III- GURUH KATIONLARINI
OCHISH REAKSIYALARI VA ARALASHMASINING ANALIZINI BAJARISH
Ishning maqsadi: III- guruh kationlarining umumiy va xususiy reaksiyalarini o`rganish.
III- guruh kationlariga Fe+2, Fe+3, Ni+2, Co+2, Mn+2, alyuminiy guruhchasining kationlari va boshqa kam tarqalgan elementlarning kationlari kiradi. Ularning guruh reagenti (NH4)2S.
Fe+2 kationini aniqlash reaksiyalari
Kaliy geksasianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6] bilan aniqlash.
Probirkaga 1-2 tomchi temir (II)- sulfat eritmasini solib, ustiga 3-4 tomchi K3[Fe(SN)6] dan qo`shiladi. Probirka chetlarida yashil tusli ko`k – “Turnbul ko`ki” - Fe3[Fe(CN)6]2cho`kmasi hosil bo`ladi.
Ishqorlar bilan aniqlash.
Probirkaga solingan 1-2 tomchi temir (II)- sulfat eritmasi ustiga 3-4 tomchi ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasi qo`shiladi. Kir ko`k rangli cho`kma - Fe(OH)2 hosil bo`ladi.
Fe+3 kationini aniqlash reaksiyalari
Kaliy geksasianoferrit (II) - K4[Fe(CN)6] bilan aniqlash.
Probirkaga 2-3 tomchi Fe+3 tuzi eritmasidan solib, ustiga 3-4 tomchiK4[Fe(CN)6] eritmasidan qo`shiladi. To`q ko`k rangli – “Berlin lazuri” (“Berlin zangorisi” ham deyiladi) - Fe4[Fe(SN)6]3cho`kmasi hosil bo`ladi.
Ammoniy rodanid bilan aniqlash.
1-2 tomchi Fe+3 tuzi eritmasi ustiga 3-4 tomchi ammoniy rodanid eritmasi qo`shiladi. Qizil qon rangli temir (III)- rodanid - Fe(SNS)3 eritmasi hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |