Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi


Download 4.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana06.11.2023
Hajmi4.48 Mb.
#1749917
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

11 – MAVZU: 
 
KIMYOVIY SANOAT BIOTEXNOLOGIYASIDA 
BIOLOGIK FANLARNING AHAMIYATI 
1-ilova 
Reja:
1. Kimyo sanoati xaqida tushincha.
2. Kimyoviy sanoatda biotexnologiyani roli.
3. Kimyo sanoatida fermentlarni roli.
4. Kimyoviy katalizatorlar
5. Fermentativ katalizatorlar. 
Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo 
xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, 
xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, 
kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar 
va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, 
maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat 
toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada 
(Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da 
Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan. 
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar 
qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 
1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da 
(Barnaul)da qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da 
sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga 
nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-
oʻringa chiqib oldi. 
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. 
deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar 


tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash 
zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan. 
Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, 
foʻngitsidlar) Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965 y.dan, magniy xlorat defolianti), 
Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960 y.dan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — 
fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika q.x.da oʻsimliklarni kasallik va zararkundalardan 
kimyoviy himoya qilishda koʻllaniladigan oltingugurt kukuni Shoʻrsuv kon-kimyo korxonasida hamda 
Muborak va Shoʻrtan gaz komplekslarada ishlab chiqariladi. 
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq 
"Elektrkimyosanoat" AJda kaprolaktam (1980 y.dan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar 
zavodi (1959)da atsetat iplar, "Navoiyazot" AJda akril tolalari (1974 y.dan; yillik quvvati 23 ming t dan 
koʻproq), Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) 
ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash 
boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar 
zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor. 
K.s.da gidroliz korxonalari Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Fargʻona 
furan birikmalari (1946), Yangiyoʻl biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) zavodlarida asosiy xom 
ashyo — chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil 
spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-y.lar boshidan bu korxonalarda gʻalladan 
oziqovqat (etil) spirti i.ch. oʻzlashtirildi: "Andijon biokimyo zavodi" AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik 
quvvati 915 ming dal (1994), "Qoʻqonspirt" AJda 1800 ming dal (1995) va "Yangiyoʻl biokimyo zavodi" 
AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-
ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt bilan 
taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab 
chiqariladi. "Andijon biokimyo zavodi" AJda 1992 y.dan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga 
qoʻyilgan. 


58-rasm. Asosiy qurilma 59-rasm. Kimyoviy sintez 
Rezina mahsulotlari Angren "Rezinatexnika" AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina 
mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Rezinatexnika" AJ 1987 y.dan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 
1992 y.dan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 y.dan yiliga yengil 
avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan 
quvvatlar ishga tushirildi. 
Respublikada plastmassa va propilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron "Santexlit", 
"Jizzaxplastmassa" AJ), turli markadagilok – boʻyoq mahsulotlari ("Toshkent lok-boʻyoq zavodi" AJ, 
1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargʻona furan birikmalari zavodi), maishiy kimyo tovarlari 
["Maishiy kimyo" AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo zavodi, 1971 (hoz. Rossiyadagi 
"Kalina" konsernining "Pallada-Vostok" shoʻʼba korxonasi); Toshkent yogʻ-moy kti tarkibida sintetik 
yuvish vositalari zavodi, 1971] ishlab chikaradigan korxonalar ishlaydi. 
2000 y.da respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida K.s. (neft kimyosi sanoati bilan birga) 
hissasi 6,1 % ni tashkil etdi. 832 ming t mineral oʻgʻitlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik 
smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik ammiak, 823,4 ming t 
sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 
Chet mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya, Rossiya 
kimyoviy mahsulotlar i.ch. boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Jahon boʻyicha K.s. ishlab chiqarishning 
3/4 qismi shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 60-y.lardan boshlab Yaponiya va Germaniya K.s. jadal 
rivojlandi. 
Kimyoviy sanoatlarga biologiyani axamiyati Farmasevtika korxonalarida biologiyani katta 
ahamiyati majjud. 
Farmatsevtik kimyo dori vositalari sifatini ta’minlashga oid bo‘lib, u kimyoviy qonuniyatlar asosida 
dori vositalarini olinishi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi 
o‘rtasidagi bog'liqlik, sifat nazorati usullari hamda dori vositalarini saqlash jarayonida kuzatiladigan 
o‘zgarishlami o'rganadi. 
60-rasm 


Yosh mutaxassis, farmatsiyaning qaysi sohasida ishlashidan qat’iy nazar, u albatta dori vositalarining 
fizikaviy va kimyoviy xossalarini mukammal bilgan holda, ulaming sifati ustidan nazorat qilish, saqlash, 
qadoqlash va manzilga yetkazish kabi shart-sharoitlarga doir masalalami to'g'ri va tez hal qila bilishi lozim. 
Dori moddalaming kimyoviy tuzilishi bilan ulaming fizikaviy va farmakologik xossalari o'rtasidagi bog'liq 
qonuniyatlarini mukammal bilgan holda turli guruh dori modda (vitamin, gormon, antibiotik va 
boshqa)laming molekula tuzilishiga kimyoviy yoki biosintez usullar yordamida ma’lum bir o'zgarish 
kiritib, yarimsintetik yoki mutlaqo yangi kimyoviy tuzilishga ega dori moddalarini olish hamda ulaming 
sifatini nazorat qilishga doir talabnoma va qoidalami ishlab chiqish, dori moddalaming farmakologik 
ta’sirini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ulaming sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqib, 
umumlashtirish (unifikatsiyalash) kabi muammolami hal etish farmatsevtik kimyo fanining asosiy 
vazifalaridir. Bundan tashqari, farmatsevtik kimyo fani turli tashqi omillar ta’sirida dori moddalarda yuz 
berishi mumkin bo'lgan kimyoviy va fizikaviy o'zgarish (oksidlanish-qaytarilish, gidrolizlanish, 
izomerlanish, parchalanish va boshqa)lami tushuntirib, shu asosda yaroqlilik muddatini belgilash, 
barqarorligini saqlab turish hamda dori preparatlarini tayyorlashda ulaming tarkibiga kiruvchi 
moddalarning kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelish-kelmasligini oldindan bilishga, shuningdek, ongli 
ravishda dori moddalarini saqlash sharoitini va sifatini me’yoriy hujjatlar asosida to'g'ri baholab berishga 
yordam beradi. 
Dori moddalarining organizmda biotransfarmatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladigan metabolitlami 
aniqlash, ulaming biologic faollikka ta’sirini o'rganish orqali yangi dori vositalarini loyihalashtirish, 
muomalasi cheklangan prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalami tez va oson aniqlash 
usullarini ishlab chiqish kabi vazifalar ham farmatsevtik kimyo zimmasiga yuklatilgan. 
61-rasm 
Xalqaro GLP va GMP talablariga ko‘ra dori vositasini ishlab chiqarish jarayonida asosiy xomashyo, 
oraliq mahsulotlar va provard mahsulotning sifatini uzluksiz nazorat qilib borish lozim. Bu esa dori 
vositalarini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish bosqichlarini boshqaradigan yuqori malakali, 
salohiyatli, raqobatbardosh farmatsevtanalitiklami tayyorlashni taqozo etadi. 
Keyingi vaqtda nafaqat farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida balki dunyoning bir qator yetakchi 
universititetlarida ham farmatsevtanalitiklar tayyorlashga o‘tilgani yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. 


Farmatsevtik kimyo o'zining amaliy faoliyatida noorganik, organik, analitik, fizik-kolloid kimyo, 
fizika va matemavika fanlarining nazariya va qonunlari, ulaming usullaridan foydalangan holda dori 
vositalarini olish, sifatini nazorat qilish, yaroqlilik muddati va barqarorligini o'rganish borasida faol ish olib 
boradi. Bu fanlar farmatsevtik kimyo fanining shakllanishida va rivojlanishida katta zamin vazifasini 
o'taydi. Farmatsevtik kimyo farmakognoziya, dori turlari texnologiyasi va boshqa ixtisoslik fanlari orasida 
markaziy o'rinni egallashi bilan birga, ular bilan uzviy bog'langan.
Masalan, farmakognoziya fani turli dorivor o'simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarni 
fitokimyoviy o'rganib, farmatsevtik kimyo faniga kelgusida yangi dori moddalarini yaratishga va ularning 
tahlil usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Dori turlari texnologiyasi ishlatishga qulay bo'lgan har xil 
dori shakllarini tayyorlash yoilarini o‘rgansa, farmatsevtik kimyo ularning sifatini nazorat qilish usullarini 
hamda dorilami tayyorlashda komponentlarning fizikaviy va kimyoviy xossalaridan kelib chiqib, birbiriga 
mos kelmaydigan dori moddalarini aralashtirib bommaslik sabablarini asoslab beradi. 
Toksikologik kimyo fani zaharli va organizmga kuchli ta’sir ko'rsatuvchi dori moddalarini aniqlash 
bo‘lib, ular o‘z faoliyatida farmatsevtik kimyoda qoMlaniladigan fizikaviy, kimyoviy, fizikkimyoviy 
usullardan keng foydalanilanadi. 
0 ‘z navbatida farmatsevtik kimyo fanida olib borilayotgan sintez usuilari noorganik va organik 
kimyo fanlari, tahlil ishlari esa analitik kimyo nazariy bilimlari va qoidalariga mos ravishda amalga 
oshiriladi. 
Ammo ta’kidlash lozimki, farmatsevtik kimyoda bajariladigan sintez va tahlil usullarida yuqori 
darajada aniqlik talab qilinib, tahlil ishlari majburiy uch bosqichda amalga oshiriladi: bular, moddaning 
chinligi, tozaligi (yot aralashmalar ruxsat etilgan miqdori) va miqdorini aniqlashdir. Yuqorida qayd etilgan 
ma’lumotlar farmatsevtik kimyoni tahlil obyektlari turli-tumanligi, kimyoviy tuzilishi, fizikaviy xossalari, 
modda massasi, komponentlar soni, turdosh yoki yot moddalar mavjudligi bilan keng qamrovli hisoblanadi. 
Farmatsevtik kimyo obyektlariga quyidagilar kiradi: dori moddalari (substansiyalar) - kelib chiqishi tabiiy 
va sun’iy bo‘lgan, qoMlashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar; dori vositalari - kelib chiqishi tabiiy 
va sun’iy boMgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida 
hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qoMlashga ruxsat etilgan 
vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik
tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash 
uchun moMjallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi; farmakologik vositalar-belgilangan 
farmakologik faollikka ega boMib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dori shaklidagi 
moddalar yoki moddalar aralashmasi; 
62-rasm 


Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining oʻzgarishidir. 
Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli oʻlaroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiyani 
tezlatuvchi katalizatorlar musbat katalizator, sekinlatuvchilari esa ingibitor deyiladi. Katalizator faolligini 
oshiruvchi moddalar promouter, kamaytiruvchi moddalar esa katalitik zahar, deb ataladi. 
Kataliz (yun. katalysis — buzilish, parchalanish) — kimyoviy reaksiyalar tezligining baʼzi moddalar 
(katalizatorlar) taʼsirida oʻzgarishi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha 
oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi oʻzgarmasdan ajralib chiqadi. 
Katalizator sifatida turli xil moddalar (gaz, suyuqliklar va qattiq moddalar) ishlatilishi mumkin. Reagentlar 
va katalizatorlarning fazaviy holatiga qarab katalitik jarayonlar, asosan, gomogen va geterogen K.ga 
boʻlinadi. Bundan tashqari, mikrogeterogen, fermentativ katalitik jarayonlar ham mavjud. Gomogen K.da 
reagentlar bilan katalizator bir jinsli aralashma hosil qiladi. Reaksiya gaz yoki suyuq fazada boradi. 
Katalizator sifatida atomlar, ionlar, molekulalar ishtirok etishi mumkin. Bunday katalitik jarayon 
mexanizmini sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan 
Fermentativ kataliz, biokataliz, fermentlar ta'sirida kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish. Hayot 
faoliyati ozuqa moddalarining bo'linishi, organizm uchun zarur bo'lgan kimyoviy birikmalarning sintezi va 
ularning energiyasini fiziologik jarayonlar (mushaklar, buyraklar ishi, asab faoliyati va boshqalar) 
energiyasiga aylantirishning ko'plab kimyoviy reaktsiyalariga asoslanadi. Bu reaksiyalarning barchasi tirik 
organizmlar uchun zarur boʻlgan tezlikda sodir boʻlishi mumkin emas edi, agar evolyutsiya jarayonida 
Fermentlar yordamida ularni tezlashtirish mexanizmlari paydo boʻlmagan boʻlsa. 
Oʻz vaqtida kimyoviy ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladigan Fermentativ kataliz to. biologik 
boʻlmagan katalizdan tubdan farq qiladi, deb hisoblangan. Bu gʻoya Fermentativ katalizning uchta 
farqlovchi xususiyatiga asoslangan edi: juda yuqori samaradorlik (reaktsiya tezligini 1010-1013 marta 
oshirish) va oʻziga xoslik, yaʼni selektivlik (har bir fermentning qatʼiy belgilangan biologik substratlar 
oʻzgarishini katalizlash qobiliyati). , ba'zan faqat bitta modda, yo'nalishga) biologik bo'lmagan katalizda 
erishib bo'lmaydi. Fermentativ katalizning oʻziga xos xususiyati ham uning sozlanishi - biokatalizator - 
fermentning organizm ehtiyojlariga qarab faolligini oshirish yoki kamaytirish qobiliyatidir. Lekin 
Fermentativ kataliz to. mexanizmini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, unga oddiy kimyoviy reaksiyalar asos 
boʻlgan qonunlar va tamoyillar amal qiladi. Fermentativ katalizning reaksiyalaridagi farq fermentlar 
strukturasining murakkabligi va moddalarning kataliz jarayonida amalga oshiradigan kimyoviy 
oʻzgarishlari bilan belgilanadi. 
Fermentativ katalizning samaradorligi kimyoviy reaksiyaning ferment ishtirok etadigan bir qancha 
energetik yengilroq oraliq reaksiyalarga boʻlinishi natijasida erishiladi. F. uchun eng muhim reaksiya 
birlamchi ferment-substrat kompleksining hosil boʻlishi butun jarayonni tezlashtirish uchun yetarli 
energiya ortishi beradi. Bunday kompleksni shakllantirish zarurati haqidagi g'oya, Michaelis-Menten 
tomonidan tavsiflangan ferment (E) va substrat (S) kontsentratsiyasiga fermentativ reaktsiya tezligining 
(V) bog'liqligini o'rganishdan kelib chiqqan. tenglama: 

bu yerda k3 va Kt har bir reaksiyaga xos konstantalardir. 
Ko'pgina fermentativ reaktsiyalar uchun eksperimental ravishda o'rnatilgan ushbu bog'liqlik, agar 
substratning reaktsiya mahsulotiga (P) aylanishi ferment va substrat o'rtasidagi kompleksning hosil bo'lish 
va parchalanish mexanizmiga ko'ra sodir bo'lsa, nazariy jihatdan olinishi mumkin - ES-kompleks : 


bu erda k1, k-1 va k + 2 strelkalar bilan ko'rsatilgan jarayon bosqichlarining tezligini tavsiflovchi 
konstantalar va nisbati (k-1 + k + 2) / k-1 = Kt. Agar reaksiyada bir emas, balki bir nechta (ko'p hollarda 
ikkita) substrat ishtirok etsa va ES kompleksi bir emas, balki bir necha bosqichda reaktsiya mahsulotlarini 
hosil qilsa, bog'liqlik yanada murakkab tenglamalar bilan ifodalanadi, ammo ular ham mumkin. faqat ES 
komplekslarining birlamchi shakllanishi tushunchasi asosida olinishi mumkin. Ko'pgina fermentlar uchun 
ES komplekslarini shakllantirishning bevosita dalillari olingan. Shunday qilib, dehidrogenazlar va 
peroksidazalar ishtirokida komplekslar hosil bo'lishi spektral usullar bilan isbotlangan; kristall holda 
ajratilgan. D-aminokislota oksidazning D-alanin bilan, karboksipeptidaza A ning glitsil-L-tirozin bilan 
davlat komplekslari. Ba'zi hollarda ES komplekslarining fazoviy tuzilishi rentgen nurlari difraksion tahlili 
bilan o'rnatildi. 
F. to.ning yuqori oʻziga xosligi substrat strukturasining fermentning faol markazi strukturasiga 
qatʼiy geometrik va elektron mos kelishi bilan izohlanadi, bunda substrat sorblanadi va keyin kimyoviy 
oʻzgarishlar sodir boʻladi. Faol markazning geometrik va elektron tuzilishi va u bilan reaksiyaga 
kirishadigan substrat molekulasi (substratlari) hududlarining mos kelishi (to'ldiruvchisi) substratning faol 
markazga yaqinlashishi paytida erishiladi deb taxmin qilinadi (gipoteza). D. E. Koshlandning 
yozishmalari, AQSh). Kimyoviy faol guruhlar (aminokislotalarning funktsional guruhlari) ansambli 
bo'lgan fermentning faol markazi ko'pincha polipeptid zanjirida bir-biridan uzoqda joylashgan, lekin 
kosmosda yaqin joylashgan aminokislotalar qoldiqlaridan hosil bo'ladi. oqsilning globulyar tuzilishi. 
Ko'pincha faol markazlarni qurishda past molekulyar og'irlikdagi moddalar (metall ionlari, organik 
kofaktorlar) ishtirok etadi. Oqsillar va polipeptidlarning gidrolizlanishini katalizlovchi va zanjir uzunligi 
246 aminokislota qoldig'iga ega bo'lgan a-ximotripsin molekulasida faol markaz serin qoldiqlari 
(zanjirdagi qoldiqning tartib raqami 195), gistidin ( No 57), izolösin (No 16) va aspartik kislota (No 102 
va No 194). RNK parchalanishini katalizlovchi va 124 ta aminokislotadan tuzilgan ribonukleaza faol 
markazi lizin (№ 7 va № 41), arginin (No 39) va gistid (No 12 va № 119) tomonidan hosil bo'ladi. 
qoldiqlari. Faol markazlar pl. fermentlar kam molekulyar moddalar - F. ga kofaktorlar ishtirokida 
ishlaydi.Bularga vitamin hosilalari, kofermentlar, shuningdek, ayrim metallarning ionlari (Na, K, Ca, Mg, 
Zn, Fe, Cu, Co, Mo va boshqalar) kiradi).

Download 4.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling