Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet6/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

Menzurkalar. Ular asosan tajriba uchun kerak bo`lgan eritmalarni o`lchashda ishlatiladi.
Pipetkalar.Ular cho`kma ustidagi suyuqliklar va eritmalarni olchashda ishlatiladi.
Kristallizatorlar.Ular asosan moddalarni quritishda ishlatiladi.
Quyuq moddalar saqlanadigan idishlar. Ularning og`zi har xil kattalikda bo`lib, shisha, po`kak yoki plastmassadan yasalgan qopqoqlar bilan berkitiladi. Uchuvchan suyuqliklar saqlanadigan idishlar esa qo`sh qopqoqli bo`ladi.
Voronkalar. Qisqa nayli konussimon voronkalar bir jinsli bo`lmagan aralashmalarni ajratishda, suyuqlikni bir idishdan ikkinchi idishga quyishda ishlatiladi, tomizgich voronkalar biron modda ustiga suyuqlikni tomizib quyishda ishlatilsa, ajratish voronkasi bir - biriga aralashmaydigan ikkita suyuq moddani bir-biridan ajratishda ishlatiladi.
Stakanlar.Tajribalar ko`rsatish, filtrlash, filtratni yig`ish va shu kabi ishlarda kimyoviy stakanlardan foydalaniladi.
Retortalar.Nitrat kislota olishda islatiladi.
2. Chinni idishlar.Ularga qopqoqli va qopqoqsiz chinni tigel, chinni kosacha, chinni hovonchalar kiradi.
Tigellar. Ular moddalarni yuqori temperaturada qizdirishda ishlatiladi.
Chinni kosachalar. Ular asosan eritmalarni bug`latib, quruq modda olishda, kristallgidratlarini suvsizlantirishda ishlatiladi.
Chinni hovonchalar. Ular asosan qattiq moddalarni maydalashda ishlatiladi.
3. Nam tortuvchi moddalarni saqlashda ishlatiladigan idishlar. Bularga xlor-kalsiyli nay va eksikator kiradi. Birinchisi nam tortuvchi quruq modda solingan idish bilan tiqin orqali tutashtirib qo`yiladi va namlikni tutib qolib, moddaga o`tkazmaydi, ikkinchisi esa yangi olingan nam tortuvchi quruq moddani sovitish va vaqtincha saqlashda ishlatiladi.


Ayrim zaharli moddalar va ularning fiziologik ta’siri




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling