Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi


Download 4.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana06.11.2023
Hajmi4.48 Mb.
#1749917
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

6– MAVZU: 
 
UMUMIY BIOLOGIYA FANINING QISHLOQ XO’JALIGI 
BIOTEXNOLOGIK JARAYONLARI BILAN 
BOG’LIQLIGI. 
1-ilova 
Reja:
1. Biologiya fani qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
2. O’simliklarni klonal mikroko’paytirish.
3. O’simliklarni klonal mikroko’paytirishni usullari va bosqichlari 
4. Qishloq xo’jaligi sohasida biotexnologiyani o’rni
Hozirgi kunda Biologiya fani rivojlanishi natijasida juda ko’p tarmoqlarga bo’linib rivojlandi. 
Zamonaviy ko’p tarmoqli ilmiy-amaliy yo’nalish yo’nalishlar paydo bo’ldi. Biologiya fani rivojlanishi 
natijasida qishloq xo’jalik fanlar bilan bog’liq holda rivojlandi.
Biologiya fani qishloq xo’jaligida meva-sabzovotchilik va uzumchilik, Agrobiologiya, Ipakchilik va 
tutchilik, O’simliklar ximoyasi agrokimyo va to’proqshunoslik, Fishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va 
qayta ishlash yo’nalishlari fanlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanmoqda. 
Biologiya fani rivojlanishi natijasida zamonaviy fan Biotexnologiya fani vujudga keldi va rivojlandi. 
Ushbu rivojlangan biotexnologiya fani juda soxalarni qamrab oldi, ya’ni biotexnologiya yutuqlari asosida 
ko’plab ishlab chiqarish sanoatlari shu jumladan qishloq xo’jaligi yo’nalishi sohalarida, farmastevtika 
yo’nalishlari sohalarida, medistinada va farmastevtika yo’nalishlari sohalarida va kimyo sanoati turli 
xildagi ishlab chiqarish jarayonlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Natijada yuqorida sanab o’tilgan barcha 
yo’nalishlarda ishlab chiqarish natijasida iqtisodiy samaradorliklarga erishildi. 
Biologiya va shu jumladan Biotexnologiyaning rivojlanishi, o’z navbatida unga tegishli bo’lgan bir 
necha fanlar bo’yicha olib boriladigan ilmiy-amaliy izlanishlarni jadallanishiga olib keldi. Ayniqsa 
mikroorganizmlar asosida xilma-xil fiziologik faol moddalarni sintez qilish, buning uchun kerakli va 
iqtisodiy samara beradigan, raqobatbardosh mikrob produstentlarni yaratish, ulardan kerakli mahsulotni 
ajratib olishni yo’lga qo’yish, shu maqsadda o’simlik va hayvon hujayra va to’qimalaridan foydalanish 
masalalari bo’yicha erishilgan yutuqlar yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. 
Biologiya ko’p tarmoqli bo’lganligi uchun ham, uning yutuqlari asosida medistinada, 
farmastevtikada, qishloq xo’jaligida, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida ham shu jumladan biologiyaning 
rivojlanishi hisobiga biotexnologik jarayonlar asosida maxsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi paytda Biologiya fani qishloq ho’jaligi sohalarining "Agronomiya" va "Selekstiya, 
urug’chilik va o’simliklarni himoya qilish" "Biotexnologiya" va "O’simliklarni biologik himoya qilish" 
sohalari hamda biologiya fani yutuqlari asosida gen va xujayra injeneriyasi usullarini qo’llab 
o’simliklarning virussiz navlarini yaratish, selekstion fondni boyitish va yangi navlarni etishtirish; 
o’simliklar zararkunandalariga qarshi parazitlar, yirtqich hasharotlar, mikroorganizmlar va antibiotiklarni 


qo’llashning, ya’ni biologik himoyaning samarali usullarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish; 
ekinlar va daraxtlarni sug’orish uchun suvtejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish, takomillashtirish va 
qishloq xo’jaligi sohalari amaliyotiga keng joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Bugungi ma’ruzamizda biologiya fanining qishloq xo’jalik fanlari bilan bog’liqligi. Qishloq xo’jaligi 
biotexnologiyasining nazariy va amaliy ahamiyati to’g’risida to’xtalib o’tamiz. 
Biologiya yoki biotexnologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar 
yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvon hujayralari, ularning 
komponentlaridan) kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanish degan ma’noni 
beradi. 
Quyida biotexnologiya sohasining etuk olimlari tomonidan ushbu terminga berilgan ta’riflarga 
to’xtalib o’tamiz. 
a) Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko’ra “Biotexnologiya” - yangi biokimyoviy 
ishlab chiqarishlar mahsulidir (vitaminlar, antibiotiklar). 
b) “Biotexnologiya” moddalarni biosintez usuli orqali ozuqa olish fanining bo’limi bo’lib, u 
«bioinjeneriya» sohasi bilan bog’liqdir. 
v) A.Xasting (1983) fikri bo’yicha «Biotexnologiya» -pivo, vino, pishloq, vitaminlarni sanoat 
asosida olish jarayonidir. 
g) 1980 yil Evropa federastiyasi Kengashi muhokomasida “Biotexnologiya” - biologik tizimlar 
asosidagi sanoat jarayoni deb qaralgan. 
d) 1983 yil Bratislavada bo’lib o’tgan kengashda «Biotexnologiya» - moddalarni katta miqdordagi 
sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof muhitni himoya qiladigan fan deb ta’riflangan.
e) A.A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) “Biotexnologiya” biologik jarayonlarni ishlab 
chiqarishga joriy etish to’g’risidagi fan deb ta’riflashgan. 
Biologiya shu jumladan biotexnologik jarayonlari mikroorganizmlardan, o’simlik va hayvon 
hujayralari va to’qimalaridan, hujayra organnellalari, ularni o’rab turgan membranalarning sof yoki 
ularning immobillashgan holatida oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, 
fermentlar, gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez qilishda), 
sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo’jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng 
foydalaniladi. 
Biotexnologiyaning mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya hujayrasi 
har 20-60 minutda, achitqi zamburug’lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo’linib ko’paysalar, sut emizuvchilar 
hujayralarining ikkiga bo’linishi uchun 24 soat kerak bo’ladi. Bir kecha-kunduzda og’irligi 500 
kilogrammli bo’lgan qoramol 500 gramm oqsil moddasi to’plasa, 500 kilogramm achitqi zamburug’i 500 
000 kilogramm yoki undan 1000 marotaba ko’proq oqsil to’playdi. 
Yana bir misol: 1 kub metr ozuqa muhitida achitqi zamburug’lari 24 soatda 30 kilogramm oqsil 
to’playdi, shuncha miqdorda oqsil to’plash uchun 18 gektar erga no’xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim 
bo’ladi. 
Biologiya va biotexnologiya ixtisosliklari bo’yicha o’zbek olimlarimiz yutuqlari asosida qishloq 
xo’jaliga, oziq-ovqat, medistina, farmastevtika va boshqa bir qator sanoat ishlab chiqarish sohalarida o’z 
yutuqlari asosida hissa qo’shgan olimlarimiz ishi bilan tanishib chiqamiz.
-Biologiya va biotexnologiya ixtisosliklari bo’yicha birinchi o’zbek akademigi A.G.Xolmurodov 
(1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD- kofermenti va vitaminlar kompleksi (V 
guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. 
-Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, ularni 
nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus 
xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi. 
-Professor Q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib, yog’ parchalovchi lipaza 
fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p shakliligi sabablarini tahlil qila turib, har 
bir biotexnologik jarayon uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi 
va buni amaliyotda isbotlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Er malhami" biopreparati azot o’zlashtiruvchi 


mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, mamlakatimiz kishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. 
Bundan tashqari Q.D.Davranov rahbarligida Z.R.Axmedova tabiiy stellyuloza-lignin biokarkasini 
(g’o’zapoya, somon, kanop poyasi, qipiq va boshqalar) shu maqsad uchun maxsus tayyorlangan 
bazidiomistetlarning fermentlari ishtirokida parchalanish sharoitlarini ishlab chiqdilar. 
-B.f.d. J.Tashpo’latov (1938-2005) somon va g’o’zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" 
deb atalmish zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani 
amaliyotga qo’llash bo’yicha taklif va muloxazalarni chop etdi. J.Tashpo’latov yaratgan bu texnologiya 
qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga etgani, unda vitaminlar, aminokislotalar paydo bo’lganligi 
va shu tufayli somonning oziqa-birligi bir necha barobar oshganligi isbotlab berilgan. 
-O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga bosh bo’lgan olim, b.f.d., professor 
M.M.Raximovdir. Bu olim mamlakatimizning bir necha oliygohlarida biotexnologiya kafedralarini 
ochishda bosh bo’ldi. Olimning oziq-ovqat sanoatida fermentlar yordamida, yangi samarador 
texnologiyalar yaratganligi tahsinga sazovordir. 
- O’zbek olimlaridan T.G.Gulyamova, A.X.Vaxobov, X.A.Berdiqulov, R.Shayakubov, 
Z.R.Axmedova, 
Z.F.Ismoilov, 
I.J.Jumaniyozov 
va 
boshqalar 
mamlakatimizda 
mikrob 
biotexnologiyasining rivojlantirish ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. Shuningdek, 
marhum professorlar M.M.Murodov va T.Yu.Yusupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta 
ilmiy amaliy nazariyalar yaratilgan. 
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodini yanada yuksaltirish maqsadida 
eng avvalo quyidagi biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoq zarur: 
- Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari
- Aminokislotalar (lizin, metionin va boshqalar); 
- Organik kislotalar (limon kislotasi va uni o’rnini bosadiganlar); 
- Antibiotiklar (birinchi navbatda 4-5 avlodga mansub antibiotiklar); 
-Vitaminlar va boshqa ba’zi farmastevtik priparatlar; 
-O’simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish va h.k. 

Download 4.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling