Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet5/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

1. Shisha idishlar. Kimyoviy tajribalar o`tkazishda shisha idishlardan foydalaniladi. Laboratoriyada ishlatiladigan shisha idishlarning ko`pchioligi temperatura ta’siriga chidamli bo`lib, odatda ularga maxsus belgilar qo`yiladi. Probirka, tubi yumaloq kolba, stakan, tubi yassi kolba, konussimon kolba, Vyurs kolbasi, Bunzen kolbasi, retorta, o`lchov kolbalari, menzurka, pipetka, kristallizator, soat oynasi, termometr, varonka laboratoriyada ko`p ishlatiladi.
Probirkalar. Tajribalar asosanprobirkalarda o`tkaziladi. Probirkalar silindirining diametriga qarab PX-21 (kimyoviy probirka, diametri 21 mm.), PX-16, PX-14 kabi har xil hajmda bo`ladi.
Tubi yumaloq kolbalar. Ular ikki xil bo`lib, birinchisi to`g`ridan-to`g`ri tubi yumaloq kolba deyiladi, ikkinchi xilini Vyurs kolbasi deyiladi. Birinchi xildagi kolbalar suyuq moddalarni, asosan, uzoq vaqt davomida qizdirish (ko`pincha organik kimyoda) va qaynatishda ishlatiladi, ikkinchi xili juda ko`p hollarda gaz moddalar (asosan, xlor, HCl, SO2) olish, aralashmalarni ajratishda ishlatiladi.
Tubi yassi idishlar. Tubi yassi idishlarning bir necha xilidan foydalaniladi. Masalan, tubi yassi kolbadan - suyuqliklarni qaynatish, saqlashda foydalanilsa, tubi yassi konussimon kolbadan, aniqrog`i Erlenmeyer kolbasidan moddalarning erishi, aralashmalarni filtrlash va ayrim asboblarni tayyorlashda, qalin devorli tubi yassi kolbadan - Bunzen kolbasidan uy temperaturasida gaz moddalarni olishda, shisha stakanlardan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchisiga quyish, moddalarni eritish va boshqa bir qator maqsadlarda foydalaniladi.
O`lchov idishlari. Ularga o`lchov silindri, o`lchov kolbasi, o`lchov stakani, menzurka, o`lchov pipetkasi va byuretkalar kiradi. O`lchov idishlarining bo`g`zida hajmini ko`rsatadigan chiziq bo`ladi. Ular turli konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash, suyuqliklarni o`lchash va hajmiy tahlil deb ataladigan miqdoriy tajribalarni o`tkazishda ishlatiladi.
O`lchov kolbalari. Ular har xil hajmli bo`lib, asosan normal va molyar eritmalar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling