Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
Download 460.5 Kb.
|
3.1.OOMSA.
Modulning maqsadi va vazifalari
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining maqsadi pedagog kadrlarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yuksak ilmiy-metodik darajada ta’minlashlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida ularning kasbiy kompetentligi va pedagogik mahoratini doimiy rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishini «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» mutaxassisligi o‘quv rejasida maxsus fanlar blokiga kiritilgan «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar» fani o‘quv dasturining maqsadi – mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarni oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning progressiv innovatsion texnologiyalari, O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish zamonaviy korxonalari, zamonaviy istiqbolli import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalari to‘g‘risida nazariy va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash va yangilash, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish asosida malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga qaratilgan. «Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish» fanining vazifasi: - oziq-ovqat mahsulotlari standartlarini ishlab chiqarish va tahlil qilishi; - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashni bilishi; - oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish, ularning sxemalari; - korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish; - oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini; - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning texnik-kimyoviy nazorati; - tayyor mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimlarini; - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning me’yoriy ta’minotini amalga oshira olishi kerak. Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar: Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling