat hazm qilish a`zolariga tushsa, zaharli ta’sir ko`rsatadi.

3

Kaliy peroksid va natriy peroksid - K2O2, Na2O2 va hokazo.

Terini kuydirishi mumkin.

Metallar

1

Kaliy va natriy - К, Na

Suvga tushib alangalanadi va teriga tushsa kuydiradi.

2

Magniy - Mg (kukuni)

Changi teriga tushsa, bug`idan nafas olinsa nafas yo`llarini yallig`laydi.

3

Simob – Hg (bug’lari)

Zaharli, sochni to`kib yuboradi.

Metallmaslar

1

Brom - Br2 (suyuq modda)

Bug`lari nafas yo`lini yallig`laydi. Suyuq brom terini kuydiradi.

2

Oq fosfor – Р (qattiq modda)

Zaharli, terini kuchli kuydiradi.

Gazlar

1

Ammiak - NH3

Havodagi konsentratsiyasi 0,5% bo`lsa, zaharlaydi.

2

Vodorod sulfid - H2S

Kuchli zahar.

3

Sulfit angidrid - SO2

Kuchli zahar.

4

Xlor - Cl2

Kuchli zahar.

5

Etilen - C2H4

Narkotik ta’sir etadi.

Organik moddalar

1

Aseton - (CH3)2CO

Bug’i zaharli.

2

Chumoli kislota - HCOOH

Terini kuydiradi.

3

Pikrin kislota - 2,4,6-trinitrofenol

Nafas yo`llarini yallig`laydi. Qizdirilganda kuchli portlaydi.

4

Sirka kislota - CH3COOH

Shilliq pardalarni yallig`laydi, kuchli kuydiradi.

5

Fenol - C6H5OH

Bug`laridan nafas olganda va teri uchun zaharli.

6

Dietil efir - (C2H5)2O

Narkotik ta’sir etadi.

7

Uglerod disulfid - CS2

Bug`lari zaharli, uzoq vaqt nafas olinsa zaharlaydi.



SIFAT TAHLILI





2 - laboratoriya ishi
I- II- GURUH KATIONLARINI OCHISH REAKSIYALARI,
I va II- GURUH KATIONLARI NOMA’LUM ARALASHMASINING TAHLILINI AMALDA BAJARISH VA ISH YUZASIDAN HISOBOT YOZISH

I- guruh kationlariga NH4+, K+, Na+, Mg2+ va boshqa kationlar kiradi. Ularning ko`pgina tuzlari suvda yaxshi eriydi.


Tahlil uchun eng muhimi ularning sulfidlari, xloridlari, gidroksidlari va karbonatlari olinishiga sabab ularning suvda yaxshi eruvchanligidir. I- guruh kationlarining boshqa guruh kationlaridan farqi ularning guruh reagenti (umumiy cho`ktiruvchisi) yo`q.


Ishning maqsadi: I- guruh kationlarining umumiy va xususiy analitik reaksiyalarini o`rganish.


NH4+ kationining analitik reaksiyalari


1
NH4Cl + 2K2[HgI4] + 4KOH






. Nessler reaktivi (K
2[HgI4] + 4KOH) bilan aniqlash.
R
eaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasiga 3-4 tomchi Nessler reaktividan qo`shiladi, qizil-qo`ng’ir rangli cho`kmaning hosil bo`lishi ammoniy kationi borligini bildiradi.


2. O`yuvchi ishqorlar NaOH yoki KOH bilan aniqlash.

Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 2-3 tomchi ammoniy tuzi eritmasi solinadi va ustiga 3-4 tomchi ishqor eritmasidan qo`shib suv hammomida isitiladi. Ajralib chiqayotgan ammiakni hidi yoki probirka og’ziga qo`yilgan namlangan lakmus qog’ozining ko`karishi ammoniy kationi borligini bildiradi.




K+ kationining analitik reaksiyalari

  1. Natriy geksanitrokobaltat (III) kompleks tuzi bilan aniqlash.

2KCl + Na3[Co(NO2)6] →

Probirkaga solingan 1-2 tomchi kaliy tuzi eritmasiga 3-4 tomchi Na3[Co(NO2)6] dan qo`shiladi. Sariq cho`kmaning hosil bo`lishi kaliy kationi borligini bildiradi.




2. Vino kislotasi yoki uning natriyli nordon tuzi (natriy gidrotartrat) bilan aniqlash.
Avvalo natriy gidrotartrat tuzining eritmasidan tayyorlab olamiz. Buning uchun probirkaga 3-4 tomchi vino kislotasi bilan 3-4 tomchi CH3COONa dan qo`shib, quyidagi reaksiyani amalga oshiramiz:
Keyin yangi tayyorlab olingan natriy gidrotartrat tuzi eritmasi ustiga 2-3 tomchi kaliy tuzidan qo`shamiz va probirkani vodoprovod suvi ostida sovitib turib, shisha tayoqcha yordamida eritma probirkani ichki devoriga ishqalanadi.
O`ta to`yingan eritmalar hosil bo`lgani uchun oq kristall cho`kma darxol emas, balki bir oz vaqtdan keyin hosil bo`ladi. Shisha tayoqcha bilan ishqalash sababli hosil bo`lgan shisha zarrachalari kristallanish markazi bo`lib xizmat qiladi va cho`kmaning hosil bo`lishiga ko`maklashadi.
Kaliyni aniqlashning yana bir e’tiborli jihati shundaki, kaliyning uchuvchan tuzlari alanga rangini binafsha rangga bo`yaydi.


Mg2+ kationini aniqlash reaksiyalari
1. Natriy gidrofosfat bilan aniqlash
NH4OH + NH4Cl
M
gCl2 + Na2HPO4
pH=9,2
Probirkaga solingan 2-3 tomchi magniy tuzi eritmasi ustiga 1-2 tomchi ammoniyli bufer aralashma (NH4OH +NH4Cl) va 3-4 tomchi Na2HPO4 eritmasidan qo`shiladi. Natijada oq kristall cho`kma hosil bo`ladi.


2. O`yuvchi ishqorlar bilan aniqlash.
Probirkaga solingana 1-2 tomchi magniy tuzi eritmasi ustiga 2-3 tomchi suv va 3-4 tomchi ishqor eritmasi qo`shiladi. Oq amorf cho`kma hosil bo`ladi.
Savollar

  1. Reaksiyatenglamasiniionlivaqisqaionlitenglamasinyozing

  2. I- guruxkationlarning umumiy tasnifi

  3. Analitikkimyoningvazifalari



II- GURUH KATIONLARININGANALITIK REAKSIYALARI.


Ishning maqsadi: II- guruh kationlarining umumiy va xususiy reaksiyalarini o`rganish.
II- guruh kationlariga Ba+2, Ca+2, Sr+2va boshqa kationlar kiradi. II- guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlari suvda qiyin eriydi. II- guruh kationlarining guruh reagenti (ummiy cho`ktiruvchisi) ammoniyli bufer aralashma ishtirokida (NH4)2CO3 bo`lib, guruh kationlarini CaCO3, BaCO3 va SrCO3shaklida cho`ktiradi (pH = 9,2).


Ba+2 kationinining aniqlash reaksiyalari.
1. Kaliy bixromat bilan aniqlash.
Probirkaga 2-3 tomchi BaCl2 tuzi eritmasidan solib, ustiga 2-3 tomchi CH3COONa va K2Cr2O7 tuzi eritmasidan qo`shiladi. Reaksiya natijasida sariq rangli cho`kma hosil bo`ladi. Bu reaksiya bilan bariyni aniqlashga Ca+2 va Sr+2 kationlari halaqit bermaydi.

2. Ammoniy karbonat bilan aniqlash.


Probirkaga 2-3 tomchi BaCl2 tuzi eritmasidan solinadi va uning ustiga 3-4 tomchi (NH4)2CO3 eritmasidan qo`shiladi. Oq kristall cho`kma hosil bo`ladi.
3. Bariy tuzlari alanga rangini sarg`ish yashil rangga bo`yaydi.
Ca2+ kationini aniqlash reaksiyalari
1. Ammoniy oksalat bilan aniqlash.
Probirkaga 2-3 tomchi CaCl2 eritmasidan solib ustiga 3-4 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasidan qo`shiladi. Oq kristall cho`kma hosil bo`ladi.


2. Ammoniy karbonat bilan aniqlash.
Probirkaga 2-3 tomchi CaCl2 eritmasidan solib, ustiga 3-4 tomchi (NH4)2CO3 eritmasidan qo`shiladi. Oq cho`kma hosil bo`ladi.
3. Kalsiyning uchuvchan tuzlari alangani qizil g`isht rangga bo`yaydi.


Savollar

  1. Reaksiya tenglamasini yozing

  2. Reaksiyatenglamasiniionlivaqisqaionlitenglamasinyozing

  3. II- guruxkationlarning umumiy tasnifi

  4. Analitikkimyoningasosivausullari.



3 - laboratoriya ishi



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling