Toshkent Mavzu: Qoya gruntlik joylarda o‘yilmalarni qazish va yirik bo‘lakli gruntlardan ko‘tarmalarni qurish ishlari sifatini boshqarish Reja
Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyining konstruktiv xususiyatlari va uning ish bajarish usuliga ta'siri
Download 1.52 Mb.
|
Husan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘lning tog‘ yon bag‘ridagi namunaviy ko‘ndalang kesimi
Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyining konstruktiv xususiyatlari va uning ish bajarish usuliga ta'siri.
Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurishda (7.1-rasm) ish olib borish texnologiyasini uning konstruktiv xususiyatlari va joyning grunt-gidrologik sharoiti belgilaydi. Qurilish uchun o‘yma yoki yarim o‘ymalar (7.1, a, b –rasm) 112 eng yaroqliysi hisoblanadi. Tikka va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ yonbag‘ri yuzasidan tushayotgan gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma quriladi. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli darajada turg‘un bo‘lmasa, yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor (7.1, d-rasm) qurish kerak. Yuqori (7.1, d-rasm), shuningdek, pastki (7.1, v, g-rasm) tirgak devorlar ayrim seksiya holida yilning eng quruq davrida, ya'ni gruntlar turg‘unligi buzilishining oldini oluvchi tadbirlar qo‘llab quriladi. Konstruktiv yechimlarning tez-tez o‘zgarishi, shuningdek, to‘xtovsiz grunt-geologiya sharoitining o‘zgarishi, gruntlarni zichlash qiyinli qurilish texnologiyasini qiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchi, eng zamonaviy texnika va bajariladigan ishlarning eng sifatli nazoratini talab qiladi. Yo‘lning tog‘ yon bag‘ridagi namunaviy ko‘ndalang kesimi Mashinaning ishini joy xususiyatiga qarab tashkil qilish kerak. Masalan: buldozer qiyalikdan pastga qarab ishlaganda ish unumdorligi oshadi, tepalikka qarab ishlaganda kamayadi. Tog‘ yonbag‘rida ishlaganda xavfsizlik tadbirlarini saqlashga alohida etibor beriladi, ekskavator bilan ishlashda gruntdan kozeryok xosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mashinalarning surilishi va ag‘darilishiga qarish tadbirlar ishlab chiqiladi. Ayrim hollarda ishchi proezd tokchasini qurishga va ish frontini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi o‘tish qiyin bo‘lgan qiyaliklardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish. Yo‘l poyini qurish o‘z ichiga trassani tiklash, yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish, ishchi proezdni ta'minlash va yo‘l poyining to‘liq ko‘ndalang kesimini qurish kabilarni oladi. 113 Yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish qurilayotgan yo‘l poyining yuqori balandlik sathi (7.2, a-rasm), yuqori qismi (7.2, b-rasm) va loyihaviy kesim atrofida (7.2, v-rasm) amalga oshiriladi. Ayrim hollarda qoyatog‘ jinsari, jarliklar va boshqa o‘tish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lgani uchun yo‘lovchilar yo‘lakchasini loyihaviy kesimdan, ko‘pincha, tog‘ yonbag‘ri yuqorisidan tashqariga chiqariladi. Ishchi proezdni, ko‘pincha, yo‘lovchilar yo‘lakchasini buldozer yordamida 3,5 - 4,0 mga kengaytirib (7.2, g- rasm) amalga oshiriladi, bu o‘tuvchi transportlar va yo‘l mashinalarining ishi bir yerga to’plangan joyga borishni ta'minlaydi. Buldozerning ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning vertikal qirquvchi cheti bir tomonlama yemirilib ketmasligi uchun tishlar bilan kuchaytiriladi. Agar kavlanayotgan gruntda toshli qo‘shimchalar bo‘lsa, buldozer pichog‘ining gorizontal qirquvchi cheti ham tish bilan himoyalanadi. Bunday qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa, gruntni bo‘shatish (bo‘shatgich yoki portlatuvchi modda yordamida) bilan buldozerning ish unumdorligi sezilarli oshiriladi. Ishchi o‘tuvchi tokcha suvni vaqtinchalik o‘tkazgichlar bilan jihozlanadi; agar imkoni bo‘lsa, loyiha kengligining yarmiga bo‘lsa ham, doimiy suv o‘tkazuvchi inshootlar qilinadi. Ishchi proezd ta'minlagandan so‘ng, ko‘prik, quvur, tirgovich devorlar qurish va talab qilingan sutkali hajmdagi yer ishlarini bajarishga kirishiladi, ya'ni ishlab chiqarish loyihasiga mos ravishda kuchlarni eng maqsadli joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Xulosa Buldozerning ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning vertikal qirquvchi cheti bir tomonlama yemirilib ketmasligi uchun tishlar bilan kuchaytiriladi. Tikka va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ yonbag‘ri yuzasidan tushayotgan gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma quriladi. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli darajada turg‘un bo‘lmasa, yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor, Buldozerning imkoniyatini kengaytirish va ish samaradorligini oshirish uchun u ag’dargichli qanotcha, to’sqich, yumshatkichli tish bilan jihozlanadi. Ko’pincha ag’dargichli burilmaydigan buldozerlar qo‘llanadi. Yo‘l poyini qurishda buldozerning ish sikli gruntni qirqish, surish, yotqizish va orqaga qazish joyiga bo‘sh yurishdan iborat. Gruntni buldozer bilan ishlash gruntni qirqish va to’plashdan iborat. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling