4. Co+2 kationini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga 1 shpatel KNO2 quruq tuzidan va 1-2 tomchi CH3COOH qo`shiladi. Sariq cho`kmaning hosil bo`lishi Co+2 kationi borligini bildiradi.
5. Mn+2 kationini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga 3-4 tomchi 6 normalli HNO3va 3-4 tomchi suv qo`shiladi. So`ngra aralashma ustiga 1 shpatel quruq NaBiO3 quruq tuzidan solinadi. Hosil bo`lgan cho`kma ustida binafsha-qizil (margansovka) rangli eritma hosil bo`lishi, Mn+2 kationi borligini bildiradi.
Savollar.
Rangо‘zgarishibilanboradiganrekatsiyalargamisol.
Kimyoviymuvozanathaqidatushuncha
Analitikreaksiyalardamoddaningmiqdorigaqarabsifatanalizidaqandayusullardafoydalaniladi.
6- laboratoriya ishi
I, II va III- GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARNI AMALDA BAJARISH.
I, II va III- GURUH ANIONLARI NOMA’LUM ARALASHMASINING TAHLILINI AMALDA BAJARISH VA ISH YUZASIDAN HISOBOT YOZISH
Ishning maqsadi: I, II va III- guruh anionlarining umumiy va xususiy reaksiyalarini o`rganish.
Anionlar uch analitik guruhga bo`linadi.
I- guruh anionilariga CO32-, HPO42-, SO42-, SO32-, CrO42- va boshqalar kiradi. I- guruh anionlarining guruh reagenti BaCl2bo`lib, neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda oq cho`kma hosil bo`ladi.
II- guruh anionlariga Cl-, Br-, I-, S2-, CNS-, CN-va boshqalar kiradi. Ular kuchsiz kislotali eritmalardan, guruh reagenti AgNO3va 2 normalli HNO3 ishtirokida cho`ktiriladi.
III- guruh anionlariga NO3-, NO2-, CH3COO-, ClO3-, MnO4- va boshqalar kiradi. III- guruh anionlarining guruh reagenti yo`q. III- guruh anionlarining bariy va kumush tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |