11, 12 -MAVZU: KARBOKSILLI BIRIKMALAR VA ULARNING FUNKSIONAL HOSILALARI.
Tuzilishida - karboksil guruhi bo‘lgan organik birikma-larga karbon kislotalar deyiladi.
Karboksil guruhining soniga qarab ular bir va ko‘p asosli kislotalarga bo‘linadilar. Karboksil guruhi to‘yingan uglevodorod qoldig‘i bilan bog‘langan bo‘lsa to‘yingan kislotalar, agar karboksil guruhi to‘yinmagan uglevodorod qoldig‘i bilan bog‘langan bo‘lsa to‘yinmagan kislotalar deyiladi.
To‘yingan bir asosli karbon kislotalar.
To‘yingan bir asosli karbon kislotalar CnH2n+1COOH yoki R-COOH umumiy formulalar bilan ifodalanadi. R-COOH formulada R=-H: - CH3; -C2H5 va boshqa radikallar bo‘lishi mumkin.
Izomeriyasi va nomlanishi. Karbon kislotalarning gomologik qatori chumoli kislota H-COOH dan boshlanadi. Ularning dastlabki 3 vakilini izomerlari yo‘q. To‘rtinchi vakilidan boshlab izomeriya xodisasi kuzatiladi.
Kislotalarni sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlashda tegishli to‘yingan uglevodorod nomi oxiriga kislota so‘zi qo‘shib o‘qiladi. Quyida to‘yingan bir asosli karbon kislotalarni empirik va sistematik nomenklaturada nomlashga misol keltiramiz:
Kislotaning tuzilishi
|
Empirik (tasodifiy) nomenklatura bo‘yicha nomi
|
Sistematik nomenklatura bo‘yicha nomi
|
H - COOH
|
Chumoli kislota
|
Metan kislota
|
CH3-COOH
|
Sirka kislota
|
Etil kislota
|
CH3-CH2-COOH
|
Propion kislota
|
Propan kislota
|
CH2-CH2-CH2-COOH
|
Moy kislota
|
Butan kislota
|
|
Izomoy kislota
|
2-metil propan kislota
|
CH3–CH2–CH2–CH3–COOH
|
Valerian kislota
|
Pental kislota
|
|
Metiletil sirka kislota
|
2-metil butan kislota
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |